Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ENERGETIKA VA ELEKTRLAShTIRISh VAZIRLIGI TIZIMINING TAShKILIY TUZILMASIDAGI OʻZGARIShLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sobiq SSSRning energetika boshqaruvi tuzilmasining qayta tashkil etilishi munosabati bilan, “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 8-moddasiga muvofiq respublikaning huquqiy tasarrufiga va mulkiga oʻtgan ittifoq boʻysunuvidagi energetika korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Energetika va elektrlashtirish vazirligi tizimiga quyidagi tashkilotlar, korxonalar va birlashmalar kiritilsin:
“Oʻrtaosiyotuzatishenergiya” IB ishlab chiqarish birlashmasi (Toshkent sh.)
“Oʻrtaosiyotexenergiya” ishlab chiqarish IB birlashmasi (Toshkent sh.)
“Energiyatarmoqloyiha” instituti (Toshkent sh.)
“Issiqlikelektrloyiha” instituti (Toshkent sh.)
“Qishloqenergiyaloyiha” instituti (Toshkent sh.)
“Toshgidroloyiha” instituti (Toshkent sh.)
“Oʻrtaosiyoelektrtarmoqqurilish” tresti (Toshkent sh.)
“Sharqenergiyaizolatsiya” korxonasi (Toshkent sh.)
“Oʻrtaosiyoenergiyamontaj” Oʻzbekiston montaj boshqarmasi (Toshkent sh.)
“Oʻrtaosiyoenergiyamontaj” Yangi Angren montaj boshqarmasi (Nurobod sh.)
“Elektroʻrtaosiyomontaj” 4-montaj boshqarmasi (Toshkent sh.)
“Elektroʻrtaosiyomontaj” 8-montaj boshqarmasi (Toshkent sh.)
“Elektroʻrtaosiyomontaj” Toshkent sozlash boshqarmasi (Toshkent sh.)
“Oʻzenergiyahimoya” ixtisoslashtirilgan tuzatish-qurilish montaj korxonasi (Toshkent sh.)
“Gidromaxsusqurilish” maxsus boshqarmasi (Toshkent sh.)
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, “Oʻzshartnomasavdo” Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining (ishlab chiqarish, kapital qurilish, mablagʻ bilan taʼminlash, moddiy-texnika taʼminoti va boshqalar boʻyicha) istiqbol koʻrsatkichlariga zarur oʻzgarishlar kiritsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 13-oktabr,
471-son