Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2333-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 2-martdagi 53-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2333, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 98-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-oktabr,
235-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-oktabrdagi 235-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
a) 01.00.00.00 KONSTITUTSIYAVIY TUZUM boʻlimidagi “01.14.04.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatiga olish” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“01.14.04.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish”;
b) 02.00.00.00 DAVLAT BOShQARUVI ASOSLARI boʻlimida:
“02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi Devoni” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati”;
“02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat buyurtmalari” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari”;
quyidagi mazmundagi kod bilan toʻldirilsin:
“02.08.09.01 Huquqiy targʻibot”;
quyidagi mazmundagi kod bilan toʻldirilsin:
“02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot”;
v) 07.00.00.00 MOLIYA VA KREDIT TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIK. BANK FAOLIYATI boʻlimida:
“07.09.00.00 Soliqlar va yigʻimlar” bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“07.09.00.00 Soliq qonunchiligi”;
quyidagi mazmundagi kodlar bilan toʻldirilsin:
“07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar
07.09.04.00 Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari”;
“07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari”, “07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yigʻimlar” hamda “07.16.00.00 Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar” boblari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
g) 08.00.00.00 UY-JOY QONUNChILIGI. KOMMUNAL XOʻJALIK boʻlimidagi “08.01.08.00 Koʻp kvartirali yashashga moʻljallangan uydagi umumiy mol-mulk. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish”;
d) 09.00.00.00 TADBIRKORLIK VA XOʻJALIK FAOLIYATI boʻlimida:
“09.03.05.00 Xoʻjalik sudida bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“09.03.05.00 Sudda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi”;
quyidagi mazmundagi kod bilan toʻldirilsin:
“09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari”;
“09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari”;
e) 10.00.00.00 TAShQI IQTISODIY FAOLIYAT. BOJXONA IShI boʻlimidagi “10.01.07.00 Erkin iqtisodiy zonalar. Erkin savdo zonalari va bojxona ittifoqlari” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar”;
j) 13.00.00.00 TAʼLIM. FAN. MADANIYAT boʻlimida:
“13.01.00.00 Taʼlim” bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13.01.00.00 Taʼlim
13.01.01.00 Umumiy qoidalar
13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish
13.01.03.00 Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish
13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari
13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari
13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari
13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari
13.01.08.00 Taʼlim turlari
13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya
13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim
13.01.08.03 Professional taʼlim
13.01.08.04 Oliy taʼlim
13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim
13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
13.01.08.07 Maktabdan tashqari taʼlim
13.01.09.00 Bolalar uylari. Voyaga yetmaganlar bilan ishlash
13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi
13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash
13.01.12.00 Chet ellik fuqarolarni taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish
13.01.13.00 Fuqarolarni chet elga oʻqishga yuborish
13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish
13.01.15.00 Taʼtillar. Bolalarning yozgi dam olishi
13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka
13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar”;
z) 14.00.00.00 SOGʻLIQNI SAQLASh. JISMONIY TARBIYA. SPORT. TURIZM boʻlimidagi “14.02.04.00 Olimpiya harakatlari” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati”;
i) 16.00.00.00 XAVFSIZLIK VA HUQUQ TARTIBOT MUHOFAZASI boʻlimida:
quyidagi mazmundagi kod bilan toʻldirilsin:
“16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari”;
“16.02.07.00 Boshqa davlat xavfsizlikni taʼminlash organlari” kodi “16.02.08.00 Boshqa davlat xavfsizlikni taʼminlash organlari” kodi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi kod bilan toʻldirilsin:
“16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish”;
“16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Propiska qilish. Roʻyxatga olish” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish”;
“16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish (jinoyat ishini qoʻzgʻatish, surishtiruv, dastlabki tergov)” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish”;
“16.12.11.00 Hukm, ajrim, qarorlarning qonuniyligini, adolatliligini va asosliligini tekshirish (Apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ish yuritish)” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16.12.11.00 Hukm, ajrim, qarorlarning qonuniyligini, adolatliligini va asosliligini tekshirish”;
k) 17.00.00.00 ODIL SUDLOV boʻlimida:
“17.02.06.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17.02.06.00 Maʼmuriy sudlar”;
“17.02.10.00 Tuman (shahar) maʼmuriy sudlari” kodi chiqarib tashlansin.
2. 2-ilovada:
5-banddagi “Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan” degan soʻzlar “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-banddagi “huquqiy axborot markazi” degan soʻzlar “milliy huquqiy axborot markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/2333-3/1429-son)