Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
YANGI TAHRIRDAGI “BIRJALAR VA BIRJA FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH TARTIBI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Yangi tahrirdagi “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 20-moddasining ikkinchi qismi qoidalari 2002-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran amalga kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 29-avgust,
261-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 172-modda)