04.11.2020 yildagi 687-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.11.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalariga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 4-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
687-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-noyabrdagi 687-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 3-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berish tartibi Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha berishda “Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasi 1 — 3-toifalarida koʻrsatilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilariga nisbatan qoʻllanilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qarorga 1-ilova 4-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. DYHXX organlarida dvigateli 50 va undan ortiq kub.sm ish hajmiga ega boʻlgan yoki konstruksiyaviy tezligi soatiga 50 va undan ortiq kilometr boʻlgan avtomototransport vositalari, elektrodvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega boʻlgan elektromobillar (elektromototsikllar, elektroskuterlar va boshqalar), shuningdek, tirkama va yarim tirkamalar davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qarorga 2-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“31. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha beriladigan I, IA, III, IIIA tipidagi avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining roʻyxatida koʻrsatilgan 1 — 3-toifadagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari istalgan harf kombinatsiyalari bilan auksionga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu toifadagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining auksionga qoʻyiladigan boshlangʻich narxlari mazkur Nizomning 2a-ilovasiga muvofiq belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“181. Avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari auksionga qoʻyilgan kundan boshlab olti oy mobaynida sotilmagan (xaridorlar mavjud boʻlmagan) taqdirda vakolatli organ tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 va 2-toifadagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining boshlangʻich narxlari bir pogʻonaga avtomatik ravishda tushirilib (harflari bir xil kombinatsiyada boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqamlari bundan mustasno), mos ravishda 2 va 3-toifalarga doir boshlangʻich narxlarda auksionga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 — 6-toifadagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari auksiondan olinib, auksionga qoʻyilgan boshlangʻich narxda kunlik shakllantiriladigan oshkora roʻyxat asosida umumiy tartibda realizatsiya qilinadi. Realizatsiyadan kelib tushgan mablagʻlar roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini auksion oʻtkazish yoʻli bilan oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berish tartibida taqsimlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Nizom quyidagi mazmundagi 2a-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning talablariga asosan xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan 1 — 3-toifadagi avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining auksionga qoʻyiladigan boshlangʻich
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NARXLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

ROʻDRB* raqam kombinatsiyalari

Istalgan harf kombinatsiyalari uchun toʻlov stavkalari (BHMda**)

Toshkent shahrida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda

1.

001, 007, 100, 111, 222, 555, 700, 777, 888.

900

500

2.

002, 005, 010, 020, 050, 070, 077, 080.

101, 200, 202, 300, 333, 444, 500, 505, 666, 707, 800, 808, 999.

600

300

3.

003, 004, 006, 008, 009, 011, 022, 030, 040, 055, 088, 090.

110, 303, 400, 404, 550, 600, 701, 717, 757, 770, 900, 909.

300

200

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* ROʻDRB — roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** BHM — bazaviy hisoblash miqdori”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2020-y., 09/20/687/1469-son)