Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
«SIYOSIY PARTIYALAR TOʻGʻRISIDA»GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
qonunlarni «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish haqida Oliy Majlisga takliflar kiritsin;
hukumat qarorlarini «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-dekabr,
338-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 37-modda)