05.10.1992 yildagi 458-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.10.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON QIZIL YARIM OY JAMIYATI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati toʻgʻrisida”gi 1992-yil 28-maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Noyabr oyining ikkinchi oʻn kunligi Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida Qizil Yarim oy jamiyati Jamgʻarmasiga xayriya toʻplash oʻn kunligi deb eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining Jamgʻarmasiga mablagʻ toʻplash oʻn kunligini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati korxonalari va tashkilotlari jamiyatning ustav faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan valyuta ajratmalarini oʻtkazishdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika fuqarolarini nafaqa bilan taʼminlash haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingunga qadar Qizil Yarim oy jamiyatining mehr-shafqat hamshiralari ish haqi fondidan yetti foiz miqdorda ijtimoiy sugʻurtaga ajratma oʻtkazish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatini iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida belgilangan tartibda roʻyxatga olsin hamda imtiyozli shartlar asosida uning tashqi iqtisodiy faoliyatiga har tomonlama yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi Qizil Yarim oy jamiyatiga xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy milliy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasiga har yilgi badalni toʻlash va uning xalqaro faoliyatini amalga oshirish uchun valyuta mablagʻlarini ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati hamda uning korxonalari va tashkilotlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda imtiyozli shartlarda xalqaro hisob-kitoblar xizmatlarini koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzshartnomasavdo” Jamiyatga zarur moddiy texnika resurslarini sotib olishda har yili yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Qizil Yarim oy jamiyatining xalqaro faoliyati bilan bogʻliq hujjatlarni birinchi navbatda rasmiylashtirishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi, Aloqa vazirligi, Respublika bojxona qoʻmitasi tabiiy ofatlar va shu kabi boshqa ekstremal vaziyatlar roʻy bergan paytlarda Jamiyat yuklarini va uning vakillarini birinchi navbatda tashilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasiga, Chet el turizmi Toshkent va viloyatlar boʻlimlariga Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari xalqaro tashkilotlarining vakillariga Oʻzbekiston mehmonxonalarida yashaganlik avia va temir yoʻl biletlarini sotib olganlik uchun soʻmlarda haq toʻlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari va nohiyalari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddat ichida Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati organlari va muassasalarini tegishli ravishda xizmat xonalari bilan taʼminlash masalasini hal etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil Yarim oy jamiyati mehr-shafqat hamshiralarining barcha turdagi jamoat transportida bepul yurishlarini nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil Yarim oy jamiyati patronajida boʻlgan keksa yoshdagi fuqarolarning boshqa joyga koʻchishi yoki vafoti tufayli boʻshaydigan uy-joy fondini jamiyat xomiyligida boʻlganlarga berish masalasi koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidagi Oʻzbekiston Respublikasi bolalari — fuqarolariga vasiylik qilish, ularni farzandlikka olish va tarbiyasini tashkil etishni nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 5-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
458-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil
5-oktabrdagi 458 son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil Yarim oy jamiyati jamgʻarmasiga mablagʻ toʻplash aksiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida har yili noyabr oyining ikkinchi oʻn kunligida Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati hisobiga mablagʻ toʻplash oʻn kunligi eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Oʻzbekistonning viloyatlarida, shaharlarida va nohiyalarida hokimlar boshchiligida tashkiliy qoʻmitalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari Qizil Xoch va Qizil Yarim oy xalqaro harakatini reklama qilish kompaniyasini oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining korxonalari, jamoa, davlat xoʻjaliklari, birjalari, banklari, qoʻshma korxonalari, savdo uylari, boshqa birlashmalari, tashkilotlari va xususiy shaxslari chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar mablagʻ toʻplash xayriya kompaniyasida qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi shaxsiy sostav oʻrtasida Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati hisobiga shaxsiy badal topshirish va mablagʻ toʻplash yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi, “Oʻzbeksavdo” davlat aksionerlik uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatiga pul-buyum lotereyalarini kimoshdi savdolarini, oldi-sotdilarni, yarmarkalarni va boshqa xildagi xayriya aksiyalarini oʻtkazishda yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirliklar va idoralar mablagʻ toʻplash davrida Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatiga xayriya chiptalarini tarqatishda yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Markaziy qoʻmitasiga xayriya aksiyasini targʻibot etishga qaratilgan nashriy-matbaa mahsulotlarini chiqarishda yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Madaniy-tomosha tadbirlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, “Oʻzdavkinokompaniya” oʻn kunlik davomida xayriya konsertlarini teatr tomoshalarni sport tadbirlarini va hokazolarni tashkil etadilar va ulardan tushgan mablagʻ Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati hisobiga oʻtaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati xayriya aksiyalarini oʻtkazish tartibini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Markaziy qoʻmitasining hisob-kitob schyoti quyidagicha: Sanoat-qurilish bankining Toshkent shahar Yunusobod nohiyasi boʻlimidagi hisob-kitob schyoti 000700378, MFO 172682304.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi valyuta schyoti — 700000001.