Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligining
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligining
Qarori
“Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 12-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1662-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-sentabr,
40-son
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-sentabr,
2020-11-son
Kelishildi:
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. Sharipov
Toshkent sh.,
2020-yil 27-avgust,
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 40-son va Kapital bozorini rivojlantirish agentligining 2020-yil 9-sentabrdagi 2020-11-son qaroriga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2006-yil 14-dekabrdagi 102, 01/KKBFMNM-18/07-son “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1662, 2007-yil 13-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 11-son, 101-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-son “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 2010-yil 9-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 49-son, 466-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 26-fevraldagi 13, 01/09-26/06-son “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1662-2, 2014-yil 17-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 12-son, 141-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 1-iyundagi 48, 01/09-26/12-son “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1662-3, 2015-yil 5-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 22-son, 300-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-son “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1662-4, 2016-yil 22-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 47-son, 544-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2020-y., 10/20/1662-5/1388-son)