06.11.2018 yildagi 0362-18-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANITARIYA QOIDALARI, MEʼYORLARI VA GIGIYENA NORMATIVLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gen injineriya usuli bilan olingan oziq-ovqat mahsulotlarining inson hayoti va salomatligi uchun xavfsizligini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(0362-18 SanQMvaM)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Ushbu sanitariya qoidalari respublikada ishlab chiqariladigan va olib kiriladigan, isteʼmol bozoriga yetib keladigan gen injeneriya usuli bilan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosi xavfsizligini nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy etilishini taʼminlaydi va isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligʻi uchun ularning xavfsizligini baholash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Sanitariya qoidalarida qayd etilgan talablar respublika hududiga olib kirishni muvofiqlashtirish bosqichida yoki geninjeneriya usuli bilan olingan oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun meʼyoriy hujjatlar (standartlar) loyihalarini muvofiqlashtirish bosqichlarida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ATAMA VA TAʼRIFLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tegishli laboratoriya amaliyoti prinsiplari (Good Laboratory Practice GLP)” Xalqaro tizimida qoʻllaniladigan inson salomatligi va atrof-muhit xavfsizligi sohasida tashkil etish, rejalashtirish, sinov oʻtkazish va nazorat qilish, shuningdek, ushbu sinovlar natijalarini rasmiylashtirish, arxivlashtirish va taqdim etish tartib-qoidalari jarayonlariga tegishli sifatni taʼminlash tizimiga koʻra, mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi atamalar va taʼriflar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov markazi (testing center): Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan noklinik sinovlar oʻtkazish joyi, sinovlar oʻtkazilishi uchun u yerda tegishli jamoaviy mutaxassislar, bino va uskunalar joylashtirilishi kerak. Agar sinov bir nechta sinov maydonchalarida amalga oshirilsa va bir joyda boʻlmasa, “test markazi” atamasi sinovlar rahbari va bajaruvchilari joylashtiriladigan markazni anglatadi, barcha test maydonchalari alohida va birgalikda sinov markazi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiy (sponsor): tadqiqotning tashabbuskori, buyurtmani rasmiylashtiruvchi, noklinik tadqiqotlar oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlovchi va/yoki tasdiqlovchi hamda tadqiqotning tashkillashtirilishi va moliyalashtirilishi uchun masʼul boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot rahbari (study chair): tibbiy yoki ekologik xavfsizlikning boshidan oxirigacha noklinik tadqiqotlarni oʻtkazishga masʼul shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul tadqiqotchi (principal investigator): bir nechta maydonchalarda tadqiqotlar olib borilganda, tadqiqot rahbari nomidan ish olib boruvchi va rahbarga uzatiladigan tadqiqot bosqichlari uchun masʼul shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma. Tadqiqot rahbarining masʼuliyati toʻlaligicha masʼul tadqiqotchiga topshirilishi mumkin emas, chunki ushbu masʼuliyat tadqiqot rejasini va ushbu reja boʻyicha tuzatishlar tasdiqlanishini, yakuniy hisobot va barcha tadqiqotlar tegishli laboratoriya amaliyoti prinsiplariga muvofiq boʻlgan kafolatning tasdiqlanishini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat taʼminoti dasturi (quality assurance program): xodimlarning tadqiqotdan mustaqil ravishda bajariluvchi va sinov markazining maʼmuriyati tegishli laboratoriya amaliyoti prinsiplariga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan ishlar dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standart operatsion protseduralari: SOP (standard operating procedures SOPs): tadqiqot rejalarida batafsil koʻrsatilmagan va muayyan faoliyatni bajarishda bir xillikka erishishga moʻljallangan, sinov yoki boshqa faoliyat jarayonlarini tavsiflovchi batafsil yozma yoʻriqnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy reja jadvali (master time schedule): yirik bosqichlar va muhim hodisalarni, yaʼni sinov markazida tadqiqot oʻtkazishni kuzatish uchun qoʻllaniladigan ish yuklamasini baholash imkonini beradigan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan umumlashma bosqich ishlarining jadvali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xavfsizlik boʻyicha noklinik toksikologik tadqiqot (nonclinical toxicological studies of the health safety): eksperiment yoki bir qator eksperimentlar, unga koʻra, obyektning xususiyatlariga va / yoki uning xavfsizligiga oid maʼlumotlarni olish uchun sinov obyekti laboratoriya, issiqxonada yoki dala sharoitida tadqiqotlar oʻtkaziladi va ularni nazorat qiluvchi organlarga topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot rejasi (study design): tadqiqot oʻtkazish uchun eksperimentning maqsadlari va metodologiyasini bayon etgan va unga kiritilgan barcha oʻzgartishlarni oʻz ichiga olgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot rejasiga tuzatish kiritish (amendment to study design): tadqiqot amalga oshirish boshlanganidan keyin tadqiqot rejasidagi aniq maqsadga yoʻnaltirilgan oʻzgartish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test-sistema (test system): tadqiqotlarda alohida yoki kombinatsiya bilan qoʻllaniladigan biologik, kimyoviy yoki jismoniy tizimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotning birlamchi maʼlumotlari (raw data): kuzatish yozuvlarining asl nusxalari yoki tadqiqot davomida kuzatishlarning natijalarini aks ettiruvchi organlarning preparatlangan gistomorfologik namunalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma. Tadqiqotning birlamchi maʼlumotlari quyidagilar boʻlishi mumkin: fotosuratlar, mikrofilmlar, mikrotasmalar, ularning nusxalari, disketa va kompakt-disklar, ishchi qaydlar, shuningdek, avtomatlashtirilgan uskunalar koʻrsatkichi yozuvlari va tegishli hujjat amal qilish muddati davomida axbortlarni xavfsiz saqlab berishni taʼminlaydigan boshqa axborot tashuvchi vositalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namuna (sample): oʻrganish, tahlil qilish yoki saqlash uchun test-sistemadan olingan har qanday maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksperimentning boshlanish sanasi (experimental starting date): birinchi eksperimental maʼlumotlar olingan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksperiment tugallangan sana (experimental completion date): oxirgi eksperimental maʼlumotlar olingan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot boshlangan sana (study starting date): tadqiqot rejasining tadqiqot rahbari tomonidan imzolangan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot tugagan sana (study completion date): yakuniy hisobot tadqiqot rahbari tomonidan imzolangan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov obyekti, sinov yoki test oʻtkazilayotgan obyekt (test item): tadqiqot predmetini ifodalovchi obyekt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standart obyekt (namuna), nazorat obyekti (namuna) (reference sample, control sample): rasmiy (yuridik) ishonchli tarkibga ega sinov oʻtkazilayotgan obyekt (namuna) bilan solishtirish uchun qoʻllaniladigan obyekt (namuna);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya, seriya (batch, lot): muayyan ishlab chiqarish siklida ushbu obyektning bir xil boʻlganligi natijasida olingan sinov yoki standart obyektning maʼlum miqdorini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi vosita (vehicle): sinov yoki standart obyektni aralashtirish, parchalash yoki bugʻlash hamda test-sistemaga kiritishni osonlashtirish uchun foydalaniladigan modda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genetik modifitsiyalashtirilgan (gen injenerli, transgenli) organizm (keyingi oʻrinlarda GMO) — gen injeneriya usuli bilan olingan va (yoki) gen injeneriya materialiga ega, shuningdek, genlar, ularning fragmentlari yoki genlar kombinatsiyalariga ega, tabiiy organizmlardan farqlanuvchi, nasliy genetik materialni uzatishga layoqatli har qanday nohujayraviy, bir hujarali yoki koʻp hujayrali hosila, organizm yoki bir necha organizmlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gen injeneriya — organizmdan genlarini ajratish uchun rekombinat ribonuklein (RNK) va dezoksiribonuklein (DNK) kislotalarni ishlab chiqarish texnologiyalari, usullar va metodlar jamlanmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gen injeneriya faoliyati — gen-injeneriya va gen-injeneriyaviy-modifitsiyalashtirilgan organizmlar usullarini qoʻllash orqali amalga oshiriladigan faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. UMUMIY QOIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Mazkur sanitariya qoidalari ishlab chiqarish, ekspertiza, roʻyxatdan oʻtkazish va murojaat bosqichlarida gen-injeneriya metodi bilan olingan inson hayoti va sogʻligʻi uchun oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini baholashda yagona ilmiy yondoshuvni taʼminlash uchun ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. SARALASH QOIDASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Gen injeneriya usuli bilan olingan mahsulotlarning xavfsizligini baholash uchun ulardan namunalar olish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. XAVFSIZLIKNI BAHOLASH JARAYONINI OʻTKAZISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. DSENM akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarida yoki Sogʻliqni saqlash vazirligining boshqa muassasalarida olib borilgan tadqiqotlarning birinchi bosqichida mahsulotlarda GMO tarkibini baholash Oʻzbekistonda qabul qilingan ISO 21569: 2009, ISO 21570: 2009, ISO 21571: 2009 matodlari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Mahsulotlarda GMO mavjudligi tasdiqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi yshllanmasiga asosan toksikologik tadqiqotlar Sogʻliqni saqlash vazirligining akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarida amalga oshiriladi va ular ushbu sanitariya qoidalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish uchun zarur sharoitlarga ega va belgilangan tartibda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Gen injeneriya usuli bilan olingan mahsulotlarda zaharli moddalar, pestitsidlar, mikotoksinlar, antibiotiklar, allergenlar va boshqa kontaminat moddalar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya qoidalari va meʼyorlarida belgilangan eng yuqori darajadan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. HAYVONLARDA OʻTKAZILGAN EKSPERIMENTDA INSON ORGANIZMIGA EHTIMOLIY ZARARLI TAʼSIRNI BAHOLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Toksikologik tadqiqotlar F0 avlodidagi kalamushlarning fiziologik va biokimyoviy koʻrsatkichlarini (tana vazni dinamikasi, ichki organlarlarning mutlaq va nisbiy vazni haqidagi maʼlumotlar asosida; gematologik, morfologik va biokimyoviy tadqiqotlar maʼlumotlarini, organizmni ekzo va endogen hosilalarining zaharli aralashmalari taʼsiridan himoyalashni amalga oshiruvchi aksiloksidant holat va tizimning funksional sharoitini), baholashni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperiment oʻtkazish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hayvon turi

Zotsiz kalamush (yoki Vistar nasli)

Jinsi

Urgʻochi, erkak

Yoshi

40 50 kun

Jismning dastlabki vazni

70-80 g

Eksperiment avvalida guruhdagi hayvonlar soni

 

Har bir guruhda 80 tadan kam boʻlmasligi lozim: 55 ta urgʻochi, 25 ta erkak hayvon.

Barcha hayvonlar bir xil miqdorda va naslning yashovchanligi bilan tanlanishi kerak.

Agar bunday standartlashtirish imkoni boʻlmasa, guruhdagi hayvonlarning soni kamida 2 marta oshirilishi kerak: 110 ta urgʻochi, 50 ta erkak

Barcha hayvonlar bir xil miqdorda va naslning yashovchanligi bilan tanlanishi kerak.

Guruhlar boʻyicha taqsimlash

Hayvonlar 2 guruhga ajratiladi:

“nazorat” guruhi oʻrganilayotgan GMOning anʼanaviy analogini kiritilishi bilan ratsionga ega boʻladi;

“tajriba” guruhi oʻrganilayotgan mahsulotning GMO bilan birgalikda ratsionga ega boʻladi (yakuniy ratsiondagi GMOlarning umumiy miqdori 10% dan oshmasligi kerak)

Eksperiment davomiyligi

6 oydan kam boʻlmasligi kerak

Ratsion

Ratsionning oziqaviy va biologik qiymati hayvonlarning fiziologik ehtiyojlarini toʻliq qondiradi

Karantin

7 kunda kam boʻlmasligi kerak

Parvarishlash sharoiti

Hayvonlar erkin ravishda oziqlanib, suv ichadi; issiq va ventilyatsiyalangan xonada saqlanadi

Gemotologik, biokimyoviy, morfologik tadqiqotlar uchun material saralash

F0 avlodining erkaklarida eksperimentning 100-kunidan oldin emas. Tadqiqot uchun olingan hayvonlarning soni guruhda kamida 20 tadan boʻlishi kerak

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperiment davomida hayvonlar yarim sintetik bazaviy ratsionga ega boʻladi. Tadqiq qilinayotgan GMO va uning anʼanaviy analogi asosiy oziqa moddalarini balansini buzmaydigan va maksimal jahon standarti darajasidan (10%) oshmaydigan oziq tarkibini oʻz ichiga oladi. Ratsion tarkibidagi ingrediyentlarni almashtirish kiritilayotgan mahsulotdagi oqsillar, yogʻlar
va uglevodlarning tarkibini hisobga olib, izokaloriya prinsipiga rioya qilish bilan amalga oshirilishi kerak..
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperiment hayvonlari uchun bazaviy ratsion tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ingrediyent

Ogʻirligi, g

Oqsil, g

Yogʻ, g

Uglevod, g

Kaloriyasi, kkal

don aralashmasi (omuxta yem)

3,7

0,76

1,9

0,114

22,1

bugʻdoy noni, 2-nav

4

0,34

0,05

1,83

9,32

soʻk boʻtqasi kasha
(yoki yorma aralashmasi)

2,5

0,27

0,34

1,56

10,5

yogʻsiz tvorog

2

0,36

0,012

0,036

1,76

baliq kukuni

0,5

0,23

0,027

0

1,17

goʻsht, 2-kat

4

0,8

0,39

0

6,72

sabzi

8

0,104

0,008

0,67

2,4

koʻkat (salat)

8

0,12

0,016

0,25

1,36

baliq yogʻi

0,1

0

0,099

0

0,9

hamirturush

0,1

0,05

0,01

0,083

NaCl

0,15

Jami

43,35

4,06

3,48

9,44

82,12

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gibridizatsiya metodi bilan olingan GMO tadqiq qilinganda, laboratoriya hayvonlari ratsionida anʼanaviy analog sifatida seleksiya metodi bilan olingan mahsulotlar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Integral koʻrsatkichlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar

Maʼlumotlarni yigʻish davriyligi

Hayvonlarning umumiy holati (tashqi koʻrinishi, harakat faolligi, junli qoplama holati)

Har 2 kunda

Oziqaning isteʼmol qilinishi

Har kuni

Jism vazni

Har 7 kunda

Ichki organlar vazni (bosh miya, yurak, taloq, oʻpka, timus, gipofiz, jigar, buyrak, buyrak usti bezlari, urugʻdon)

Eksperimentning 30 va 180-kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gematologik koʻrsatkichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar

Maʼlumotlarni yigʻish davriyligi

 gemoglobin konsentratsiyasi;

 gematokrit;

 eritrotsitlarning umumiy miqdori;

 eritrofitning oʻrtacha hajmi (EOʻH);

 eritrotsitdagi gemoglobinning oʻrtacha tarkibi (EGOʻT);

 eritrotsitdagi gemoglobinning oʻrtacha konsentratsiyasi (EGOʻK);

 trombotsitlarning umumiy miqdori;

 leykotsitlarning umumiy miqdori;

 leykotsitlarning differensiyalangan hisobi (neytrofilllar, limfotsitlar, eozinofillar, monotsitlar, bazofillar)

Eksperimentning 30 va 180-kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bikimyoviy koʻrsatkichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonning umumiy biokimyoviy tahlili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar

Maʼlumotlarni yigʻish davriyligi

 alaninaminotransferaza (ALT);

 aspartataminotransferaza (ACT);

 safro kislotasi;

 ishqorli fosfataza;    

 umumiy bilirubin;

 toʻgʻri bilirubin;

 umumiy oqsil;

 albumin;

 globulin;

 kreatinin;

 glukoza;

 alfa-amilaza;

 lipaza;

 laktatdegidrogenaza;

 umumiy lipidlar;

 triglitseridlar;

 xolesterin;

 xolinesteraza;

 karbamid;

 xloridlar;

 natriy;

 fosfor;

 kaliy

Eksperimentning 30 va 180-kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siydikning umumiy tahlili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot uchun material: siydik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar

Maʼlumotlarni yigʻish davriyligi

 kunlik diurez;

 rangi va shaffofligi;

 nisbiy zichligi;

 pH;

 oqsil;

 glukoza;

 kreatinin

Eksperimentning 30 va 180-kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimli biomarkerlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiloksidant himoya tizimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar

Maʼlumotlarni yigʻish davriyligi

Aksiloksidant himoya fermentlarining faolligi.

Tadqiqot uchun material: eritrotsitlar 

 glutationreduktaza;

 glutationperoksidaza;

 superoksiddismutaza;

 katalaza

Eksperimentning 30 va 180-kuni

Lipit peroksidlanish mahsulotlarining tarkibi.

Tadqiqot uchun material: qon, buyrak 

 malonli dialdegid

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ksenobiotiklar metabolizmi fermentlari tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot uchun material: buyrak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar

Maʼlumotlarni yigʻish davriyligi

Ksenobiotiklar metabolizmi 1 va 2-fazasidagi fermentlar faolligi

 sitoxromning umumiy tarkibi R-450;

 7-etoksirezorufin-O-deetilaza;

 7-pentoksirezorufin-O-deetilaza;

 UDP-glyukuronoziltransferaza;

 glutationtransferaza

Eksperimentning 30 va 180-kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apoptozani tartibga solish tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Lizosli membranalarning barqarorligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot uchun material: buyrak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar

Maʼlumotlarni yigʻish davriyligi

Lizos fermentlarining umumiy va nosedimentlashtirilmagan faolligi 

 β-galaktozidaza;

 β-glyukuronidaza;

 arilsulfatazlar A va V

Eksperimentning 30 va 180-kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Morfologik tadqiqotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrganilayotgan organlar

Tadqiqotlar metodi

 teri;

 bosh miya;

 yurak;

 aorta;

 taloq;

 oʻpka;

 limfa tugunlari;

 timus;

 qalqonsimon bez;

 gipofiz;

 OIYI: oshqozon, ingichka va yoʻgʻon ichak;

 buyrak;

 oshqozon osti bezi;

 buyrak;

 urugʻdon

Eksperimentning 30 va 180-kuni (rejalangan devor)

1. Makroskopik tadqiqot

2. Mikroskopik tadqiqot:

a) obzorli gistologik tadqiqot

3. Morfometrik tahlil

Eksperiment davomida halok boʻlgan hayvonlarni yorib koʻrish (rejadan tashqari devor)

1. Makroskopik tadqiqot

2. Mikroskopik tadqiqot (oʻrganilayotgan organlar roʻyxati oʻlim sababini aniqlash uchun zarur boʻlgan minimal darajaga qadar kamaytirilishi mumkin):

a) obzorli gistologik tadqiqot

Qoʻshimcha tadqiqotlar

1. Mikroskopik tadqiqot:

a) gistokimyoviy tadqiqot;

b) hujayra populyatsiyalari va ularning hosilasi immunogistokimyoviy tadqiqoti.

2. Elektron-mikroskopik tadqiqot

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Immunologik tadqiqotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GMOning immunologik tadqiqotlari sichqonlar ustida olib boriladi va toʻrt test boʻyicha uning immunomodulyatsiya va sezuvchanlik xususiyatlari oʻrganishni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) immunitetning gumoral bosqichiga taʼsiri — mazkur testda kuy eritratsitiga nisbatan gemagglyutinlarni satxi aniklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) immunitetning hujayra bosqichiga taʼsiri — mazkur reaksiyada kuy ertitarsita utasezuchanlik turi (GZT) aniklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sensibilizatsiya xususiyatiga ega bulgan agentning taʼsiri mazkur testda gistaminga sezuchanlik holati aniklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) sichqonlarning Salmonella typhimurium (sichqon tifi salmonellari)ga tabiiy qarshiligiga taʼsiri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperiment oʻtkazish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hayvon turi

Sichqonlar

Jinsi

Erkak

Yoshi

Jinsiy jihatdan yetuk

Jismning dastlabki vazni

18 20 g

Guruhlarga taqsimlash

Har bir liniyadagi hayvonlar 2 guruhga boʻlinadi:

“nazorat” guruhi oʻrganilayotgan GMOning anʼanaviy analogi bilan ratsionga ega boʻladi;

“tajriba” guruhi oʻrganilayotgan GMOlar bilan ratsionga ega boʻladi

Ratsion

Ratsionning oziqaviy va biologik qiymati hayvonlarning fiziologik ehtiyojlarini toʻliq qondiradi (bazaviy yarim sintetik ratsion)

Karantin

 Kamida 7 kun

Parvarishlash sharoiti

Hayvonlar erkin ravishda oziqlanib, suv ichadi; issiq va ventilyatsiyalangan xonada saqlanadi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqotlar sichqonlarni eksperimental ratsionarga oʻtkazishganidan 21 kundan keyin boshlanadi. Eksperiment davomida oziq-ovqatning isteʼmol qilinishi va hayvonlarning umumiy holati kuzatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) GMOning immunitet gumoral bosqichiga taʼsiri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-kuni eksperimental nazorat ostidagi sichqonlarda (20 tadan kam boʻlmagan) va sinovdagi (20 tadan kam boʻlmagan) ikki guruhdagi hayvonlarga qorin boʻshligʻiga 0,5 ml. (20 mln. xujayra/ml) qoʻy eritrotsiti yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻy eritarsiti yuborilgan nazorat va sinovdagi hayvonlardan 7-chi, 14-chi, 21-chi va 36-chi kunlarda tekshirish uchun qon olinadi. Qon zardobi umum qabul qilingan metod bilan gemagglyutinatsiya reaksiyasida titrlanadi. Olingan maʼlumotlar Styudent t-kriteriyasini qoʻllagan holda variatsiya statistikasi metodlari bilan qayta ishlanadi. Olingan natijalar M ± m bilan koʻriladi, bunda M — tanlangan oʻrtacha kattalik oʻlchovi, m standart xatolik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) GMOning immunitet xujayrasidagi zanjiriga taʼsiri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36 kuni eksperimental nazorat ostidagi sichqonlarda (15 tadan kam boʻlmagan) va sinovdagi (15 tadan kam boʻlmagan) ikki guruhdagi hayvonlarning kuraklar oraligʻidagi teri ostiga 0,5 ml. (2 mln hujayra/ml) qoʻy eritrotsiti yuboriladi. Besh kundan soʻng hamma hayvonlarning bitta orqa oyoq yonboshiga ruxsat etilgan sinov qoʻy eritrotsit dozasi yuboriladi. Sinovdagi sichqonlarga 0,02 ml. ( 1 mlrd. hujayra/sichqon), nazoratdagi sichqonlarning oyogʻiga 0,02 ml. 0,95 % natriy xlorid eritmasi yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy yalligʻlanish holati 18-20 kundan soʻng nazorat va sinovdagi sichqonlarni orqa oyoq vazni orqali aniklandi. Mahalliy intensiv taʼsiri (reaksiyasi) IR –indeks taʼsiri orkali aniklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Gistaminga sensibilizatsiya xususiyatiga ega boʻlgan GMO agentning taʼsiri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21 kuni eksperimental nazorat ostidagi sichqonlarda (15 tadan kam boʻlmagan) va sinovdagi (15 tadan kam boʻlmagan) ikki guruhdagi hayvonlarning qorin boʻshligʻiga gistamin gipoxlorid (2,5 mg/ sichqon dozasida 0,5 ml fiziologik eritma) yuboriladi. Taʼsir etish holati 24 soatdan soʻng sichqonlarni oʻlim foizi boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) S. Typhimuriumni GMO taʼsirda sichqonlarning tabiiy rezistentlik holatini aniqlash uchun, sichqonlarni qorin boʻshligʻiga 10 barobar dozadagi S. typhimurium shtamm 415 bilan yuqtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21 kuni eksperimental nazorat ostidagi sichqonlarda (30 tadan kam boʻlmagan) va sinovdagi (30 tadan kam boʻlmagan) ikki guruhdagi hayvonlarga 1000, 100, 10 kulturadagi mikrob hujayra/sichqon uchta dozasi yuboriladi, qorin boʻshligʻiga 0,5 ml. (20 mln hujayra/ml) qoʻy eritrotsiti yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur doza bilan yuqtirilgan hayvonlar 21 kun davomida nazorat ostida boʻladi. Hisoblash, LD50 holatini har bir guruhdagi hayvonlarning har bir dozadan oʻlim foyizi boʻyicha hamda olingan natijalarni taqqoslash yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Allergologik holatini (xususiyatini) tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GMOning allergologik holatini tekshirish laboratoriya hayvonlarida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Potensial allergik holatini baholash, anafilaksik holatini ogʻirlashish darajasi va subklass IgG1 + IgG4 turidagi sensibilashtiruvchi antitellarni tajribadagi kalamushlarda sirkulyatsiya sathi, sinovdagi va nazoratdagi hayvonlarni ovqatlanish ratsioniga qoʻshilgan GMO miqdori boʻyicha aniqlanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur uslub orqali olingan natijalarga asosida miqdoriy taqqoslash yoʻli bilan baholanadi. Yaʼni tajriba hayvonlariga qorin boʻshligʻi orqali yuborilgan modda natijasida anafilaksik holatini ogirlashish darajasi hamda ovqatlanish ratsioni orqali kalamushlarda sensebilizatsiya tovuq tuxumida ovalbumin (OVA) — qon tomiri orqali sensebilizatsiya xususiyatiga ega boʻlgan hayvonlarga ruxsat etilgan oqsil dozasini yuborish uslubidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperiment oʻtkazish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hayvon turi

Jinsi

Erkak

Yoshi

Jinsiy jihatdan yetuk

Jismning dastlabki vazni

18 20 g

Eksperiment avvalida guruhdagi hayvonlar soni

Har bir guruhda kamida 15 ta

Guruhlarga taqsimlash

Hayvonlar 2 guruhga ajratiladi:

“nazorat” guruhi oʻrganilayotgan GMOning anʼanaviy analogi bilan ratsionga ega boʻladi;

“tajriba” guruhi oʻrganilayotgan GMOlar bilan ratsionga ega boʻladi

Ratsion (bazaviy)

Ratsionning oziqaviy va biologik qiymati hayvonlarning fiziologik ehtiyojlarini toʻliq qondiradi

Karantin

Kamida 7 kun

Parvarishlash sharoiti

Hayvonlar erkin ravishda oziqlanib, suv ichadi; issiq va ventilyatsiyalangan xonada saqlanadi

Eksperiment davomiyligi

180 kun

Tadqiqot uchun material olish

Eksperimentning 30 va 180-kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba kalamushlariga 1, 3 va 5-kunlari qorin boʻshligʻi orqali OBA sensibilizatori yuboriladi. Tajribaning birinchi kuni yuborilgan dozadan 10 barobar kamaytirilgan (“buster”) angiten dozasi 21-kuni qoʻshimcha ravishda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba hayvonlarini oziqlantirish 29-kunga qadar olib boriladi va oʻsha kuni OBA eritmasi qon tomiri orqali beriladi. Buning natijasi 24 soat davomida kuzatib boriladi. Oʻtkazilayotgan kuzatuv davomida tajriba hayvonlarida anafilaksiya taʼsirini ogʻirlashish natijasida oʻlgan, tomir tortish va anafilaksiya indeksi koʻrsatkichlariga eʼtibor beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalamushlarga ruxsat etilgan dozani yuborishdan oldin kalamushning dum qismidan 0,1 0,2 ml. qon olinib, spetsifik aksiltana (antitelo) sathi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirkulyatsiya qilinayotgan spetsifik aksiltanani OVA nisbatan immunoferment holatini aniqlash [3] koʻrsatilgan. Olingan natijalarni statistikasi Fisher U-kriteriya berilgan oʻlim koʻrsatkichda, parametr kriteriyalari boʻlmagan xi-kvadrat va Mana-Uitni Excel i SPSS 11.5. dastur paketi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gen toksikologik tekshiruv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GMOning gen toksikologik tekshiruvi laboratoriya usulida eksperimental hayvonlarda olib boriladi. GMOning potensial gen toksikligini baholash quyidagi yoʻl bilan aniqlanadi, yaʼni buzilgan yoki taʼsirlangan DNK va eksperiment in vivoda mutagenlik faolligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutagenlik faolligini aniqlash usuli proliferlanuvchi toʻqimaning metafaza hujayrasida xromosomalarni aberrayiyasi hisobiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buzilgan yoki taʼsirlangan DNKni roʻyxatga olish uchun DNK strukturasini butunligi boʻyicha baholanadi. Buning uchun izolyatsiyalangan hujayralarning ishqorli gel-elektroforezlash (DNK-komet) usulidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperiment oʻtkazish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hayvon turi

Jinsi

Erkak

Yoshi

Jinsiy jihatdan yetuk

Jismning dastlabki vazni

18 20 g

Eksperiment avvalida guruhdagi hayvonlar soni

Har bir guruhda kamida 15 ta

Guruhlarga taqsimlash

Hayvonlar 2 guruhga ajratiladi:

“nazorat” guruhi oʻrganilayotgan GMOning anʼanaviy analogi bilan ratsionga ega boʻladi;

“tajriba” guruhi oʻrganilayotgan GMOlar bilan ratsionga ega boʻladi

Ratsion (bazaviy)

Ratsionning oziqaviy va biologik qiymati hayvonlarning fiziologik ehtiyojlarini toʻliq qondiradi

Karantin

Kamida 7 kun

Parvarishlash sharoiti

Hayvonlar erkin ravishda oziqlanib, suv ichadi; issiq va ventilyatsiyalangan xonada saqlanadi

Eksperiment davomiyligi

180 kun

Tadqiqot uchun material olish

Eksperimentning 30 va 180-kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba koʻrsatkichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Mutagenlik faolligi aniqlash usuli ilik (kostniy mozg) hujayrasida metafaza davrida xromosoma strukturasini oʻzgarishi asosida roʻyxatga olinadi. Har bir hayvonning 100 ta metafaza jarayoni tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlil qilish vaqtida yakka va juft fragmentlar, xromatid va xromosoma almashinuvi, axromatik probellar va sentromerlar boʻyicha uzilishi, koʻp taʼsirlangan (buzilgan) hujayralar soni va hujayralarda toʻliq destruksiyalangan xromosomalar hisobga olinadi. Sitogenetika natijalarini tahlil qilish va baholash, nazorat va sinovdagi guruhlarda xromosoma aberratsiyalangan xujayra oʻlishi taqqoslash yoʻli bilan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Taʼsirlangan (buzilgan) DNKlarning roʻyxati izolyatsiyalangan hujayralarning ishqorli gel-elektroforezlash (DNK-komet) usulida DNK strukturasini butunligi asosida amalga oshiriladi. Mazkur uslub taʼsirlangan (buzilgan) DNKlarni roʻyxatga olish va DNK fragmentlarni doimiy elektr maydonida lizislangan hujayralar, agaroz gel holati boʻyicha aniqlanadi. Bunda anodga migratsiya qilayotgan DNK xuddi “kometa dumiga oʻxshab” elektroforetika izini hosil qiladi. Uning parametrlari tajribadagi taʼsirlangan (buzilgan) DNK darajasiga bogʻlik boʻladi. Usulning umumiy sxemasi gel-slaydlar, mikropreparatlar, lizis, ishqorli denaturatsiya, elektroforez, neytralizatsiya/fiksatsiya, boʻyash va mikroskopik analizni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikroskopik analizni epifluoressent mikroskopda boʻyoqlarga tegishli aniq filtrlar yordamida 200× 400× kattalashtirilgan holda oʻtkaziladi. Har bir mikropreparatda 100 dan kam boʻlmagan “DNK-komet” analizlar oʻtkaziladi. “DNK-komet”lar analizi vizual yoki dasturiy-apparat majmuasi yordamida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reproduktiv toksinlik tadqiqotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GMOning reproduktiv toksinligiga oid tadqiqotlar laboratoriya hayvonlari tajribasida oʻtkaziladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) generativ funksiyaga taʼsirni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) prenatal va postnatal rivojlanish davrlarida qayd etilgan embriotoksin va teratogen taʼsirlarni oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperiment oʻtkazish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hayvon turi

Kalamush

Jinsi

Urgʻochi va erkak kalamush

Yoshi

40 50 kunlik

Jismning dastlabki vazni

70 80 g

Eksperiment avvalida guruhdagi hayvonlar soni

Har bir guruhda kamida 50 tadan: 30 ta urgʻochi, 20 ta erkak

Guruhlarga taqsimlash

Hayvonlar 2 guruhga ajratiladi:

“nazorat” guruhi oʻrganilayotgan GMOning anʼanaviy analogi bilan ratsionga ega boʻladi;

“tajriba” guruhi oʻrganilayotgan GMOlar bilan ratsionga ega boʻladi

Ratsion (bazaviy)

Ratsionning oziqaviy va biologik qiymati hayvonlarning fiziologik ehtiyojlarini toʻliq qondiradi

Karantin

Kamida 7 kun

Tajribaviy oziqlantirishni boshlanishi

Ilk qovushuvdan 45-50 kun avval

Parvarishlash sharoiti

Hayvonlar erkin ravishda oziqlanib, suv ichadi; issiq va ventilyatsiyalangan xonada saqlanadi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Integral koʻrsatkichlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar

Maʼlumot yigʻish davriyligi

Hayvonlarning umumiy holati (tashqi koʻrinishi, harakat faolligi, junli qoplama holati)

Har 2 kunda

Oziqaning isteʼmol qilinishi

Har kuni

Jism vazni

Har 7 kunda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Generativ funksiyalarni tavsiflovchi koʻrsatkichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar

Maʼlumotlarni yigʻish muddati

Urugʻdonning morfologik tadqiqoti (spermatogenez indeksini belgilaydi, har bir kanalchadagi normal spermatogoniyning oʻrtacha miqdori, meyozning 12-bosqichida boʻlgan kanalchalarning nisbiy miqdori)

Jinsiy jihatdan yetuk hayvonlar

Tuxumdonning morfologik tadqiqoti (primordial follikullar, iik yoki undan ortiq qavatli follikul hujayrali follikullar, uchlamchi follikullar, atretik tana, sariq tana, generativ formalarning umumiy miqdori)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naslning prenatal rivojlanishini tavsiflovchi koʻrsatkichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar

Maʼlumotlarni yigʻish muddati

1. Guruhdagi kamida 7 ta homilador urgʻochini yorib koʻrish

Homiladorlikning 19-20-kuni

2. Bachadon, yoʻldosh, homilani vizual tadqiq qilish: tirik va oʻlik homilani aniqlash, sariq tanalar sonini hisoblash, sariq tanalar soni, implantatsiyalar joyini, bachadonning oʻng va chap shoxchalari boʻyicha rezorbsiyalar sonini hisoblash (implantatsiyadan oldingi va keyingi homilaning oʻlishini ketma-ket hisoblash)

3. Embrional materialni tahlil qilish (har bir kalamushdan kamida 5 tadan homila)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naslning postnatal rivojalanishini tavsiflovchi koʻrsatkichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar

Maʼlumotlarni yigʻish muddati

1. Nasl tugʻilishini nazorat qilish

Homiladorlikning 20-22-kuni

2. Tugʻruq kunidagi axlat miqdorini hisobga olish, tirik va oʻlik kalamushchalarning miqdorini hisobalsh, qanday jinsda ekanligini hisoblash, tashqi majruhlikni aniqlash, tana vaznini oʻlchash, kraniokaudal oʻlchamlarni aniqlash

Tugʻilganining 1-kuni

3. Kalamushchalarning fiziologik rivojlanishini hisobga olish: quloq suprasining ajralib chiqishi, boshlangʻich tukli qoplamalarning paydo boʻlishi, koʻzlarning ochilishi, moyaklarning paydo boʻlishi, qinning ochilish davri; naslning yashovchanligi

Tugʻilganining 1-30-kunlari

4. Kalamushchalarning tana vazni va boʻyi oʻlchamlari

Tugʻilganining 1, 4, 7, 14, 21 va 25-kunlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. PATOMORFOLOGIK TADQIQOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.1. Barcha oʻlik hayvonlar, shuningdek, tadqiq qilinayotgan mahsulot namunalari kiritilganidan soʻng unutib qodirilgan hayvonlar morfolog va gistolog mutaxassislar tomonidan patologik va gistologik tekshiruvlar uchun yorib koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.2. Zaruriy makroskopik, mikroskopik, gematologik va biokimyoviy tadqiqotlar barcha guruhlardagi hayvonlar ustida maxsus qoʻllanmalarda yozilgan metodika boʻyicha yorib koʻrish bilan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.3. 5 yil davomida toksikologik tadqiqotlar olib boriladigan laboratoriyalarda ichki organlarning mikroskopik boʻlinmalarida gistologik preparatlarni saqlash majburiydir.​
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. VIVARIYGA BOʻLGAN ASOSIY TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.1. Vivariy laboratoriya hayvonlarining normal hayot kechirishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.2. Laboratoriya hayvonlari bilan yuqori darajada ish olib borilishi binolarni quyidagicha oriyentirli rejalashtirishni amalga oshirish bilan taʼminlanishi mumkin: maʼmuriy binolar, hayvonlarni qabul qilish hududi, texnik, xizmat koʻrsatish va zararsizlantirilgan hududlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.3. Laboratoriya hayvonlarini parvarish qilish ularning fiziologik holatini maksimal darajada taʼminlashi va mikroiqlimning parametrlari, yorugʻlik rejimi, qafas va xonalarning joylashtirish va konstruksiya maydonlariga boʻlgan zamonaviy talablarni hisobga olishni nazarda tutishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma. Hayvonlarni saqlash uchun binolar yorugʻ, “qish-yoz” tizimi bilan konditsionerlashgan yaxshi tortuvchi-purkovchi ventilyatsiyaga, doimiy haroratga va havo namligiga ega boʻlishi kerak. Hayvonlarni saqlashga moʻljallangan xonalarda havo harorati quyidagicha boʻlishi lozim: 20 — 26°C — kalamush va dengiz choʻchqasi uchun, 16 — 22°C — quyonlar uchun; havoning nisbiy namligi 30 — 70% boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.5. Hayvonlarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan sanitar holati va xodimlarning ichidan bemorlarni istisno qilish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.6. Hayvonlar saqlanayotgan binolarda hayvonlar ustida manipulyatsiya oʻtkazish, tozalash vositalari, inseksitidlar va laboratoriya hayvonlari sogʻligʻiga taʼsir koʻrsatadigan boshqa kimyoviy moddalarni qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.7. Hayvonlarni saqlash uchun moʻljallangan qafaslar qulay boʻlishi, erkin harakatlanish uchun keraklicha boʻshliqqa ega boʻlishi, oziqa va suvni berishga oson boʻlishi, hayvonlarni saqlash uchun quruq va toza boʻlishi, oson tozalanishi, sterillashga chidamli boʻlishi kerak. Muntazam sanitariya nazorati taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma. Kemiruvchi hayvonlar uchun toʻshamalar haftada 1-3-marta, yirik hayvonlar uchun esa har kuni almashtirilishi kerak. Qafas va boshqa jihozlar hayvonlarni joylashtirishidan avval sterilizatsiya qilinishi kerak. Qafaslar jihozlari bilan birga haftada 1-2-marta, stellajlar 1-marta almashtirilishi kerak. Toʻshama gigroskopik boʻlishi, zararli moddalarga ega boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.8. Hasharotlar va yovvoyi kemiruvchilar bilan kurashishda keyingi eksperimentga taʼsir koʻrsatmaydigan rejali chora-tadbirlarni qoʻllash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.10. Qafas ichidagi suvdonlar O'zDSt 950: 2011 “Ichimlik suvi” talablariga javob beradigan suv bilan doimiy taʼminlanishi kerak.​
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.11. Eksperiment hayvonlari ustida toksikologik tadqiqotlar oʻtkazishda bioetika qoidalariga rioya qilish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. YAKUNIY HISOBOTNI TUZISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.1. Yakuniy hisobot tuzilishi quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi: kirish, materiallar va metodlar, natijalar va ularning muhokamasi, xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.2. Yakuniy hisobotda quyidagi bandlar aks ettirilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi muassasaning nomi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotning boshlanishi va yakunlanishi sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotning maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni qayta ishlashning statistik metodlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genoinjeneriya metodi orqali olingan mahsulotning sinov namunasi xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlarga tadbiq etish sharoitida sinov namunasining xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllanilgan laboratoriya hayvonlarining toʻliq tavsifi (tur, nasl, kelib chiqishi, yoshi, umumiy soni, hayvonni identifikatsiya qilish tartibi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miqdorning oʻrganilishi, tadbiq etish chastotasi, davomiyligi va tadbiq etish yoʻli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhit omillari va hayvonlarni boqish sharoiti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot olingan natijalari, ularning muhokamasi va xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va ijrochilarning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.3. Yakuniy hisobot savodli va risoladagidek yozilgan boʻlishi kerak. Xulosa toksikologik tadqiqotlar olib borilgan muassasaning rahbari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.4. GMOlarning toksinlik va allergiyaviyligiga oid tadqiqotlar natijalari boʻyicha hisobot GOST 7.32-2001 Davlatlararo talablari boʻyicha hisobot shaklida tuzilgan va oʻrganilayotgan GMOlarning tirik organizmlarga salbiy taʼsiri mavjudligini yoki yoʻqligini baholash uchun zarur boʻlgan asosiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan jadvallar shaklida raqamli maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.