Samarqand viloyati hokimining
Qarori
Bozorlar va savdo komplekslarida savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari uchun ijara va umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun oylik toʻlovlarni hisoblash va undirishni pandemiya davrida vaqtincha toʻxtatish toʻgʻrisida
Koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-son qarori, viloyat Moliya bosh boshqarmasining 2020-yil 20-iyuldagi (01/02-38/1011-son) va Davlat soliq boshqarmasining 2020-yil 22-iyuldagi (20/2-14608-son) murojaatlari va viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari (J.Urakov) ning 2020-yil 20-iyuldagi (696/01-30-son) bildirgisi muvofiq, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 35-moddasiga asoslanib, qaror qilaman :
1. Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari (J. Urakov), viloyat Moliya bosh boshqarmasi, Davlat soliq boshqarmasi hamda Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasining pandemiya davrida faoliyatiga ruxsat berilmagan savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalari uchun ijara va koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha oylik toʻlovlarni vaqtinchalik toʻxtatish haqidagi takliflari maʼqullinsin.
2. Viloyat hokimining 2020-yil 25-fevraldagi “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 22-Q-son qarorining 2-ilovasi (bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan bino, inshootlarni va inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari) ga muvofiq undirish, inqirozga qarshi kurashish Respublika komissiyasining, viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatiga ruxsat berilgunga qadar amal qilishi toʻxtatib turilsin.
3. Viloyat hokimligi axborot xizmati-matbuot kotibi (M. Mirzayev) mazkur qarorni “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarida eʼlon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qaror rasman rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari J. Urakov zimmasiga yuklatilsin.
Viloyat hokimi E. TURDIMOV
Samarqand viloyati,
2020-yil 26-avgust,
125-Q-son