Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.1994 30.10.1992 yildagi 501-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.1994
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KORXONALARI IShLAB ChIQARADIGAN ShARQ NAMUNASIDAGI KALIShLARGA ERKIN ShARTNOMAVIY NARXLARNI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdoni erkinlashtirish va isteʼmol bozorini tovarlar bilan toʻldirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1994-yil 26-fevraldagi 98-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya manbalari narxlari keskin oshib ketganligi va respublikada ishlab chiqarilayotgan sharq namunasidagi kalishlar tannarxining koʻtarilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Narxlarni liberallashtirish choralari toʻgʻrisida” 1992-yil 9-yanvardagi 4-son va “Respublika aholisiga bolalarga atalgan buyumlar va boshqa tovarlarni sotishni barqarorlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 1992-yil 19-yanvardagi 18-son qarorlarini qisman oʻzgartirgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqarilayotgan sharq namunasidagi kalishlarga erkin shartnomaviy narxlar joriy etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sharq namunasidagi kalishlar davlat savdosi va matlubot kooperatsiyasi tarmoqlarida aholiga belgilangan miqdorda sotiladigan tovarlar roʻyxatidan chiqarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sharq namunasidagi kalishlar chakana narxlarining asossiz ravishda oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzbekrezinatexnika” ishlab chiqarish birlashmasi va respublikaning boshqa xoʻjalik tashkilotlari kalish ishlab chiqarayotganda ularni chiqarishning 10 foizidan oshmagan cheklangan rentabellikni nazarda tutsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv chakana savdo tarmoqlari orqali aholiga kalish sotishda 10 foizga qadar savdo ustamasi belgilasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (oʻrtoq Boqiboyev) sharq namunasidagi kalishlarning joriy yilning yanvar—sentyabr oylarida aholiga Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-yanvardagi 4-son qarorida koʻrsatilgan cheklangan belgilab qoʻyilgan narxlar boʻyicha sotilishi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligiga va “Oʻzbekrezinatexnika” ishlab chiqarish birlashmasiga ularning sharq namunasidagi kalishlarni ishlab chiqarishdagi xarajatlarini qoplash uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 30-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
501-son