Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-sentabr,
588-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qarorida:
a) 1-ilovada:
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari;
Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi;
qurilish sohasida nazorat hududiy inspeksiyalari;
“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi;
Qurilishda standartlashtirish respublika markazi;
Qurilishda texnik meʼyorlash markazi;
Qurilish sohasida axborot-komunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
Toshkent arxitektura-qurilish instituti;
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti;
arxitektura-qurilish ixtisosligi boʻyicha texnikumlar;
arxitektura-qurilish ixtisosligidagi kollejlar;
tanlov savdolarini tashkil etish boʻyicha konsalting markazlari;
“Oʻzbekiston bunyodkori” nashriyot uyi;
“Oʻzbekiston arxitekturasi va qurilishi” jurnali.”
“a” kichik band quyidagi tahrirda beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish haqidagi maʼlumotlarni yuritish, shu jumladan ulush kiritish asosida qurish uchun mablagʻlarni jalb etuvchi quruvchilarni elektron roʻyxatga kiritish va shartnomalarni hisobga qoʻyish;”
beshinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“g” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qiladi”;
“d” kichik bandida: quyidagi mazmundagi uchinchi — yettinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“qurilishda meʼyorlash tizimidagi va innovatsion texnologiyalarni joriy qilishdagi muammolarni oʻrganib boradi;
qurilish sohasidagi xalqaro normalar, qoidalar va standartlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida milliy normativ hujjatlarni ular bilan uygʻunlashtirib boradi;
binolar, inshootlar va ularning alohida elementlariga boʻlgan xavfsizlik talablarini, shuningdek, bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
normativ, shu jumladan xorijiy hujjatlarlarning ilmiy-texnik kutubxonasi va elektron bazasini tashkil qiladi va yuritadi;
xorijiy va xalqaro tashkilotlar, konsultantlar va mutaxassislar bilan hamkorlik qilish hamda ularni milliy normativ hujjatlar bazasini takomillashtirishga jalb qiladi;”
uchinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari” soʻzlari “muassasalari, texnikumlar va kollejlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlariga” soʻzlari “oliy taʼlim muassasalari, texnikumlar va kollejlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari va kasb-hunar kollejlari” soʻzlari “oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari, texnikumlar va kollejlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “kasb-hunar kollejlari” soʻzlari “texnikumlar va kollejlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari” soʻzlari “oliy taʼlim muassasalari, texnikumlar va kollejlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida” soʻzlari “oliy taʼlim muassasalari, texnikumlar va kollejlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
qirq oltinchi xatboshidagi “oliy taʼlim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlariga” soʻzlari “oliy taʼlim muassasalari, texnikumlar hamda kollejlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
qirq sakkizinchi xatboshidagi “oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari” soʻzlari “oliy taʼlim muassasalari, texnikumlar va kollejlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
43-banddagi “Kasb-hunar kollejlarining” soʻzlari “Texnikumlar hamda kollejlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2a-ilovada:
ikkinchi-uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“B.I. Zakirov |
— |
Qurilish vaziri, Kengash raisining oʻrinbosari |
|
Sh.R. Xashimov |
— |
Qurilish vazirining oʻrinbosari”; |
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“Lavozimi boʻyicha |
— |
Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari”; |
oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“Sh.H. Xodjayev |
— |
Energetika vazirining oʻrinbosari” |
oʻn yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“Lavozimi boʻyicha |
— |
Madaniyat vaziri oʻrinbosari — Madaniy meros departamenti boshligʻi”; |
d) 5-ilovada:
3-bandi quyidagi mazmunda oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“koʻp kvartirali uylarni qurishga moʻljallangan yer uchastkasiga va qurilish ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlgan yuridik shaxslarni elektron roʻyxatga kiritish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari hamda shartnomani hisobga qoʻyish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻimlar”;
oltinchi-yettinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4-bandi quyidagi mazmundagi oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Inspeksiya va ularning hududiy boʻlinmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning joriy va boshqa xarajatlarini moliyalashtirish;
Qurilish vazirligi, Inspeksiya va ularning hududiy boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Inspeksiya va ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish”;
oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi 381-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovadagi Arxitektura-shaharsozlik hujjatlari klassifikatori “B” guruhining 10-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Kapital qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash, tashkil etish va oʻtkazish.”
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 31-maydagi 451-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “kasb-hunar kollejlari” soʻzlari “kollejlar” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)