Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLI BUYuRTMALARI BOʻYIChA BAJARILADIGAN TUZATISh QURISh IShLARI UChUN ERKIN ShARTNOMAVIY NARXLARNI JORIY QILISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholiga uy-joylarni tuzatish va qurish boʻyicha xizmat koʻrsatishda ishlatiladigan qurilish materiallarining birmuncha qimmatlashganligi va maishiy xizmat korxonalarining zarar koʻrmasdan ishlashi uchun sharoitlar yaratish zaruriyati munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Narxlarni liberallashtirish choralari toʻgʻrisida” 1992-yil 9-yanvardagi 4-son qarorini qisman oʻzgartirgan holda 3-ilovadagi tariflarning cheklangan miqdorlari belgilangan xizmatlar roʻyxatidan aholi buyurtmasi boʻyicha tuzatish-qurilish ishlari chiqarib tashlansin.
2. “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aholi buyurtmalari boʻyicha uy-joylarni tuzatish va qurishda bajariladigan xizmatlarga shu yilning noyabr oyidan boshlab erkin narxlar (tariflar)ni joriy qilish va ular boʻyicha xizmatlarning tannarxiga 30 foiz miqdorida cheklangan rentabellik belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik bildirilsin.
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Toshkent sh.,
1992-yil 29-oktabr,
499-son