Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1993 23.09.1992 yildagi 444-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1993
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAZIRLAR MAHKAMASINING TOVARLARNI KUPONLAR BOʻYIChA SOTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI QARORLARINING AMAL QILIShINI UZAYTIRISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 22-dekabrdagi 584-sonli “1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasida isteʼmol bozorini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qarori bilan 1993-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki isteʼmol bozorini himoya qilishni yanada kuchaytirish va aholini tovarlar bilan barqaror taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, tovarlarni kuponlar boʻyicha sotish yuzasidan belgilangan tartibning buzilishiga yoʻl qoʻyganligi uchun savdo, bank tizimlarida 250 kishi jazolandi, shu jumladan, 30 kishi egallagan lavozimidan ozod etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol tovarlarini kuponlar boʻyicha sotish tartibini takomillashtirish haqida” 1992-yil 30-martdagi 153-son qarori 2, 5, 6, 7, 8, 9, 11-bandlarining, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-iyundagi 312-son qarori 2 va 6-bandlarining amal qilishi 1992-yilning oktyabr—dekabr oylarigacha uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kornsernlar, korxonalar, tashkilotlar va mulkchilikning barcha shaklaridagi xoʻjaliklar xodimlarga, pensionerlarga, talabalarga va fuqarolarning boshqa toifalariga oktyabr oyi uchun kuponlarni 1992-yilning 10-oktabriga qadar berishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kolxozchilarga va boshqa mavsumiy xodimlarga kuponlar yil choragi yakunlariga va mavsumiy ishlarning tugashiga qarab haq toʻlanishini kutmasdan, har oyda oʻrtacha oylik ish haqi hisobidan berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-martdagi 153-son qarorida tasdiqlangan tovarlarni kuponli kartochkalar boʻyicha sotish, ularni berish, saqlash, hisobga olish, inkassatsiyalash va muomalaga chiqarish tartibi haqidagi Vaqtinchalik nizomga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Isteʼmol bozorini yanada himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston hududida kuponli kartochkalarning amal qilishi 1992-yilning oktyabr—dekabr oylarigacha saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“aholiga yilning I, II, III choraklari uchun berilgan kuponlar 1993-yilning 1-yanvariga qadar haqiqiydir”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining birinchi mansabdor shaxslari zimmasiga oʻz hududlarida istemol bozorini himoya qilish yuzasidan, shuningdek, tovarlarni kupon boʻyicha sotishning tasdiqlangan tartibiga soʻzsiz amal qilinishini taʼminlash uchun shaxsan masʼuliyat yuklatilsin. Hukumatning mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorlari qanday bajarilayotganini har oyda koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasini xabardor qilib turish joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining isteʼmol bozorini himoya qilish yuzasidan qabul qilgan qarorlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha Respublika komissiyasi (oʻrtoq Hamidov) oʻz majlislarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari komissiyalarining ishini muntazam ravishda koʻrib borsinlar va tegishli chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, keyinchalik Oliy Kengashning koʻrib chiqishiga taqdim etish uchun, tovarlarni kuponlar boʻyicha sotishning belgilangan tartibini buzgan shaxslarning yuridik javobgarligini belgilash toʻgʻrisida taklif tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-iyuldagi 312-son qarori 4-bandining ikkinchi-beshinchi xatboshilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 23-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
444-son