Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.11.2021 08.11.1996 yildagi 394-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.11.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI DEMOKRATIYALAShTIRISh VA QOʻLLAB-QUVVATLASh IJTIMOIY SIYOSIY JAMGʻARMASI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 698-sonli “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy siyosiy jamgʻarmasi toʻgʻrisida” 1996-yil 8-noyabrdagi 394-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari faoliyatida demokratiyani rivojlantirishga, axborot makonini kengaytirishga, jurnalistlarning ijodiy faolligini oshirishga koʻmaklashish ularning huquqini va ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash, shuningdek davriy bosma nashrlarning tele, radio, kino, videodasturlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamoat tashkilotlari muassasalar, gazetalar, jurnallar, televideniye va radio tahririyatlari tomonidan Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratiyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy siyosiy jamgʻarmasi tashkil etilishi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Ustavining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganligi hamda keng jamoatchilik ushbu Jamgʻarmaning tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarmaning saʼy-harakatlari quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga qaratilganligi hisobga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarining faolligini oshirish ularning demokratiya va soʻz erkinligining haqiqiy muassasalari sifatidagi oʻrni va ahamiyatini kuchaytirish davriy matbuot tele, radio, video, hujjatli kino va boshqa axborot materiallari islohotlar yoʻlini faol oʻtkazuvchilariga yangi tafakkurni shakllantirishning taʼsirchan vositasiga odamlarning fikr va irodasining xolis ifodalovchisiga aylanishi uchun ularning erkin tayyorlanishini va tarqalishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy negizini mustahkamlash jurnalistlarning yuridik ijtimoiy-iqtisodiy va ijodiy huquqlarini, shaʼni va qadr-qimmatini, ularning manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnalistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning mahorati va fuqarolik faolligini oshirish, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan kasb tajribasi ayirboshlashni yoʻlga qoʻyish uchun shart-sharoitlar yaratish, matbuot klublari, boshqa ijodiy birlashmalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari faoliyatini moliyaviy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratiyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasi ilgari qabul qilingan majburiyatlar, tuzilgan shartnomalar, kontraktlar va ularga tegishli mol-mulk boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi matbuotini koʻllab-quvvatlovchi jamgʻarma va Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir qator vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik organlari va jamoat tashkilotlari Jamgʻarmaning muassislari boʻlganligi hamda unga moliyaviy va moddiy-texnikaviy yordam koʻrsatayotganligi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasiga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 25 mln. soʻm ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilarga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oʻz Ustavida nazarda tutilgan ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga egadir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 30-uyga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma, uning boʻlimlari, filiallari va uning tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, boʻsh qolgan mablagʻlarni oʻz moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga va jurnalistlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirish sharti bilan, soliqlarning barcha turlaridan 3 yilga ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Jamgʻarmani tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazsinlar hamda milliy va xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun Jamgʻarmaning tegishli schyotlarini ochsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratiyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasi tomonidan Matbuot klubi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sharq” nashriyot-matbaa konserni Matbuot klubini Toshkent shahar, Matbuotchilar koʻchasi, 32-uyga ijara haqisiz joylashtirsin va uning ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Jamgʻarmaga uning joylarda boʻlimlari va filiallarini tashkil etishga hamda ularning ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratishga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzavtosanoat” uyushmasining Jamgʻarmaga va unga qarashli tashkilotlarga 2 ta “Neksiya”, 3 ta “Damas”, 1 ta “Damas” (yuk avtomashinasi), 10 ta “Tiko” avtomashinasini budjet tashkilotlari uchun nazarda tutilgan narxlarda sotishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Jamgʻarma boshqaruvini va Matbuot klubini shahar hamda qoʻshimcha Hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi matbuotini qoʻllab-quvvatlovchi jamgʻarma faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 11-sentabrdagi 451-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 8-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
394-son