16.09.2020 yildagi 557-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 52-moddasiga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va ushbu sohada koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunining 52-moddasiga muvofiq fuqarolik masalalari boʻyicha manfaatdor davlat organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni taʼminlash, shuningdek, hujjatlarni va maʼlumotlarni kiritish, hisobga olish hamda monitoring qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasini modernizatsiya qilish orqali uning tarkibida quyidagilarni nazarda tutuvchi “E-Fuqaro” idoralararo maʼlumotlar bazasini (keyingi oʻrinlarda — “E-Fuqaro” IMB) joriy etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik masalalari boʻyicha arizalarni qabul qilish va ularni koʻrib chiqish bilan bogʻliq tartib-taomillar avtomatlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik masalalari boʻyicha tushgan arizalar idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻrtasida koʻrib chiqiladi hamda ularga tegishli munosabat bildiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolikka qabul qilish, uni tiklash, undan chiqish va uni yoʻqotish boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining “E-Fuqaro” IMB orqali real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasiga kiritiladigan maʼlumotlari hamda idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik orqali ayirboshlanadigan maʼlumotlar sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-Fuqaro” IMBni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “E-Fuqaro” IMBning yagona buyurtmachisi va saqlovchisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish haqidagi arizalari real vaqt rejimida “E-Fuqaro” IMB orqali qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda doimiy ravishda idoralararo elektron hamkorlik vositasi orqali almashinadigan maʼlumotlarni amaldagi qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda yangilab borish, olish va berishda foydalaniladigan axborot tizimlarini “E-Fuqaro” IMB bilan oʻzaro muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik masalalari boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan davlat boji toʻlovlari, davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlari “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimi orqali amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvarga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqarolik masalalari boʻyicha murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali, xorijda doimiy istiqomat qilayotgan shaxslar tomonidan Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida joylashtirilgan interaktiv konsullik xizmati orqali dastlabki ariza yuborish mexanizmini keyinchalik shaxsan kelib murojaat qilish shartini inobatga olgan holda joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “E-Fuqaro” IMB doirasida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralarning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha mazkur loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 16-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
557-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-sentabrdagi 557-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining “E-Fuqaro” IMB orqali real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasiga kiritiladigan maʼlumotlari hamda idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik orqali ayirboshlanadigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-sentabrdagi 557-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-Fuqaro” IMBni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Fuqarolik masalalari boʻyicha hujjatlarni vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqishni “E-Fuqaro” elektron tizimga oʻtkazish boʻyicha muammolarni aniqlash va mavjud texnik imkoniyatlarni oʻrganish.

Fuqarolik masalalari boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqishda vazirliklar va idoralarning axborot tizimlarini “E-Fuqaro” idoralararo maʼlumotlar bazasiga integratsiyalashtirishni oʻrganish natijasi boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2020-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi, Davlat personallashtirish markazi

2.

“E-Fuqaro” IMBni yaratish boʻyicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash.

“E-Fuqaro” IMBga ulanish uchun texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish, tegishli idora va tashkilotlar bilan kelishish.

2020-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat personallashtirish markazi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ

3.

Fuqarolik masalalari boʻyicha arizalarni idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish, koʻrib chiqish tartibini joriy etish.

Fuqarolik masalalari boʻyicha arizalarni idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish, koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat xizmatlari agentligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat personallashtirish markazi

4.

“E-Fuqaro” IMBni amaliyotga joriy etish doirasida vakolatli organlarning axborot tizimlari samarali ishlashi uchun zarur texnik qurilma va server uskunalarini modernizatsiya qilish.

“E-Fuqaro” idoralararo maʼlumotlar bazasini amaliyotga joriy etish doirasida ichki axborot tizimlarini modernizatsiya qilish choralarini koʻrish, xarid qilingan apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasidan attestatsiya va sertifikatsiyadan oʻtkazish.

2020-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat personallashtirish markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqalar

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)dan fuqarolik masalalari boʻyicha hujjatlarni elektron tarzda yuborish, qabul qilish jarayonlarini joriy qilish.

1. YIDXPda davlat xizmati shaklini ishga tushirish boʻyicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2020-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Fuqarolik masalalari boʻyicha xizmatni YIDXPda ishga tushirish.

2020-yil sentabr

6.

Xorijda doimiy istiqomat qilayotgan shaxslar tomonidan fuqarolik masalalari boʻyicha murojaatlarni Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida joylashtirilgan interaktiv konsullik xizmati (TIV IKX) orqali dastlabki ariza yuborish tartibini belgilash.

1. TIV IKXda interaktiv shaklda fuqarolardan arizalarni qabul qilish uchun texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

Tashqi ishlar vazirligi

2. Texnik hujjatlar asosida arizalarni qabul qilishni amaliyotga joriy etish.

2020-yil dekabr

Tashqi ishlar vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi

7.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqarolik masalalarini koʻrib chiqish uchun mavjud davlat boji va yigʻimlarni elektron tarzda amalga oshirish mexanizmlarini joriy qilish.

1. Fuqarolik masalalari boʻyicha mavjud davlat boji va yigʻimlarni “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimiga ulash uchun hisobraqamlar ochish.

2020-yil oktabr

Markaziy bank,
Ichki ishlar vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,

2. “E-Fuqaro” IMBni “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimiga ulash.

2020-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi,
Markaziy bank

8.

“E-Fuqaro” IMBni ishga tushirish.

1. Fuqarolik masalalari boʻyicha murojaatlarni vakolatli organlar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali koʻrib chiqishni sinovdan oʻtkazish.

2020-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati

2. Sinov natijalari boʻyicha “E-Fuqaro” IMBda aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish va axborot tizimini amaliyotga joriy qilish.

2020-yil sentabr

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tuzilmasiga “E-Fuqaro” IMBni kuzatib borish vakolatini berish.

2020-yil sentabr

9.

“E-Fuqaro” IMBni ishga tushirish.

Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar Maxkamasiga axborot berib berish.

2020-yil oktabr

Ichki ishlar vazirligi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2020-y., 09/20/557/1291-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)