06.10.2020 yildagi 599-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyatida joylashgan davlat mulki obyektlaridan samarali va oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati Pop tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini yaxshilash, sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish hamda hududdagi mavjud tabiiy va mehnat resurslaridan toʻliq va samarali foydalanish, tabiiy dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash, davolash va sogʻlomlashtirish kompleksini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Namangan viloyati hokimligining Namangan viloyati, Pop tumani, “Chodak” qishloq fuqarolar yigʻini hududida joylashgan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining A. Nabiyev nomidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda — obyekt) Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligiga operativ boshqarish huquqi asosida tekin berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga obyektni bir oy muddatda belgilangan tartibda topshirish va qabul qilish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi qabul qilib olingan obyektdan, hududdagi mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida tabiiy dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash, davolash va sogʻlomlashtirish kompleksini tashkil etish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 9-oktabrdagi 289-son qarori 1-ilovasining 134-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 6-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
599-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 09/20/599/1353-son)