Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH VA BAʼZILARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tugatish toʻgʻrisida” 2005-yil 11-yanvardagi 13-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2003-yil 14-yanvardagi 17-son qaroriga 1-ilovaning 30-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarorining 6-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 3-ilovaning 42-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-mart,
79-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarori 4-bandining beshinchi xatboshi va 6-bandining birinchi—toʻrtinchi xatboshlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda) chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qaroriga 1-ilova 4-bandining toʻrtinchi xatboshi va 7-bandining “b” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda) chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 30-martdagi 153-son qaroriga 4-ilova 4-bandining uchinchi xatboshi, 5-bandining beshinchi xatboshi va 8-bandining birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda):
“Oʻzauksionsavdo” shuʼba korxonasi” bloki chiqarib tashlansin;
“127” raqami “117” raqami bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 69-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)