Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
«URUGʻChILIK TOʻGʻRISIDA»GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. «Urugʻchilik toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning qarorlarini «Urugʻchilik toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar oʻzlarining ushbu Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qarab chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 29-avgust,
268-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 9-son, 131-modda)