Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2002 04.04.1995 yildagi 120-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2002
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAShQI SAVDONI MARKAZLAShTIRIShDAN VA MONOPOLIYADAN ChIQARIShNI DAVOM ETTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘FRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-oktabrdagi 368-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyatning markazlashtirilishiga barham berish va uning asosan nodavlat tuzilmalari tomonidan tijorat asoslarida amalga oshirilishiga o‘tish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini (qayta tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 17-noyabrdagi 558-son qarorining 2-bandiga qisman o‘zgartirish kiritilib, “O‘zoziqovqatimpeks” respublika xo‘jalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasini, “Interaloqa” respublika xo‘jalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasini, “O‘zdonimpeks” respublika xo‘jalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasini, “O‘zagroimpeks” respublika xo‘jalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasini tugatish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bir hafta muddatda belgilangan tartibda tugatish komissiyasini tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida bir hafta muddatda ishchi komissiyasini tuzsin va oziq-ovqat tovarlari importi bo‘yicha 1995-yil uchun tuzilgan kontraktlar va bitimlarning, shuningdek, ularga aloqador hujjatlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qand-shakar, choy, o‘simlik moyi bo‘yicha – “O‘zbeksavdo” uyushmasining “Baqqollik” respublika aksionerlik birlashmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
go‘sht-sut mahsulotlari bo‘yicha – “O‘zbeksavdo” uyushmasining “Go‘shtsutsavdo” respublika savdo-ishlab chiqarish birlashmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqatbop va embop don bo‘yicha – “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi tizimiga belgilangan tartibda berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasi 10 kun muddatda korporatsiya tarkibida “O‘zdon” tashqi savdo firmasini tashkil etsin, uning zimmasiga don mahsulotlarining markazlashtirilgan importini ta’minlash vazifasini yuklasin, “O‘zdon” firmasi Ustavini tasdiqlasin, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi esa firmaga tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi zarur hujjatlarning rasmiylashtirilishini tezlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida tovarlar va xizmatlarni markazlashtirilgan tartibda eksport va import qilish bo‘yicha davlat tashqi savdo birlashmasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etilayotgan birlashma Ustavini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zbeksavdo” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bir oy muddatda xalqaro normalarga muvofiq, ilgari qabul qilingan majburiyatlarning so‘zsiz bajarilishini nazarda tutgan holda, kreditor banklar va xorijiy firmalar bilan qarz bitimlari va kontraktlarini qayta rasmiylashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi eng zarur mahsulotlar importi va markazlashtirilgan eksport bo‘yicha mahsulot yetkazib berishlarning bajarilishiga doir muntazam hisobotni joriy etsinlar va har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlari importini o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlash ustidan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi esa markazlashtirilgan eksportdan valyuta mablag‘larining o‘z vaqtida va to‘liq tushishi ustidan nazorat o‘rnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, amaldagi qonunchilikka muvofiq, ishdan bo‘shab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120-son