Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ChETDAN KELTIRILADIGAN ALKOGOL MAHSULOTLARIGA AKSIZ SOLIGʻI STAVKALARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-maydagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgat.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-yil 10-maydan boshlab chetdan keltiriladigan alkogol mahsulotlarining barcha turlariga aksiz soligʻi stavkasi kontrakt qiymatining 75 foizi miqdorida belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yangidan tasdiqlangan stavkalarni hisobga olgan holda chetdan keltiriladigan alkogol mahsulotlariga aksiz soligʻi belgilangan tartibda toʻliq hisoblanishi va toʻliq toʻlanishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-martdagi 97-son qarori 1-bandining chetdan keltiriladigan alkogol mahsulotlarining barcha turlariga aksiz soligʻi stavkalari miqdoriga tegishli qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 5-may,
161-son