Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIShLOQ XOʻJALIGINING AGROKIMYo XIZMATI KOʻRSATISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-avgustdagi 274-sonli “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq xoʻjaligining agrokimyo xizmatini takomillashtirish, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar oʻrtasidagi toʻgʻridan toʻgʻrialoqalarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston “Oʻzagrokimyoservis” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi “Oʻzagrokimyoservis” davlat-aksionerlik uyushmasiga aylantirilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzagrokimyoservis” uyushmasi:
yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan respublika tijorat-vositachilik xoʻjalik uyushmasi hisoblanadi;
hududiy aksionerlik birlashmalari tomonidan mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar ishtirokida tashkil etiladi;
moliyaviy-iqtisodiy va xoʻjalik faoliyati masalalarini mustaqil hal etadi, markazlashtirilgan sugʻurta, zaxira va boshqa jamgʻarmalar tashkil etadi.
“Oʻzagrokimyoservis” davlat-aksionerlik uyushmasining tarkibiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
3. Belgilansinki, “Oʻzagrokimyoservis” uyushmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
xoʻjaliklarga shartnoma asosida mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy vositalar sotish;
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari va boshqa mahsulot yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻrioʻzaro foydali xoʻjalik aloqalari oʻrnatish;
respublikaning barcha yerdan foydalanuvchilariga oʻsimliklarni biologik va kimyoviy himoya qilish xizmatlari, agrokimyo xizmati koʻrsatish;
xoʻjaliklarda tuproqning agrokimyo tadqiqotlarini oʻtkazish, ozuqa va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini tekshirish;
yuqori samarali texnika va texnologiyalarni kompleks oʻzlashtirish, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda:
uyushma doirasida yagona uslubiy va ilmiy-texnika ishlarini olib borish.
Uyushmaga raisning ikki nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat berilsin.
Uyushma raisi lavozimi boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari hisoblanadi.
5. Belgilab qoʻyilsinki, hududiy aksionerlik birlashmalari:
oʻz faoliyatida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga hisob beradi hamda “Oʻzagrokimyoservis” uyushmasi tarkibiga uning muassislari huquqi bilan kiradi;
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi, oʻzlariga berilgan funksiyalar bajarilishi uchun oʻz muassislari oldida javob beradi;
“Oʻzagrokimyoservis” respublika uyushmasi tarkibiga yuridik shaxs huquqi bilan kirgan holda oʻz faoliyatini hududiy birlashma qatnashchilarining umumiy yigʻilishida qabul qilingan hududiy birlashma Ustaviga muvofiq amalga oshiradi;
hududiy aksionerlik birlashmalarining raislari muassislar yigʻilishi tomonidan tayinlanadi va “Oʻzagrokimyoservis” respublika uyushmasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
hududiy aksionerlik birlashmasining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzagrokimyoservis” uyushmasi bilan birgalikda:
1995-yilda uyushmaning tuman birlashmalarini 4-ilovaga muvofiq ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishni tugallasin;
uyushmaning firma doʻkonlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda xususiy mulk qilib sotsin, bunda aksionerlik jamiyati xodimlariga ustunlik huquqi berilsin;
xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni oʻz oborot mablagʻlarini koʻpaytirishga, “Oʻzagrokimyoservis” uyushmasi korxonalari va tashkilotlarini rivojlantirish uchun markazlashtirilgan jamgʻarma tashkil etishga yoʻnaltirsin;
Keyingi tahrirga qarang.
davlatga tegishli aksiyalar paketiga muvofiq aksionerlik jamiyatlari faoliyatini boshqarish huquqini shartnoma asosida “Oʻzagrokimyoservis” uyushmasiga bersin;
davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnoma asosida “Oʻzagrokimyoservis” uyushmasiga bersin:
aksiyalarning erkin sotiladigan qismini ustun darajada qishloq xoʻjaligi korxonalariga, dehqon (fermer) xoʻjaliklariga sotsin.
7. “Oʻzagrokimyoservis” uyushmasi dehqon (fermer) xoʻjaliklariga va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalariga kimyoviy mahsulotlar sotish boʻyicha savdo obyektlari tarmogʻini kengaytirsin.
8. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va “Oʻzagrokimyoservis” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy mahsulotlarni saqlash va sotish bazalarini hududiy joylashtirishni takomillashtirishga oid takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 10-mart,
82-son
“Oʻzagrokimyoservis” davlat-aksionerlik uyushmasi
tarkibi
Qoraqalpogʻiston aksionerlik birlashmasi
Andijon aksionerlik birlashmasi
Buxoro aksionerlik birlashmasi
Jizzax aksionerlik birlashmasi
Qashqadaryo aksionerlik birlashmasi
Navoiy aksionerlik birlashmasi
Namangan aksionerlik birlashmasi
Samarqand aksionerlik birlashmasi
Surxondaryo aksionerlik birlashmasi
Sirdaryo aksionerlik birlashmasi
Toshkent aksionerlik birlashmasi
Fargʻona aksionerlik birlashmasi
Xorazm aksionerlik birlashmasi
Oʻsimliklarni himoya qilish respublika stansiyasi
Respublika agrokimyo stansiyasi
Kimyoviy zaxiralar respublika bazasi
“Oʻzagrokimyoservis” davlat-aksionerlik uyushmasining ijro etuvchi apparatining
tuzilmasi
Rahbariyat
Marketing va tashqi aloqalar boshqarmasi
Moddiy resurslar boshqarmasi
Iqtisodiyot, moliya va hisobot boʻlimi
Nazorat-taftish boʻlimi
Kapital qurilish va transport boʻlimi
Ishlar boshqarmasi
“Oʻzagrokimyoservis” davlat-aksionerlik uyushmasining ijro etuvchi apparatining
tuzilmasi
Hududiy aksionerlik birlashmasining namunaviy
tuzilmasi
Birlashmaning xodimlarining taxminiy soni:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Fargʻona viloyatlari — 20—25 kishi.
2. Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari — 15-19 kishi.
“Oʻzagrokimyoservis” uyushmasi tuman birlashmalari negizida tashkil etilayotgan aksionerlik jamiyatlari
roʻyxati
Andijon viloyati
Izboskan
Xoʻjaobod
Jizzax viloyati
Arnasoy
Baxmal
Oʻrtachoʻl
Doʻstlik
Paxtakor
Navoiy viloyati
Navbahor
Navoiy
Qiziltepa
Xatirchi
Samarqand viloyati
Oqdaryo
Bulungʻur
Goʻzalkent
Zarafshon
Ishtixon
Kattaqoʻrgʻon
Koʻshrabot
Narpay
Nurobod
Payariq
Pastdargʻom
Paxtachi
Tayloq
Urgut
Chelak
Surxondaryo viloyati
Oltinsoy
Qiziriq
Toshkent viloyati
Oqqoʻrgʻon
Zangiota
Piskent
Toshkent
Chinoz
Yangiyoʻl
Fargʻona viloyati
Oxunboboyev
Bagʻdod
Buvayda
Qoʻqon
Quva
Soʻx
Toshloq
Oʻzbekiston
Uchkoʻprik
Fargʻona
Furqat