Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 15-sentabr kuni qabul qilingan “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 24-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining mazkur Qonun boʻyicha xulosasida bayon etilgan asoslarga koʻra rad etilsin.
2. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2020-yil 21-oktabr,
SQ-153-IV-son