29.09.2020 yildagi O‘RQ-639-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 11-sentabrda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quyidagi mazmundagi 2611-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2611-modda. Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi organlariga ushbu Kodeks 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 78-moddasida, 79-moddasida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida), 80, 83-moddalarida, 84-moddasida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida), 90-moddasining birinchi qismida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining bosh davlat inspektorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalarining davlat inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining davlat inspektorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalarining, davlat o‘rmon xo‘jaliklarining, davlat o‘rmon-ov xo‘jaliklarining, ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklarining, davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonalarining davlat inspektorlari va milliy tabiat bog‘larining xodimlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 287-modda quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51) ushbu Kodeksning 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 79-moddasida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida), 83, 84-moddalarida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida), 90-moddasining birinchi qismida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida) nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 289-moddaning uchinchi qismi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi organlarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 291-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi v1-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v1) ushbu Kodeksning 78-moddasida, 79-moddasida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida), 84-moddasida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida), 90-moddasining birinchi qismida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 24-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijaraga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 241, 242 va 243-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“241-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni va o‘rmon fondi yerlarini investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar va lalmi yerlar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga hamda qishloq xo‘jaligi korxonalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari — jismoniy va yuridik shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaylovlar, bo‘z yerlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan investorlarga uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollarda, taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va u qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi hamda shartnoma bilan mustahkamlanadi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq ikkilamchi ijara shartnomasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga ko‘ra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243-modda. Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini saqlab qolgan holda yer uchastkasini vaqtincha foydalanishga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari egalari o‘ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalarini yoki ushbu yer uchastkalarining bir qismini qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtincha foydalanishga berishi mumkin. Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Bunda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari egalarining ushbu yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi saqlanib qoladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 39-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-kichik band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga berish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 44-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq yerlarni ajratish hollari mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 45-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi uchun alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yerlari alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 76-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berishi, shu jumladan kimoshdi savdolari o‘tkazish orqali ijaraga berishi mumkin. O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 4, 199-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “va ikkilamchi ijaraga berilishi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalari ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda yuridik va jismoniy shaxslarga bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — o‘ninchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — o‘n birinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yer uchastkasini yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jalik ekinlarini oraliq ekish uchun ikkilamchi ijaraga berish (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — o‘n yettinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan – Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “O‘rmon to‘g‘risida”gi 770-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-aprelda qabul qilingan O‘RQ-475-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 423-modda; 2019-yil, № 8, 470-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 13-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisidagi “shuningdek asalari uyalari va qutilarini joylashtirish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 31-modda quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 33-modda ikkinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 40-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat o‘rmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga asalari uyalari va qutilarini joylashtirish uchun davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan shartnoma asosida beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi 710-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 14-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1,1-modda) 38-moddasiga quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qism “Rekreatsiya zonalari” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridagi rekreatsiya zonalari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-mayda qabul qilingan “Yaylovlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-538-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 263-modda) 13-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “ijaraga” degan so‘z “ijaraga, shu jumladan ikkilamchi ijaraga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Foydalanishdan chiqib ketgan yaylovlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan investorlarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi maqsadida uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishga kiritilgan yaylovlarni ikkilamchi ijaraga berishi (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-639-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)