Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining avia yoʻlovchilari hisobidagi chet el fuqarolariga tranzit vizalarini rasmiylashtirish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 26-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1056-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining 5-ilovasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2001-yil 11-iyuldagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining avia yoʻlovchilari hisobidagi chet el fuqarolariga tranzit vizalarini rasmiylashtirish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1056, 2001-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 14-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq “Uzbekistan Airways” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tashqi ishlar vaziri A.X. KAMILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-oktabr,
58-son
Kelishildi:
Boshqaruv raisi v.b B.I. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 08-oktabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/1056-1/1422-son)