22.10.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3028-4
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.10.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 22-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3028-4]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-son qarori (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 26-son, 530-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M.B. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 8-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16/9-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar — mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi, maxsus kassa va boshqa barcha turdagi kassalar;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“inkassatsiya xizmati — xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek banklar, banklarning filiallari va alohida boʻlinmalariga tegishli boʻlgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish, tashish hamda kuzatib borish xizmati;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatlarini koʻrsatish uchun bank (filial) binosida va binodan tashqarida tashkil etilgan barcha turdagi kassalarni qurilishi, zaruriy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi boʻyicha Bosh bank mutaxassislari tomonidan berilgan ijobiy xulosa asos boʻlib hisoblanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 14-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mijozlarga kassa xizmatlarini koʻrsatish maqsadida bank (filial) binosidan tashqarida mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi va maxsus kassalar ham tashkil etilishi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 58-banddagi “ishlab chiqarish birlashmasi (bundan buyon matnda DIChB deb yuritiladi)” degan soʻzlar “unitar korxonasi (bundan buyon matnda DUK deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 133-banddagi “DIChB” qisqartmasi hamda “DIChBning” degan soʻz tegishli ravishda “DUK” qisqartmasi hamda “DUKning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 136-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“136. “Davlat belgisi” DUK Zarbxonasida (bundan buyon matnda Zarbxona deb yuritiladi) tangalar solingan har bir qopchaning ogʻzini tikishda matodan tayyorlangan yorliqlar biriktiriladi. Ushbu yorliqda Zarbxona nomi, qopchadagi tangalarning nominal qiymati, umumiy summasi, tangalar qopchaga solingan sana hamda nazoratchining kodi qayd etiladi. Qopchalarga solingan tangalarning nominal qiymatidan kelib chiqqan holda, ularga quyidagi ranglardagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 soʻmlik tangalar solingan qopchalarga — yashil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 soʻmlik tangalar solingan qopchalarga — qizil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200 soʻmlik tangalar solingan qopchalarga — sariq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
500 soʻmlik tangalar solingan qopchalarga — och koʻk yorliqlar biriktiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 146-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“146. Bank (filial) tomonidan kredit taʼminoti uchun qabul qilingan qimmatli qogʻozlar, kafolat va kafilliklar, sugʻurta polislari, garov shartnomalari va h.k.larni saqlash joyi (pul ombori, kredit boʻlimi, buxgalteriya boʻlimi va boshqa joylar) banklar tomonidan mustaqil belgilanadi. Kredit taʼminoti hujjatlari bank (filial) pul omboridan boshqa joyda saqlanganida, ularni saqlash tartibini Bosh bank belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankda oʻz mijozlaridan kredit taʼminoti uchun qimmatli qogʻozlar, kafolat va kafilliklar hamda garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) hujjatlari, sugʻurta polislari, garov shartnomalarini qabul qilib olinishi hamda ularni pul omboriga saqlash uchun topshirilishi — hujjatlarni paketlarga joylab, yelimlangan hamda bankning muhri bilan muhrlangan (yoki surgʻuchlangan) holda tegishli koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaragʻi boʻyicha buxgalteriya boʻlimi xodimi tomonidan rasmiylashtirilgan mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasida keltirilgan kirim kassa orderi asosida amalga oshiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 155-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“155. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar, ularning faoliyati ustidan masofadan turib kunlik nazorat oʻrnatilgan holda, bank (filial) tomonidan respublikaning barcha hududlarida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarning qurilishi va jihozlanishi boʻyicha Bosh bank mutaxassislari tomonidan yozma ravishda ijobiy xulosa berilganidan soʻng, mazkur kassalar oʻz faoliyatini boshlashlari mumkin. Bosh bank ushbu xulosaning bir nusxasini ilova qilgan holda 10 kun ichida Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga yozma ravishda xabar beradi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagi mazmundagi 1551-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1551. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarning faoliyati tugatilayotganida ham Bosh bank tomonidan bank boshqaruvi qarorining bir nusxasini ilova qilgan holda 10 kun ichida Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga yozma ravishda xabar beriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 156-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 157 — 159-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“157. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar uchun shtatlar jadvali, har bir kassa tomonidan xizmat koʻrsatiladigan mijozlar sonini va kassa operatsiyalarining hajmini hamda mazkur kassalarda naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan ishlash (sanash, saralash, oʻrab-bogʻlash va kassa operatsiyalarini bajarish), ularning but saqlanishini taʼminlash inobatga olingan holda Bosh bank tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalardagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning dahlsizligini hamda kassa xodimlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha barcha zaruriy choralar Bosh bank tomonidan koʻrilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar normal faoliyat koʻrsatishlari uchun jumladan, naqd pul va boshqa qimmatliklarni sanash, saralash, oʻrab-bogʻlash, saqlash hamda kassa operatsiyalarini bajarish uchun zaruriy texnika va jihozlar bilan shuningdek, xavfdan va yongʻindan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar “tashvish” xabarlari yuboriladigan texnik qoʻriqlash punktiga ulangan boʻlishi lozim. Shuningdek, bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarning qoʻriqlash va yongʻindan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bank ish kuni tugaganidan soʻng texnik qoʻriqlash punktiga ulanishi kerak.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Bankning chakana amaliyotlar kassalari” degan soʻzlar “Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Bankning chakana amaliyotlar kassalariga” degan soʻzlar “Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 161 — 165-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“161. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar tomonidan barcha turdagi kassa xizmatlari yoki uni tashkil etgan bank tomonidan belgilangan ayrim turdagi kassa xizmatlari koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi va maxsus kassalar orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlari (kirim va chiqim kassa operatsiyalari) mazkur Yoʻriqnoma talablari asosida koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) chakana amaliyot kassasi tomonidan boshqa kassa xizmatlari bilan birga valyuta ayirboshlash operatsiyalari ham amalga oshiriladigan hollarda, 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” hamda 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvaraqlaridagi naqd pullar va boshqa qimmatliklar alohida saqlanishi shuningdek, tegishli kassa operatsiyalarini bajarishda faqat mos hisobvaraqdan foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarda bank ish kuni oxirida qolishi mumkin boʻlgan naqd pullar qoldigʻiga Bosh bank tomonidan limit oʻrnatilishi mumkin. Limit oʻrnatilmagan kassalarda amaliyot kuni yakunida naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldigʻini qolishiga ruxsat berilmaydi (uzluksiz, 24 soat mobaynida ishlaydigan kassalar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar bank (filial) joylashgan tumanda, shaharda yoki tumanlarga boʻlingan shaharda tashkil etilgan boʻlsa, bank ish kuni oxirida ushbu kassalardagi limitdan ortiqcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar qoldiqlari, kunlik kassa hujjatlari mazkur kassani tashkil etgan bankka (filialga) topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar hududdagi boshqa tumanda, shaharda yoki respublikaning boshqa hududida ochilgan hollarda, bank ish kuni oxirida ushbu kassalardagi limitdan ortiqcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar qoldiqlari, kunlik kassa hujjatlari ushbu kassa joylashgan tumandagi (shahardagi) mazkur bank (filial) bilan shartnoma tuzgan tijorat bankining filialiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, sumkadagi (qopdagi) naqd pullar qayta sanalib, chiqqan summani ushbu kassani tashkil etgan bankning (filialning) tegishli hisobvaragʻiga naqd pulsiz hisob-kitob orqali oʻtkazib berish uchun topshirilgan boʻlsa, inkassatsiya sumkasini (qopini) bank filialining kechki kassa xodimlari qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) naqd pul va boshqa qimmatliklar bank filiali kassasiga saqlash uchun topshirilayotgan boʻlsa, ularni qabul qilib olish mazkur Yoʻriqnomaning 8-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Bank binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarning kunlik kassa hujjatlari, mazkur kassa xodimlari tomonidan bir oyda kamida bir marta ushbu kassani tashkil etgan bankka (filialga) yetkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalardan bank filialiga olib kelingan kunlik kassa hujjatlarining toʻliqligi va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi bank filialining masʼul xodimlari tomonidan tekshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Bank ish kuni mobaynida bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan (bank filiali joylashgan tumanda, shaharda yoki tumanlarga boʻlingan shaharda joylashgan) kassalarni madad pullari bilan taʼminlash, mazkur kassa kassirining bank (filial) rahbari nomiga yozma buyurtmanomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) rahbari ushbu buyurtmanomani koʻrib chiqib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun buxgalteriya boʻlimining masʼul xodimlariga koʻrsatma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarni madad pullari bilan taʼminlash boʻyicha chiqim kassa orderi buxgalteriya boʻlimi xodimi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi hamda kassirning buyurtmanomasi bilan birga ijro uchun kassa mudiriga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa mudiri chiqim kassa orderini toʻliq va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshirganidan soʻng, chiqim kassa orderida qayd etilgan summani inkassatsiya sumkasiga (qopiga) soladi. Shundan soʻng, inkassatsiya sumkasiga (qopiga) tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, sumkani (qopni) ogʻzini yopib, plombalaydi hamda bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassaga joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar boshqa tumanda, shaharda yoki respublikaning boshqa hududida tashkil etilgan boʻlsa, ushbu kassalar zarur naqd pullarni va qimmatliklarni tegishli shartnoma asosida u joylashgan tumandagi (shahardagi) tijorat banki filialidan olishi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 168-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“168. Dam olish yoki bayram kunlari bank binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarni madad pullari bilan taʼminlash bank (filial)ning kechki kassasi tomonidan amalga oshiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“170. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarga madad pullarini va boshqa qimmatliklarni yetkazib berish, shuningdek kun oxirida kassadagi limitdan ortiqcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar qoldiqlarini, kunlik kassa hujjatlarini bank (filial)ga yoki saqlash uchun u joylashgan tumandagi (shahardagi) tijorat banki filialiga yetkazish ishlari inkassatsiya xizmatlari yoki bank xodimlarining xavfsizligini hamda naqd pul va boshqa qimmatliklar butligini taʼminlagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash xizmati kuzatuvi ostida ham amalga oshirilishi mumkin.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “chakana amaliyot” degan soʻzlar “bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 171-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“171. Bank (filial) va xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan, ushbu subyekt binosida belgilangan tartibda bank kassalari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu kassalar orqali koʻrsatiladigan kassa xizmatlari turlari mazkur shartnomada belgilab olinadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 186-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“186. Bank ish kuni oxirida aylanma kassada qoladigan banknot va tangalarning umumiy summalari, 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi naqd pullar qoldigʻi bilan taqqoslanishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 212-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi, 215-bandning birinchi xatboshisidagi, 21-ilovadagi va 25-ilovaning 8-bandidagi “DIChB” qisqartmasi “DUK” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quyidagi mazmundagi 2201-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2201. Bank (filial) kassa tarmogʻida belgilangan shakl va tartiblarga rioya etgan holda barcha kassa kitoblari (bundan 161-shakldagi kitob mustasno), kassa jurnallari, blanklar va varaqalarni toʻldirish, rasmiylashtirish hamda tasdiqlash ishlari elektron shaklda ham yoʻlga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bank amaliyot kuni dasturiga ulanmagan, kassa tarmogʻidagi naqd pullar va qimmatliklar harakati qayd etib boriladigan maxsus dastur yordamida har bir moddiy javobgar shaxsni identifikatsiya qilish hamda undan faqat oʻzining vakolati doirasida foydalanish uchun imkoniyat yaratib berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) kassa tarmogʻida hujjat aylanishini avtomatlashtirilishi ushbu Yoʻriqnomada belgilangan qoidalarni buzilishiga imkon yaratib bermasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa tarmogʻidagi hujjatlarni rasmiylashtirish, tekshirish va imzolash vakolatiga ega boʻlgan har bir moddiy javobgar shaxs — oʻzining bajargan ishini (oʻziga biriktirilgan elektron kalit yoki boshqa maxsus himoyalangan vosita, qurilma orqali) tasdiqlab qoʻyish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. 226-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moddiy javobgar shaxslarni biometrik belgilariga qarab identifikatsiya qilinishi pul ombori eshigini qulflanishi yoki ochilishiga bevosita, uzviy tarzda taʼsir koʻrsatsa, yaʼni ushbu eshikni faqat kalitlar yordamida ochib-yopish imkoniyati mavjud boʻlmasa, bunday tarzda jihozlangan eshik qulflanganidan soʻng, uni surgʻuchli muhr bilan muhrlanishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) pul omborining eshigini moddiy javobgar shaxslarning biometrik belgilarini identifikatsiya qilish orqali ochib-yopish ushbu bandda belgilangan talablarga toʻliq javob bersa, bank filialidagi naqd pul va qimmatliklar but saqlanishini taʼminlash hamda pul ombori eshigini ochib-yopish vazifalari bank boshqaruvi raisining buyrugʻi bilan bank filiali boshqaruvchisi oʻrinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank boshqaruv raisi oʻzgargan taqdirda, avvalgi buyruq yangi tayinlangan bank boshqaruv raisi tomonidan qayta koʻrib chiqilib, yangilanishi shart.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. 268-banddagi “DIChBning” va “DIChBga” degan soʻzlar hamda “DIChB” degan qisqartma tegishli ravishda “DUKning” va “DUKga” degan soʻzlar hamda “DUK” degan qisqartma bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. 299-banddagi “bank kassalariga” degan soʻzlar “belgilangan manzillarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. 306-banddan ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. 326-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“326. Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari va tijorat banklari (filiallari) hamda tijorat banklari oʻrtasida naqd pullarni va boshqa qimmatliklarni tashish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yoki uning tegishli hududiy Bosh boshqarmalarining farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya xizmatlari tomonidan tijorat banklari (filiallari) oʻrtasida naqd xorijiy valyutalarni va boshqa qimmatliklarni tashish inkassatsiya xizmatlarining tegishli tarkibiy boʻlinmalari farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “inkassatsiya boshqarmasiga (boʻlimiga)” degan soʻzlar “inkassatsiya xizmatiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inkassatsiya xizmatlari tomonidan naqd xorijiy valyuta va boshqa qimmatliklarni tashish uchun farmoyishlar uch nusxada tayyorlanib, birinchi nusxasi qimmatliklarni joʻnatuvchi bankda, ikkinchi nusxasi qimmatliklarni qabul qilib oluvchi bankda, uchinchi nusxasi mazkur farmoyishni tayyorlagan inkassatsiya xizmatining tegishli yigʻmajildida nazorat uchun saqlanadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. 328-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“328. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish talab etilganida, joʻnatuvchi bank tashish ishlari hudud ichida yoki hududlararo amalga oshirilishini inobatga olgan holda, Markaziy bankka yoki Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga yoxud inkassatsiya xizmatiga yozma ravishda murojaat qilishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. 330-banddagi, 338-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 349-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi va 351-bandning birinchi xatboshisidagi “Markaziy bank” degan soʻzlar “Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. 331-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“331. Joʻnatuvchi bankning moddiy javobgar shaxslari Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmatining farmoyishi hamda bank rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri tomonidan imzolangan chiqim kassa orderi asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatorlar brigadasiga, pul omborining oldidagi xonada topshiradilar. Chiqim kassa orderida naqd pul va boshqa qimmatliklarni belgilangan joyga yetkazilishi toʻgʻrisidagi Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmati farmoyishining raqami va sanasi koʻrsatilishi hamda chiqim kassa orderining orqa tarafiga inkassatorlar brigadasi aʼzolarining familiyalari, ismi va otasining ismining bosh harflari hamda xizmat guvohnomalarining tartib raqamlari qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻnatuvchi bank Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmatining farmoyishida koʻrsatilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasini inkassatsiya xodimlariga oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda topshirishlari kerak.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. 332-banddagi “Markaziy bankning” degan soʻzlar “Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. 337-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ikkinchi nusxasi chiqim kassa orderi, inkassatsiya xizmatining ishonchnomasi va Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmatining tegishli farmoyishi bilan birga joʻnatuvchi bankning kunlik kassa hujjatlariga tikiladi;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. 33 — 35-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)