Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ENGIB BOʻLMAYDIGAN KUChLAR (FORS-MAJOR) HOLATLARINI TASDIQLASh MEXANIZMINI AMALGA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 625-sonli “Engib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz 2022-yil 30-dekabrdan kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 28-avgustdagi 409-son qaroriga muvofiq hamda tashqi savdo bitishuvlari shartlariga muvofiq yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Engib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida sertifikat berganlik uchun toʻlov kunida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-oktabrdagi 368-son qarori 9-bandining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 62-modda) uchinchi xatboshidagi “guvohnomalar” soʻzi “sertifikatlar” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-fevral,
63-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 15-fevraldagi 63-son qaroriga
ILOVA
2005-yil 15-fevraldagi 63-son qaroriga
ILOVA
Engib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom tashqi savdo bitishuvlari va xalqaro shartnomalar (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb yuritiladi) shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshlangan yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. Engib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari — bu tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlardir.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Engib boʻlmaydigan kuchlar oqibatida shartnoma tomoni majburiyatlarni bajarishi uchun imkoniyat boʻlmaganda shartnoma tomoni yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari tasdigʻini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi) murojaat qilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Engib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash manfaatdor tomonning yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari koʻrsatilgan yozma arizasi asosida Vazirlik tomonidan tegishli sertifikat berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Arizaga belgilangan tartibda tasdiqlangan shartnomalar hamda shartnomaga spetsifikatsiyalar nusxasi, shartnoma boʻyicha bajarilgan majburiyatlar hajmlari toʻgʻrisida maʼlumotlar, yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida sertifikat olish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusxasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza va ilova qilinayotgan hujjatlar arizachi tomonidan bevosita Vazirlikka taqdim etiladi yoki pochta orqali yuboriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Vazirlik olingan ariza asosida davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlaridan yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari mavjudligini tasdiqlash uchun zarur axborotni soʻraydi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari Vazirlik soʻrovnomasi tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida soʻralayotgan axborotni yozma shaklda taqdim etishi shart.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
6. Sertifikat ariza beruvchiga mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar bilan ariza berilgan kundan boshlab yigirma ish kuni mobaynida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sertifikatda shartnoma tomonlarining nomi, uning tartib raqami va tuzilgan sanasi, yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari tavsifi, ular sodir boʻlgan joy, vaqt, davr koʻrsatiladi. Sertifikat Vazirlik muhri bilan tasdiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
8. Ariza beruvchining yozma murojaatiga koʻra sertifikat dublikati berilishi mumkin.
Sertifikat dublikati yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikat oʻrniga beriladi. Sertifikat dublikatini berishda sertifikat berganlik uchun toʻlanadigan summaning ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Sertifikat dublikati dublikat berish toʻgʻrisida murojaat qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Vazirlik quyidagi hollarda:
(9-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
arizada koʻrsatilgan yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari sodir boʻlmaganligi aniqlanganda;
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik ariza beruvchi tomonidan koʻrsatilgan yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari majburiyatlarni bajarmaslik sabablari hisoblanmasligi toʻgʻrisidagi xulosaga kelgan taqdirda sertifikat berishni rad qilish huquqiga ega.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Sertifikat berish rad qilingan taqdirda ariza berilgan kundan boshlab yigirma ish kuni mobaynida ariza beruvchiga asoslangan yozma xulosa yuboriladi.
Sertifikat berish rad qilinganda ariza beruvchi tomonidan toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Sertifikat berishni rad qilish, shuningdek arizani koʻrib chiqish muddatlari buzilishi yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Zarur hollarda Vazirlik tomonidan xoʻjalik subyektlariga, ularning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xorijiy mamlakatlarda sertifikat berish, fors-major holatlarini tasdiqlash va sertifikat olish uchun hujjatlarni koʻrib chiqishning borishi masalalari boʻyicha maslahatlar beriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 7-son, 56-modda, 34—36-son, 264-modda; 2017-y., 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)