Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI SANATSIYA QILISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-dekabr,
536-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y.,1-son, 5-modda)