09.11.2020 yildagi 701-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi sohasida ilm-fan bilan ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash hamda ilg‘or xorijiy tajriba bo‘yicha yetarli bilim va malakaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: