Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
LIKER-AROQ VA TAMAKI MAHSULOTLARIGA AKSIZ SOLIGʻI STAVKALARINI OʻZGARTiRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-maydagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi 1995-yilgi Davlat budjetining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida” 1994-yil 13-dekabrdagi 600-son qarori 9-ilovasiga qisman oʻzgartirish kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-maydagi 161-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yangi tasdiqlangan stavkalarni hisobga olgan holda aksiz soligʻi toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 25-mart,
97-son