11.12.2015 yildagi PQ-2447-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Jizzax shahrida kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax shahrining sanitariya jihatidan tozalash tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish hisobiga aholi turmush sifatini yanada oshirish, odamlarning yashash sharoitlarini, sanitariya-epidemiologiya va ekologik vaziyatni yaxshilash, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 8-sentabrda Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda OTB deb ataladi) Direktorlar kengashi “Jizzax shahrida kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun OTB Maxsus jamgʻarmasining imtiyozli mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasiga 5 yillik imtiyozli davr bilan 25 yil muddatga 53,999 mln. maxsus qarz olish huquqi (75,0 mln. AQSH dollari ekvivalentida) miqdorida qarz berishni maʼqulladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish davri 5 yil (2016 — 2020-yillar) etib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jizzax shahrida kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish, Osiyo taraqqiyot banki qarzidan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organlar “Kommunxizmat” agentligi va Jizzax viloyati hokimligi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish davrida Osiyo taraqqiyot banki qarzi boʻyicha foizlarni toʻlash Osiyo taraqqiyot banki qarzi hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolat berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimini va Oʻzbekiston Respublikasi, “Kommunxizmat” agentligi va Jizzax viloyati hokimligi oʻrtasida Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kommunxizmat” agentligi bosh direktori Osiyo taraqqiyot banki bilan loyiha bitimini hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Jizzax viloyati hokimligi bilan Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi, Oʻzbekiston Respublikasi, “Kommunxizmat” agentligi va Jizzax viloyati hokimligi oʻrtasidagi Osiyo taraqqiyot banki qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, “Kommunxizmat” agentligi bosh direktori va Jizzax viloyati hokimi zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash parametrlariga muvofiq loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki qarzidan maqsadli foydalanish va Osiyo taraqqiyot banki qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish va u boʻyicha foizlar toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarning Jizzax viloyati “Suvoqava” DUK tomonidan oʻz vaqtida jamlanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi loyihaning Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Jizzax shahrida kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻidan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yigʻimlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — foyda soligʻi toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Kommunxizmat” agentligining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jizzax viloyati “Suvoqava” DUK buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 11-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2447-son