Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzavtotexxizmat” ishlab chiqarish birlashmasini “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasiga aylantirish toʻgʻrisida
Avtoservis korhonalari va tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish uchun zarur tashkiliy-iqtisodiy sharoitlar yaratish, tarmoqda bozor munosabatlarini keng joriy qilish hamda mulkchilikning turli shakllarini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzavtotexxizmat” ishlab chiqarish birlashmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning avtotransportga texnika xizmati koʻrsatish boʻyicha hududiy uyushmalar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsii.
2. Belgilab koʻyilsinki, hududiy uyushmalar;
mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarni iqtisodiy manfaatlarning umumiyligi priksiplari asosida ixtiyeriy ravishda birlashtiradilar, oʻzlariga berilgan funksiyalarning bajarilishi boʻyicha oʻz muassislari oldida javob beradilar;
yuridik shaxs hisoblanadilar, oʻz faoliyatini uyushma ustaviga muvofiq amalga oshiradilar.
3. Belgilab koʻyilsinki, texnika xizmati koʻrsatish bosh stansiyalari boshqaruv apparati Koraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joylardagi hududiy uyushmalarning ijro etuvchi apparati funksiyasini amalga oshiradi.
Hududiy uyushmalarning namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiklansin.
4. Hududiy uyushmalar tashkil etilishi munosabati bilan Korakalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Avtotexxizmat” ixtisoslashtirilgan korxomalari belgilangan tartibda tugatilsin.
5. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki koʻmitasining “Oʻzavtotexxizmat” ishlab chiqarish birlashmasini “Oʻzavtotexxizmat” ochiq turdagi aksionerlik birlashmasiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
“Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
6. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi:
yuridik shaxs hisoblanadi va hududiy uyushmalar tomonidan tuziladi. Aksionerlik birlashmasi tarkibiga shuningdek boshqa korxonalar va tashkilotlar ham iqtisodiy manfaatlarning umumiyligi asosida idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar kirishlari mumkin;
oʻz faoliyatini muassislarning badallari va ular tomonidan berilgan vakolatlar va funksiyalar asosida tashkil etadi;
ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati masalalarini mustaqil hal etadi, markazlashtirilgan sugʻurta, zaxira va boshqa jamgʻarmalar tashkil etadi;
“Oʻzavtotexxizmat” ishlab chiqarish birlashmasining hukuqiy vorisi hisoblanadi, “Oʻzavtosanoat” uyushmasi muassisining hukuq va majburiyatlari ham shu jumlaga kiradi.
7. “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasi 3 va Za-ilovalarga muvofiq hamda ular xodimlarining cheklangan soni 23 nafardan iborat boʻlishi (hizmat koʻrsatuvchi xodimlarsiz) maʼqullansin.
“Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasiga raisning ikki oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosar boʻlishi tavsiya qilinsin.
“Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi boshqaruvi raisi “Oʻzavtosanoat” uyushmasi bilan kelishgan holda aksionerlik birlashmasi Kengashi tomonidan saylanadi.
Hududiy uyushmalarning raislari muassislar yigʻilishi tomonidan saylanadilar va “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi tomonidan tasdiqlanadilar.
8. “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi ikki hafta muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda hududiy uyushmalarning namunaviy ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
oʻz faoliyati ustavini ishlab chiqsin va “Oʻzavtosanoat” uyushmasi bilan kelishgan holda uni qabul qilsin.
9. “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda 1995-yilning I yarim yilligida davlat korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni 4-ilovaga muvofiq amalga oshirsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
“Oʻzavtotexxizmat” birlashmasining aksiyalarini taqsimlashda jamoaning ulushi 25 foizgacha, davlat ulushi 26 foizgacha boʻlishini, qolgan qismi Respublika fond birjasi orqali yuridik va jismoniy shahslarga ochiq sotish uchun moʻljallanishini nazarda tutsin;
“Uzavtotexxizmat” birlashmasiga shartnoma asosida aksiyalarning davlatga tegishli qismini boshqarish huquqini bersin;
davlatga tegishli aksiyalar ulushi boʻyicha olinadigan dividendlarni tashkil etilayetgan aksionerlik birlashmasini rivojlantirishga va texnika bilan qayta jihozlashga belgilangan tartibda yoʻnaltirsin.
11. Mazkur qarorniig bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Yu.F. Paygin zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 27-fevral,
71-son