Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilishini hamda ularni dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-sentabr,
582-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 582-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
birinchi xatboshidagi “2020-yil 1-oktabrga qadar” soʻzlari “2021-yil 1-martga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “dori vositalari” soʻzlaridan keyin “hamda ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan dori moddalari (substansiyalar)” soʻzlari qoʻshilsin.
2. 2-bandda:
quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq roʻyxatdagi dori vositalarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan dori moddalari (substansiyalar)ni import qilganda 2021-yil 1-martga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etiladi;”;
ikkinchi-uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. 1-ilovada:
a) ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar roʻyxati*”;
b) quyidagi mazmundagi 90-band qoʻshilsin:
|
“ |
90. |
COVID-19 ga antitana va antigenga ekspress testlar |
dona |
”. |
4. 2-ilovada:
a) ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan import qilinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar roʻyxati”;
b) quyidagi mazmundagi 74 — 80-bandlar qoʻshilsin:
|
“ |
74. |
Gripp vaksinasi (OʻRVI) |
Eritma saqlagan bir martalik shprits, flakon |
|
|
75. |
Koronavirus vaksinasi (COVID-19) |
Eritma saqlagan bir martalik shprits, flakon |
||
|
76. |
Pnevmokokk vaksinasi |
Eritma saqlagan bir martalik shprits, flakon |
||
|
77. |
Bariya sulfat (Barii sulfas) |
Suspenziya tayyorlash uchun kukun |
||
|
78. |
Pankuroniya bromid / Pipekuroniya bromid / Atrakuriya besilat |
Kukun, eritma |
||
|
79. |
Sefepim + tazobaktam |
Kukun |
||
|
80. |
Nitroglitserin |
Eritma |
”. |
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/582/1319-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)