Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi F-5598-son farmoyishiga
1-ILOVA
Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʻrganish, ular xotirasini abadiylashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika ishchi guruhining
| | R. Qosimov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, ishchi guruh rahbari |
| | B. Musayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
| | X. Sultonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri |
| | A. Joʻraboyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosari |
| | K. Kamilov | — | Oliy sud raisi |
| | B. Qurbonov | — | mudofaa vaziri |
| | P. Bobojonov | — | ichki ishlar vaziri |
| | T. Ishmetov | — | moliya vaziri |
| | O. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
| | I. Majidov | — | oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| | Sh. Shermatov | — | xalq taʼlimi vaziri |
| | R. Mamatov | — | mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri |
| | B. Zokirov | — | qurilish vaziri |
| | R. Abdullaxanov | — | Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari |
| | F. Arziyev | — | tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
| | A. Xodjayev | — | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
| | B. Yuldashev | — | Fanlar akademi�si prezidenti |
| | U. Yusupov | — | “Oʻzarxiv” agentligi direktori |
| | S. Turdiyev | — | “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi |
| | S. Saidov | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
| | S. Hakimov | — | Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi |
| | M. Xojimatov | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
| | A. Nuridinov | — | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
| | F. Abduxoliqov | — | “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori |
| | A. Xadjayev | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
| | A. Koʻchimov | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
| | B. Hasanov | — | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori |
| | A. Ziyoyev | — | Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori |
| | J. Ismailova | — | Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori |
| | R. Kalonov | — | Toshkent shahar Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi |
| | U. Teshaboyeva | — | Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori |
| | B. Onorboyev | — | Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri, ishchi guruh kotibi |
Izoh:
Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi F-5598-son farmoyishiga
2-ILOVA
| T/r | Tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbai | Masʼul ijrochilar |
| I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar | |||||
| 1. | Respublika ishchi guruhining tashkiliy yigʻilishini oʻtkazish va ish rejasini tasdiqlash | Tashkiliy | 2020-yil oktyabr | — | Respublika ishchi guruhi |
| 2. | Qatagʻon qurbonlarini nomma-nom aniqlash maqsadida mamlakatimiz hududlarida malakali olimlar va mutaxassislardan iborat tegishli guruhlarni tuzish va ularning samarali faoliyati uchun hududlardagi oliy oʻquv yurtlari bazasida zarur shart-sharoitlar yaratish | Tashkiliy | 2020-yil oktyabr | — | Respublika ishchi guruhi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 3. | Olimlar va mutaxassislardan iborat tegishli guruhlar faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma va namunaviy ish rejalarini ishlab chiqish | Respublika ishchi guruhining qarori | 2020-yil oktyabr | — | Respublika ishchi guruhi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi |
| 4. | Ilmiy-ishchi guruhlar faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha tuman va shaharlarda davlat va jamoat tashkilotlari, Nuroniylar jamoatchilik kengashlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan faollarni biriktirish | Tashkiliy | 2020-yil oktyabr | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) |
| 5. | Qatagʻon qurbonlarining nomlarini aniqlash borasida izlanishlar koʻlamini kengaytirish maqsadida Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalaridagi muzeylarning ilmiy xodimlari uchun vazirlik va idoralarning idoraviy arxivlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish | Tashkiliy | 2020-yil oktyabr oyidan boshlab doimiy ravishda | — | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov), Ichki ishlar vazirligi Davlat xavfsizlik xizmati “Oʻzarxiv” agentligi mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 6. | “Inson — aziz, xotira — muqaddas” degan gʻoya asosida barcha tuman va shaharlar, mahallalarda aholi, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning koʻrsatgan jasorati va ibratli faoliyatlarini targʻib etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini tashkil etish boʻyicha tashviqot guruhlarini tuzish | Tashkiliy | 2020-yil oktyabr | — | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
| 7. | El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yoʻlida jasorat koʻrsatgan qatagʻon qurbonlarining avlodlari boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy yordamlar koʻrsatish | Tashkiliy | Doimiy | Mahalliy hokimliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari, “Mahalla” fondi va “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” fondi “Nuroniy” jamgʻarmasi |
| 8. | Ishchi guruhlarning tavsiyalari asosida, qatagʻonga uchragan yurtdoshlarimiz tugʻilib voyaga yetgan va istiqomat qilgan hududlardagi mahallalarda va umumtaʼlim maktablarida xotira burchaklarini tashkil etish | Tashkiliy | Doimiy | “Mahalla” fondi, Xalq taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari | Respublika ishchi guruhi, |
| 9. | “Qatagʻon qurbonlari” xotira kitoblari asosida qatagʻon qurbonlarining nomlarini Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida barpo etiladigan ramziy kitob sahifalariga kiritish | Hukumat qarori | 2022-2023-yillar mobaynida | Davlat budjeti mablagʻlari | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev) |
| 10. | Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, ayrim sabablarga koʻra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatagʻon qurbonlari nomlarini oqlash yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish | Tashkiliy | Doimiy | — | Respublika ishchi guruhi, |
| II. Ilmiy-tadqiqot ishlari | |||||
| 11. | Shahid boʻlgan yurtdoshlarimiz nomini abadiylashtirish va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida hududlar kesimida ular haqidagi koʻp jildlik “Qatagʻon qurbonlari” xotira kitoblarini nashrga tayyorlash hamda chop etish | Ilmiy-tadqiqot ishlari | 2021-2022-yillar mobaynida | Davlat budjeti mablagʻlari, mahalliy hokimliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi mablagʻlari | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, |
| 12. | Nomlari aniqlangan qatagʻon qurbonlarining har biri haqida kitoblar, risolalar tayyorlash va nashr etish | Ilmiy-tadqiqot ishlari | 2021-yildan boshlab muntazam ravishda | Davlat budjeti mablagʻlari, mahalliy hokimliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi mablagʻlari, homiylik mablagʻlari | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, (T. Ishmetov), |
| 13. | Chor Rossiyasi mustamlakasi va mustabid tuzum davrida mamlakatimiz ozodligi uchun kurashgan va qatagʻonga uchragan ota-bobolarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, bu yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish | Chora-tadbirlar rejasi | Doimiy | Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik mablagʻlari | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi |
| 14. | Mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan ota-bobolarimiz haqida ilmiy-tarixiy kitoblar va fotoalbomlar tayyorlash | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik mablagʻlari | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (B. Hasanov), |
| 15. | Qatagʻonga uchragan shaxslarning hayoti va faoliyati, mamlakatimizda sodir boʻlgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, muayyan tarixiy voqealarga oid ilmiy loyihalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlovlar asosida shakllantirish va ilmiy loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash | Fundamental tadqiqotlar | Doimiy | Ilmiy-tadqiqot davlat dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar | Innovatsion rivojlanish vazirligi |
| 16. | Qatagʻonga uchragan davlat, jamoat arboblari, fan va madaniyat, adabiyot va sanʼat namoyandalarining asarlarini tayyorlash va chop etish | Fundamental tadqiqotlar | Doimiy | Ilmiy-tadqiqot davlat dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi |
| 17. | Qatagʻon qurbonlari boʻlgan ajdodlarimizning har biri boʻyicha multimedia mahsulotlarini tayyorlash | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Ijrochilarning mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi Xalq taʼlimi vazirligi Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi |
| 18. | Qatagʻon qurboni boʻlgan jadidlarni respublika oliy taʼlim muassasalariga biriktirish orqali ularning ilmiy-ijodiy merosini chuqur oʻrganish va targʻib qilish tizimini yaratish | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar |
| 19. | Mustabid tuzum davrida qatagʻon qurboni boʻlgan vatandoshlarimiz hayoti va faoliyati, oʻsha paytlarda mamlakatimizda hukm surgan murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, muayyan tarixiy voqealar haqida badiiy va publitsistik asarlar, kinofilmlar tayyorlash ishlarini tashkil etish, yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, rejissorlar oʻrtasida ushbu mavzuga doir eng yaxshi asarlar tanlovini oʻtkazish | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilarning mablagʻlari | Respublika ishchi guruhi, |
| III. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar | |||||
| 20. | “Inson — aziz, xotira — muqaddas” degan gʻoya asosida barcha tuman va shaharlar, mahallalarda aholi, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning jasorati va ibratli faoliyatlarini targʻib etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Ijrochilarning mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Ahmedov), Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, hududiy Nuroniylar jamoatchilik kengashlari |
| 21. | Mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan ota-bobolarimiz haqida badiiy va hujjatli filmlar yaratish | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Davlat budjeti mablagʻlari | “Oʻzbekkino” milliy agentligi Milliy teleradiokompaniya Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi “Oʻzarxiv” agentligi mutasaddi vazirlik va idoralar |
| 22. | Qatagʻon qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish bilan bogʻliq jarayonlarni, ishchi guruhlar faoliyatini keng yoritish, shuningdek mavzuga oid turkum telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar tayyorlab efirga uzatish, matbuot nashrlari va Internet sahifalarida maqolalar eʼlon qilish | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | — | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Milliy teleradiokompaniya Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), ommaviy axborot vositalari |
| 23. | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda uning hududlardagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi boʻlimlari bazasida oʻquvchi-talabalar uchun mustaqillik va adolat tantanasi yoʻlida kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning jasorati va ibratli faoliyatlari haqida targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim |
| IV. Xorijiy davlatlardagi vakolatli muassasalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar | |||||
| 24. | Xorijiy davlatlardagi turli arxiv, muzey, kutubxona va boshqa ilmiy-maʼrifiy muassasalar hamda tegishli mutaxassislar bilan aloqalar oʻrnatish | Tashkiliy | 2020-yil oktyabr oyidan boshlab reja asosida | — | Tashqi ishlar vazirligi |
| 25. | Qatagʻon qurboni boʻlgan vatandoshlarimiz hayoti va faoliyatiga oid chet ellardagi mavjud manbalarni izlab topish va oʻrganish maqsadida ilmiy �kspeditsiyalarni tashkil etish | Tashkiliy | Doimiy | Davlat budjeti mablagʻlari | Respublika ishchi guruhi, |
| 26. | Qatagʻon qurboni boʻlgan vatandoshlarimizning nomlarini tiklash maqsadida xorijiy davlatlardagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, arxivlar va turdosh muzeylar bilan hamkorlikda xalqaro grantlarni jalb etgan holda ilmiy loyihalarni amalga oshirish | Oʻzaro hamkorlik kelishuvlari | Doimiy | Xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grant mablagʻlari | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim Investitsiyalar va savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev), mutasaddi vazirlik va idoralar |
| 27. | Qatagʻon qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish boʻyicha xalqaro konferensiyalar va davra suhbatlarini oʻtkazish | Tashkiliy | Alohida reja asosida | Ijrochilarning mablagʻlari | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi |
| V. Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmalaridagi | |||||
| 28. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish: Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmalaridagi muzeylarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi xodimlari uchun alohida xizmat binosini qurish; Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmalaridagi muzeylarda qoʻshimcha ilmiy va mutaxassis xodimlar shtat birliklari joriy etilishini belgilagan holda namunaviy tuzilmalarni tasdiqlash; Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmalaridagi muzeylar rahbarlari va ilmiy xodimlarining oylik ish haqlarini oshirish; “Shahidlar xotirasi” jamoat fondining homiylar guruhi tarkibini yangilash va ular tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlarning grantlarini jalb etish. | Hukumat qarori loyihasi | 2020-yil noyabr | davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grant mablagʻlari, homiylar mablagʻlari | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi mutasaddi vazirlik va idoralar |
| 29. | Qatagʻon qurbonlari, shu jumladan, mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning jasoratlari va ibratli faoliyati bilan tanishtirish maqsadida mahallalardagi oʻquvchi yoshlar uchun “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmalaridagi muzeylarga sayohatlar uyushtirish. Bunda kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi boʻlgan oila farzandlari uchun sayohatlar davomida imtiyozlar belgilash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | — | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Xalq taʼlimi vazirligi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) |
| 30. | Mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimiz, qatagʻon qurbonlarining koʻrsatgan jasoratlarini va ibratli faoliyatlarini keng targʻib etish maqsadida Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda uning hududlardagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi boʻlimlariga turistlarning tashriflarini tashkil etish va ularni sayyohlik yoʻnalishlariga kiritish | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | — | Turizmni rivojlantirish Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Yoshlar ishlari agentligi |
| 31. | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda uning hududlardagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi boʻlimlarining fondlari va ekspozitsiyalarini yangi topilgan maʼlumotlar, hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish | Tashkiliy | Doimiy | Ijrochilarning mablagʻlari | Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, |
| 32. | Qatagʻon qurbonlari, shu jumladan, mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning jasoratlari va ibratli faoliyatlari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi alohida rasmiy internet saytini yaratish | Tashkiliy | 2021-yil yanvar | Davlat budjeti mablagʻlari | Axborot texnologiyalari Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim “Oʻzarxiv” agentligi mutasaddi vazirlik va idoralar |