21.09.2020 yildagi 576-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun ipoteka krediti ajratishning soddalashtirilgan tizimini joriy qilish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun ipoteka krediti ajratishni yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ipoteka kreditlarining soddalashtirilgan tizimini joriy qilish maqsadida tajriba tariqasida Andijon viloyatining Andijon shahri, Qo‘rg‘ontepa va Shahrixon tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan “Ipoteka-bank” ATIB va “Biznesni rivojlantirish banki” ATBlar tomonidan aholiga ipoteka kreditlari ajratish bo‘yicha quyidagilarga:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning tanloviga ko‘ra, xo‘jalik usulida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (qayta qurish) uchun ipoteka krediti qarz oluvchining bank plastik kartochkasiga bosqichma-bosqich o‘tkazish yo‘li bilan ajratilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish davri uchun 6 oy imtiyozli davr belgilanishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlari to‘g‘risida kamida oxirgi uch oy uchun ish joyidan berilgan ma’lumotnomalar, ish beruvchi tomonidan berilgan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiya to‘lovlari, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari bo‘yicha deklaratsiyalar bilan birga va xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali kelib tushgan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlarni qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) kreditga layoqatliligini hisoblashda inobatga olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning maqsadli ishlatilishini bank va qarz oluvchi o‘rtasida dastlab imzolangan uy-joy qurilishini bajarish reja-jadvali asosida bajarilgan ishlar sifatida qabul qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit ajratish uchun yakka tartibdagi uy-joylarning tegishli loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari (yer usti va yer osti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan yer uchastkasi tarhi, yakka tartibda uy-joyning poydevorlari, yerto‘lalari, qavatlari, ularning kesimlari va binoning old tomoni tarhlari, moliyaviy smeta hisob-kitobi) hamda asosiy turdagi qurilish materiallari qiymati asos sifatida qabul qilinishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joylarning moliyaviy smeta hisob-kitobining 10 foizi miqdorida boshlang‘ich badal sifatida qarz oluvchining mablag‘lari, mavjud qurilish materiallari, ishchi kuchi va bajarilgan qurilish-montaj ishlari qabul qilinishiga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Ipoteka-bank” ATIB va “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, o‘zining ichki nizomlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tavsiya etilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
576-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/576/1309-son; 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)