17.09.2020 yildagi 558-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch shahrida xalqaro “Binary” universiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim sohasida zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatilishini yanada rivojlantirish, oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashda davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, yetakchi xalqaro taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan “Binary” universiteti (Malayziya) oʻrtasida 2020-yil 8-mayda Urganch shahrida xalqaro “Binary” universitetini tashkil etish boʻyicha hamkorlikdagi harakatlarning asosiy prinsiplari toʻgʻrisida kelishuv (keyingi oʻrinlarda — Kelishuv) imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Binary” universitetining (Malayziya) (keyingi oʻrinlarda — Universitet) Urganch shahrida xalqaro “Binary” universitetini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy tadbirkorlikning rivojlanishi tendensiyalarini inobatga olgan holda tadbirkorlik va boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hamda iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori boʻlgan boshqa sohalari boʻyicha malakali oliy maʼlumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalaridagi dolzarb muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishda respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijning ilgʻor oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturlariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayoniga yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining malakali professor-oʻqituvchilari, olim va mutaxassislarini keng jalb qilish orqali zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan, ularning stajirovkasini nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi tamoyili, shuningdek, jahon taʼlimi va ilmiy hamjamiyatga uygʻun integratsiyalashuvi asosida mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablari inobatga olingan, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va fan dasturlariga muvofiq ingliz, rus va oʻzbek tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda bakalavriatning kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllari hamda magistratura boʻyicha kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Universitet hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Filial tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi va Malayziyada oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga Universitet tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijrochi direktor rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda talabalar oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori Universitet tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan litsenziya olingandan soʻng taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Filial faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik va oʻquv-metodik bazasini shakllantirish Filialning oʻz mablagʻlari, oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, shu jumladan, toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, grantlar va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Universitet Kelishuvga asosan quyidagilarni taʼminlash majburiyatini oʻziga olishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial bitiruvchilariga Universitetning belgilangan namunadagi diplomini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning yagona elektron bazasiga Filialda tahsil olayotgan talabalar haqida maʼlumotlar hamda talabalarga beriladigan diplomlarning qayd raqamlarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayoniga innovatsion taʼlim metodlarini, ilgʻor tajribalarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini hamda fanning soʻnggi yutuqlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagoglar va mutaxassislarning malakasini oshirish, Filialning professor-oʻqituvchilari tarkibini qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning kutubxona fondini shakllantirish va uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik hamda ilmiy adabiyotlar bilan toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning oʻquv-laboratoriya bazasini shakllantirish, shuningdek, maxsus fanlarni oʻqitish uchun zamonaviy oʻquv vositalari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialni joylashtirish uchun ajratilgan bino va inshootlarni jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning har yilgi qabul parametrlarining 5 foizidan kam boʻlmagan qismini ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni bepul (Filial granti asosida) oʻqishga qabul qilish uchun ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda taʼlim jarayonini tashkil etishda mutaxassislik fanlaridan dars berish uchun professor-oʻqituvchilar tarkibining 40 foizidan kam boʻlmagan qismini malakali xorijiy professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial oʻz faoliyatini tugatgan taqdirda, Filialda tahsil olayotgan talabalarga oʻz yoʻnalishlari boʻyicha Universitetda oʻquv jarayonini davom ettirib, Universitetning belgilangan namunadagi diplomini olishga imkoniyat yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda Kelishuv shartlariga muvofiq toʻlaqonli taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Xorazm viloyati hokimligi Filialni joylashtirish uchun ajratilgan bino va inshootlarni oʻz mablagʻlari hisobiga rekonstruksiya qilish majburiyatini olishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Filial Xorazm viloyati, Urganch shahar, A. Bahodirxon koʻchasi, 195-uy manzilidagi Urganch davlat universitetining bino va inshootlarida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur bino va inshootlar hamda unga tegishli hududni saqlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar, jumladan, kommunal toʻlovlar Filial mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorazm viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Universitetga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial ustavini tasdiqlash hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialni tanlov asosida malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan taʼminlashda zarur yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Filialga oʻquv va ilmiy-tadqiqot ishlariga taklif qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflarda toʻlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Filialda taʼlim sifatini taʼminlash hamda qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov, Xorazm viloyati hokimi F.Oʻ. Ermanov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 17-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
558-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2020-y., 09/20/558/1293-son)