Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4142-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli “Energetika sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi energetika tarmogʻi boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4142-son qaroriga 2-ilovaning “Vazirning birinchi oʻrinbosari — “Oʻzatom” agentligi bosh direktori” blokidan “— “Oʻzatom” agentligi bosh direktori” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 3-noyabr,
PQ-4875-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2020-y., 07/20/4875/1464-son)