06.11.2020 yildagi 695-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.11.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Zararli organizmlardan xoli hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash tartibi toʻgʻrisidagi hamda Oʻsimliklar karantini obyektini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ““Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2018-yil 9-iyuldagi OʻRQ-484-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida zararli organizmlardan xoli boʻlgan hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash, eksport qiluvchi mamlakatning zararli organizmlardan xoli boʻlgan hududlari hamda zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlaridan karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda fitosanitariya xavfini boshqarish tartibini nazarda tutuvchi Zararli organizmlardan xoli hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan hududga keyinchalik zararli organizmlardan xoli boʻlgan hudud va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hudud maqomini belgilash maqsadida oʻsimliklar karantini obyektlarini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibini nazarda tutuvchi Oʻsimliklar karantini obyektini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi hamda mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari orasida muntazam ravishda oʻsimliklar karantini tartibi bilan tanishtirish va ularni tushuntirish yuzasidan tizimli targʻibot va tashviqot ishlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-xuquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari buyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻi I.K. Ergashev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 6-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
695-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 695-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararli organizmlardan xoli hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida zararli organizmlardan xoli boʻlgan hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash, shuningdek, eksport qiluvchi mamlakatning zararli organizmlardan xoli boʻlgan hududlari hamda zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlaridan karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda fitosanitariya xavfini boshqarish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bufer hudud — zararlangan hududni yoki ishlab chiqarish joyini, toza hududni va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududni qamrab oluvchi zararli organizm mavjud boʻlmagan yoki kam miqdorda mavjud boʻlgan, uning tarqalib ketishining oldini olish maqsadida unga qarshi maxsus kurash olib boriladigan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli organizm — oʻsimliklar yoki oʻsimlik mahsulotlari uchun zararli boʻlgan har qanday oʻsimlik, hayvon yoxud kasallik qoʻzgʻatuvchi agent turlari yoki biotiplari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hudud — zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan va ularni samarali nazorat qilish, ularga qarshi kurashish hamda samarali nazorat olib borish boʻyicha choralar olib borilayotgan, vakolatli organ tomonidan belgilangan hudud (mamlakat, uning bir qismi, bir nechta mamlakat yoki ularning bir qismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli organizmlardan xoli boʻlgan hudud — zararli organizmlarning mavjud emasligi ilmiy isbotlangan, shuningdek, zarur hollarda rasmiy qoʻllab-quvvatlangan maʼlum bir mamlakat, uning bir qismi yoki bir nechta mamlakatlar va ularning bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli organizmlardan xoli boʻlgan ishlab chiqarish hududi — zararli organizmning mavjud emasligi ilmiy asoslangan va zarur boʻlganda maʼlum bir davr ichida rasmiy ravishda qoʻllab-quvvatlangan ishlab chiqarish hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv-nazorat — maʼlum bir hududda mavjud boʻlgan zararkunandalar populatsiyasining xususiyatlari yoki uning turlari va tarkibini aniqlash maqsadida Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati tomonidan belgilangan davrda amalga oshiriladigan rasmiy tadbir;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjayin oʻsimliklar — zararli organizm uchun ozuqa, yashash joyi va rivojlanish manbai sifatida xizmat qiladigan oʻsimlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasidagi monitoring — oʻsimliklar karantini obyektlarini aniqlash, kuzatish, tahlil qilish, baholash va ularning tarqalishini prognoz qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasida zararli organizmlardan xoli boʻlgan hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasida zararli organizmlardan xoli boʻlgan hududlar (keyingi oʻrinlarda — toza hududlar) va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni (keyingi oʻrinlarda — kam zararlangan hududlar) belgilash, shuningdek, ushbu hududlarni xorijiy mamlakatlarda ham tan olinishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi) tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasida toza hududlar, xususan, ishlab chiqarishdagi toza hududlar hamda kam zararlangan hududlar quyidagi tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv-nazoratni olib borish, shu jumladan, zararli organizmlarni aniqlash maqsadida kuzatuv-nazoratni olib borish va hududning chegaralarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli organizm bilan zararlanishning oldini olish va ogohlantirish maqsadida fitosanitariya choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasida doimiy monitoring olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi kuzatuv-nazorat ishlarini olib borish uchun shartnoma asosida oʻsimliklar karantini sohasidagi mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalardan mutaxassislarni jalb qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kuzatuv-nazorat ishlarini olib borish jarayonida “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan laboratoriya tekshiruvlari olib borish maqsadida tekshirilayotgan hududdagi aniqlangan oʻsimlik va oʻsimliklar mahsulotlaridan hamda zarur hollarda tuproqdan namunalar olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xavfni tahlil qilish asosida eksport va import qiluvchi mamlakatlarning oʻsimliklar karantini boʻyicha vakolatli organlarining idoralararo kelishuvlariga muvofiq zararli organizmlarning ruxsat etilgan miqdori belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tanlangan namunalarda zararli organizmlar yoʻqligi aniqlangan taqdirda, oʻsimliklar karantini laboratoriyalari tekshiruvlari natijalari va mutaxassislarning ijobiy xulosalariga asosan kuzatuv-nazorat olib borilayotgan hududni yoki uning bir qismini toza hudud yoki kam zararlangan hudud sifatida belgilash toʻgʻrisidagi qaror “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlangan namunalarda zararli organizmlar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ularni yoʻq qilish va oʻchogʻini bartaraf etish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toza hududlarning chegaralari zararli organizmlarning mavjud emasligidan kelib chiqib, kam zararlangan hududlarning chegaralari esa zararli organizmlarning biologiyasidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toza hududlar va kam zararlangan hududlar, mavjud boʻlgan zararkunandalarning biologik, maʼmuriy va geografik chegaralari bilan cheklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toza hududlar va kam zararlangan hududlarni belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng ushbu maqomni saqlab turish maqsadida “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan quyidagi fitosanitariya choralari qoʻllaniladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ choralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur hududga xos boʻlgan zararli organizmlarni Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxatiga kiritish, mamlakat yoki hududning import talablarini aniqlash, maʼlum bir hudud ichida, shu jumladan, bufer hududda ham, oʻsimliklar karantini obyektlari bilan zararlangan ayrim yuklarning harakatlanishini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasida doimiy monitoring olib borish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishiga, tarqalishiga hamda bioekologik xususiyatlarga taʼsir koʻrsatishiga koʻmaklashuvchi omillarni aniqlash va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishi yoʻllarini va tarqalgan hududlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektlari oʻchoqlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fitosanitariya xavfini aniqlash va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga oʻsimliklar karantin sohasiga doir tavsiyalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toza hududlar va kam zararlangan hududlar maqomining tasdiqlanishi zararli organizmlarni aniqlashda nazorat tekshiruvi va zararlangan hududlar masshtabini belgilashni nazarda tutuvchi oʻsimliklar karantini sohasida olib borilgan monitoring natijalariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring olib borish “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan hamda quyidagilarni oʻz ichiga olgan kuzatuv-nazorat rejasi asosida amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amal qilinishi lozim boʻlgan fitosanitariya choralari maqsadini aniqlash (toza hududlar va kam zararlangan hududlar maqomini saqlab turish maqsadida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv-nazorat ishlari olib borilayotgan hududda zararli organizmlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllash doirasini aniqlash (geografik hududlar, ishlab chiqarish tizimlari, fitosanitariya choralari koʻriladigan mavsum);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtini aniqlash (sana, chastotasi, davomiyligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistik asoslarini koʻrsatish (haqqoniylik darajasi, namunalarning miqdori, hududlar miqdori va ularni tanlash chastotasi, prognozlashtirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli organizmning biologiyasiga koʻra namunalar olish jarayonini, kuzatuv-nazorat maqsadi va diagnostika hamda hisobot yuritishdan iborat boʻlgan kuzatuv-nazorat metodikasini yoritib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toza hududlar va kam zararlangan hududlarda zararli organizm aniqlangan taqdirda, “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi ularning maqomini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Toza hududlar va kam zararlangan hududlarning maqomini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan Oʻsimliklar karantini obyektini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini qabul qilish bilan bir vaqtda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Toza hududlar va kam zararlangan hududlar sifatida keyinchalik takroran belgilash yoki tan olish ushbu Nizom asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Toza hududlar va kam zararlangan hududlarning reyestri “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xorijiy mamlakatlarning toza hududlarini va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarini tan olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xorijiy mamlakatlardagi toza hududlar hamda kam zararlangan hududlar “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan quyidagi tartib-taomillar oʻtkazilgandan keyin tan olinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) eksport qiluvchi tomonning oʻsimliklar karantini hamda himoyasi boʻyicha milliy tashkilotining toza hudud yoki kam zararlangan hududlarni tan olish toʻgʻrisidagi soʻrovini yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan soʻrovnoma va zarur boʻlgan maʼlumotlar olinganligini tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) baholash jarayonini tavsiflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) texnik maʼlumotlarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) baholash natijalari haqida maʼlum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) rasmiy tan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tan olinishining davomiyligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Eksport qiluvchi mamlakatning oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha milliy tashkiloti toza hudud yoki kam zararlangan hududni tan olish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan birgalikda quyidagilarni oʻz ichiga olgan texnik maʼlumotlarni yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan hududning tan olinishi turi (toza hudud yoki kam zararlangan hudud);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tan olinayotgan hudud haqida maʼlumot va uning joylashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqilayotgan hudud uchun ahamiyatga ega boʻlgan zararli organizm, uning biologiyasi va tarqalganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport uchun moʻljallangan karantin ostidagi mahsulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toza hududlar yoki kam zararlangan hududlarni belgilash maqsadida qoʻllaniladigan fitosanitariya choralari va jarayonlari hamda ularni qoʻllash natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toza hududlar yoki kam zararlangan hududlarga tegishli boʻlgan fitosanitariya reglamentatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududga oid boʻlgan maʼlumotlarni saqlash choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi mamlakatning oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha milliy tashkilotiga doir, uning tuzilmasi va resurslariga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat ostida boʻlgan xavfli organizm aniqlangan taqdirda, bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar rejasini tavsiflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi eksport qiluvchi mamlakatning oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha milliy tashkiloti tomonidan yuborilgan tan olish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma hamda unga ilova qilingan texnik maʼlumotlar qabul qilganligini zudlik bilan maʼlum qiladi va soʻrovnoma boʻyicha masʼul xodim haqida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tan olish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani va unga ilova qilingan texnik maʼlumotlarni olgan kundan boshlab oʻn kun muddatda ichida maʼlumotlarni baholash hamda hududni tan olish jarayonini tugatish muddatlarini belgilagan holda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Texnik maʼlumotlarni baholash “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan xalqaro standartlar qoidalarini qoʻllagan holda fitosanitariya choralari, toza hududlar yoki kam zararlangan hududlarni belgilashda foydalaniladigan tizimlar, hududning holatini tan olish maqsadida tekshirishda qoʻllaniladigan fitosanitariya choralari, shuningdek, ikkala mamlakatning hududlaridagi zararli organizmlarning holatlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan xorijiy mamlakatlarda joylashgan karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, qayta ishlash yoki ishlab chiqarish joylariga chiqqan holda kuzatuv-nazorat ishlari va oʻrganishlar olib borilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maʼlumotlarni baholash natijalari asosida “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan xorijiy mamlakat hududining fitosanitariya holati belgilanadi, uni toza hudud yoki kam zararlangan hudud sifatida tan olish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va mazkur hududdagi karantin ostidagi mahsulotlarga nisbatan fitosanitariya choralari belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun muddatda eksport qiluvchi mamlakatning oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha milliy tashkilotini, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi subyektlarini xabardor qiladi hamda bu haqidagi qarorni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan quyidagi holatlar aniqlangunga qadar toza yoki kam zararlangan hududlar tan olinishi muddati belgilanmagan davrda amal qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqilayotgan hududda zararli organizm maqomining oʻzgarishi, shuningdek, ushbu hudud toza hudud yoki kam zararlangan hudud hisoblanmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin ostidagi mahsulotning fitosanitariya talablariga mos kelmasligi, zararli organizmning aniqlanishi, fitosanitariya sertifikatlarining mavjud emasligi yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirmaslik holatlarining aniqlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida

25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 695-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini obyektini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom muayyan hududga keyinchalik zararli organizmlardan xoli boʻlgan hudud (keyingi oʻrinlarda — toza hududlar) va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hudud (keyingi oʻrinlarda — kam zararlangan hududlar) maqomini belgilash maqsadida Oʻsimliklar karantini obyektlarini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud — mamlakat va uning bir qismi yoki bir nechta mamlakatlar hamda ularning bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyekti — dunyo miqyosida karantin ahamiyatiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjud boʻlmagan yoki cheklangan tarzda tarqalgan zararli organizmlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻchoq — muayyan hududda aniqlangan va yaqin kelajakda omon qolishi mumkin boʻlgan zararli organizmlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin hududi — oʻsimliklar karantini obyekti aniqlanishi munosabati bilan belgilangan tartibda oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilingan hudud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻsimliklar karantini obyektini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish dasturini joriy qilish zarurati toʻgʻrisidagi qaror oʻsimliklar karantini obyektining biologik va geografik xususiyatlari, uning aniqlanishi holatlari hamda iqlim omillariga asoslanib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar miqyosida oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kirib kelgan va mahalliy iqlim sharoitlariga moslashgan oʻsimliklar karantini obyektlarini yoʻq qilish, shuningdek, ularning tarqalishining oldini olish boʻyicha favqulodda choralarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish Dasturning maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Dasturni ishlab chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dastur mavjud boʻlgan va potensial tarqalgan oʻsimliklar karantini obyektini aniqlash, baholash hamda yoʻq qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dastur karantin nazoratini amalga oshirishda yoki toza va kam zararlangan hududni belgilashda yangi zararli organizm aniqlangandan soʻng tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zararli organizmni identifikatsiyalash va aniqlash jarayoni uning morfologik xususiyatlari, biologik tadqiqotlar, kimyoviy genetik tahlillar hamda boshqa usullar asosida zararli organizmni yoʻq qilishning tegishli vositalarini tanlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻsimliklar karantini obyektining mavjudligini va potensial tarqalganligini baholash quyidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik joylashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjayin oʻsimliklar bilan zararlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazilgan zararning hajmi va ahamiyati, shuningdek, oʻsimlik karantini obyektining son darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektini aniqlash va identifikatsiyalashning usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik yoki oʻsimlik mahsulotlarining oʻtgan yaqin vaqtdagi importi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur hudud yoki xoʻjalikdagi zararli organizmlar haqida avval olingan xabarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar, mahsulotlar, uskunalar va transport vositalarining harakati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud ichida zararli organizmning tarqalishi mexanizmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim va tuproq sharoitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararlangan oʻsimliklarning holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish faoliyati davomida oʻsimliklar karantini obyektlari tashuvchisi boʻlmish buyumlar va oʻsimliklar karantini obyektlarining tarqalishi yoʻllari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yaqin vaqtda import qilingan oʻsimlik yoki oʻsimlik mahsulotlari bilan aloqasi mavjudligi ehtimoli boʻlsa, oʻxshash materiallar aniqlanishi va tekshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Dasturni amalga oshirish zararni baholash va zararkunandalar tarqalishi jarayonini, oʻsimliklar karantini obyekti tarqalishining taxminiy tezligi hamda potensialini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Potensial iqtisodiy va ekologik xavf darajasiga koʻra oʻsimliklar karantini obyektini yoʻq qilishning zarurligi “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasining tashabbusi bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dastur quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin hududining chegaralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklarning karantin rejimi oʻrnatilishiga asos boʻlgan oʻsimliklar karantini obyektining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish va yoʻq qilish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshirishda fitosanitariya talablari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin hududining chegaralarida tekshirishlar oʻtkazish rejasi, shu jumladan, ularni oʻtkazish sanasi va muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektlarini yoʻq qilish va oʻsimliklarning karantin rejimini bekor qilish mezonlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Dasturni ishlab chiqish va joriy etish jarayonida “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi masʼul vazirliklar va idoralarni jalb qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dastur joriy etilishidan oldin “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda Dasturning amalga oshirilishi zarurati va xabardorlik darajasini kuchaytirish boʻyicha targʻibot ishlari olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Dasturni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Dasturni ijro etish uchun “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan karantin hududidagi holatdan kelib chiqqan holda manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruh tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻq qilish choralari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun Dasturning kelishilgan mezonlarga muvofiqligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga oʻzgartirishlar kiritadi, zarur hollarda qoʻshimcha dasturlar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrochilari oʻz vazifalarini bajarishlari uchun yetarlicha tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy va boshqa resurslarni boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosini hujjatlashtirish va hujjatlarni arxivlashni oʻz ichiga olgan axborot boshqaruv tizimini joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni kunlik boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan elementlarning doimiy monitoringini olib boradi va baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan chora-tadbirlarning samaradorligi jihatidan Dasturni muntazam qayta koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi Ishchi guruh faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda uning ishini muvofiqlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi Dasturni amalga oshirishda quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat yuritadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi zararli organizmni aniqlash va/yoki zararlangan hududning chegarasini belgilash uchun oʻsimlik karantini sohasida monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin orada aniqlangan oʻchoqlarni yoʻq qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyekti yanada tarqalishining oldini olishga qaratilgan oʻchoqni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻq qilish boʻyicha koʻrilgan choralar samaradorligini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Dasturning ustuvor yunalishlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli organizm tarqalishining barvaqt oldini olish maqsadida oʻchoqni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli organizm aniqlanganda uni yoʻq qilish maqsadida ishlov berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nazorat “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi va zararli organizmning manbaini identifikatsiya qilish hamda tarqalishi ehtimolini aniqlash maqsadida tarqalish yoʻllarini tahlil qilishni, klonlashtirilgan va/yoki jismoniy tarzda zararli material bilan bogʻliq boʻlgan mahsulotni koʻzdan kechirishni, tekshirish, tutqichlar orqali ushlash va yuqoridan kuzatishni, ishlab chiqaruvchilarga, boʻsh joylarni hamda ishlatilayotgan texnikani saqlashga masʼul boʻlgan shaxslarga va aholiga maqsadli soʻrovnomalar yuborishni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini obyektining tarqalishini tekshirish va yoʻq qilish dasturining samaradorligini baholash maqsadida “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan ushbu Dasturga muvofiq monitoring amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kuzatuv-nazorat uchun mos joylarni tanlash jarayoni quyidagilar bilan belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektining ilgari mavjud boʻlganligi va tarqalganligi holatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektining biologiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektining yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar yetkazuvchi turlari, ayniqsa, ularning tijorat ishlab chiqarish hududlarida tarqalishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyning iqlim sharoitlari oʻsimliklar karantini obyekti uchun qulayligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kuzatuv-nazorat jarayonini oʻtkazish vaqti quyidagilarga asosan belgilanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektining rivojlanish sikli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyekti va uning qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar yetkazuvchi turlarining fenologiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini obyektini boshqarish dasturlarini amalga oshirish vaqtlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy oʻsimliklarda oʻsimliklar karantini obyektlarini topish va aniqlash vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vegetatsiya vaqti yoki hosil yigʻib olish davri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nazorat davomida olingan maʼlumotlarga asosan “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi karantin hududini aniqlaydi va kiritilgan taqdimnomaga koʻra mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari bilan fermer va dehqon xoʻjaliklarining, oʻrmon xoʻjaliklarining hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalari, temir yoʻl stansiyalari, tashqi iqtisodiy faoliyat chegara maskanlari, aeroportlar, daryo portlari, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, ularga tutash hududlar oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilinadi va ularda zarur karantin cheklovlari oʻrnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlarni oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilish yoki karantin cheklovlarini oʻrnatish tegishli oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarini oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilish yoki karantin cheklovini oʻrnatish Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻsimliklar karantini hududi deb eʼlon qilingan hududda va unga tutash hududlarda (bufer hududlarda) oʻsimliklar karantini obyektlarini yoʻq qilishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini obyektlarini yoʻq qilish usullari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjayin oʻsimliklarni yoʻq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud va uskunalarni zararsizlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy va biopestitsid ishlov berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproqni sterilizatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erni bugʻ ostida saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli organizmni yoʻq qilishga va miqdorini kamaytirishga olib kelishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar turlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekinlarning keyinchalik yetishtirilishini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutqichlardan, tuzoqlardan va boshqa mexanik kurashish choralaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik kurashish agentlarini chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
steril hasharotlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararlangan hosilni qayta ishlash yoki isteʼmol qilish uchun ishlatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Karantin cheklovlari oʻsimliklar karantini boʻyicha zarur boʻlgan chora-tadbirlar amalga oshirilgandan va oʻsimliklar karantini obyektlari toʻliq yoʻq qilingandan soʻng oʻsimliklar karantini boʻyicha bosh inspektorlarning taqdimnomasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini boʻyicha bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga asosan ushbu cheklovlar tegishlicha Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, jismoniy va yuridik shaxslar oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat inspektorlarning nazorati ostida tekshirishga (koʻzdan kechirishga) hamda oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishga doir ishlarni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari, dorivor oʻsimliklar, daraxt va butalar yetishtirish, oʻsimliklarning yangi navlari seleksiyasi bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar oʻsimliklar karantini obyektlarini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida ekinlar va daraxtlarni tizimli ravishda kuzatib borishi, ular aniqlangan taqdirda bu haqida mahalliy davlat hokimiyati organlarini, oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatini darhol xabardor qilishi, shuningdek, aniqlangan oʻsimliklar karantini obyektlarini bartaraf etish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/695/1480-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)