Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 04.11.1996 yildagi 377-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Hujjat 04.11.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA DAVLAT DON INSPEKSIYASINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada don etishtirishning koʻpayganligi, uni saqlash va qayta ishlashning moddiy-texnik bazasi kengayganligi munosabati bilan, shuningdek gʻalladan oqilona foydalanish hamda mamlakat ichkarisida xarid qilishda va import boʻyicha olib kelishda uning sifati ustidan tegishli davlat nazoratini oʻrnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasining Respublika Davlat don inspeksiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi (“Oʻzdavdoninspeksiya”) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, “Oʻzdavdoninspeksiya”, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari, mintaqaviy laboratoriyalari va markaziy laboratoriya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasining yagona tizimini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don va uni qayta ishlash mahsulotlari sifatini oshirish masalalari boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish uchun takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, don qabul qilish va donni qayta ishlash korxonalarida dondan belgilangan maqsadlarda oqilona foydalanishni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don va uni qayta ishlash mahsulotlariga, shuningdek ularni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida ularning sifatini sinash usullariga belgilangan davlat standartlari, texnik shartlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, don etishtirish, don qabul qilish va uni qayta ishlash korxonalarida don hamda uni qayta ishlash mahsulotlarini sifatli saqlash va nobudgarchiligini qisqartirish taʼminlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinadigan don va uni qayta ishlash mahsulotlari sifatini majburiy davlat nazoratidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don etishtirish va donni saqlash hamda qayta ishlash korxonalariga donni oʻrib-yigʻib olish, tozalash, quritish, ishlov berish, qabul qilish, saqlash va qayta ishlash boʻyicha meʼyoriy-texnik hujjatlarni, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish masalalari borasida uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzdavdoninspeksiya”ni Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavdoninspeksiya”ga boshliqning Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavdoninspeksiya” xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitalari uchun belgilangan Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar va mehnatga haq toʻlash shartlari joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizom va uning tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat don inspeksiyasining shtatlari soni hududiy organlar xodimlari bilan birgalikda — 65 nafar shu jumladan markaziy apparatda — 11 nafar (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzdavdoninspeksiya” “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va “Oʻzdavstandart” markazi bilan birgalikda bir oy muddatda meʼyoriy hujjatlarni va donni saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzdavdoninspeksiya” “Oʻzdavstandart” markazi bilan birgalikda 3 oy muddatda “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasining barcha korxonalarida ishlab chiqarish-texnologiya laboratoriyalarining zarur priborlar, asbob-uskunalar va inventarlar bilan butlanganligini, shuningdek attestatsiya guvohnomalarining mavjudligini tekshirishdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda “Oʻzdavstandart” markaziga donga amaldagi davlat standartlarini qayta koʻrib chiqish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida bir oy muddatda taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki, “Oʻzdavdoninspeksiya” apparati va uning hududiy organlari joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash respublika budjeti va xoʻjalik faoliyatidan tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetida “Oʻzdavdoninspeksiya” xarajatlari, shuningdek uning mintaqaviy laboratoriyalarini zarur inventarlar, priborlar va asbob-uskunalar bilan jihozlashga ajratiladigan zarur mablagʻlarni belgilangan tartibda nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi apparati vaqtincha Lohutiy koʻchasi, 36-uydagi binoga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi “Oʻzdavdoninspeksiya”ni uning markaziy laboratoriyasi bilan joylashtirish uchun 2 oy muddatda bino ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hududiy organlar va mintaqaviy laboratoriyalarni joylashtirish uchun tegishli binolar ajratsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Oʻzdavdoninspeksiya”ni va uning hududiy organlarini telefon va teleks aloqasi, shu jumladan markaziy apparat rahbarlari uchun hukumat ATSi aloqasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Respublika Davlat don inspeksiyasi balansida boʻlgan asbob-uskunalar, inventar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasiga tekin bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasiga xizmat koʻrsatish uchun 3 ta yengil avtomobil ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzdavdoninspeksiya”ga 3 ta yengil avtomobil xarajatlari uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Respublika Davlat don inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-iyundagi 311-son qaroriga 1-ilovadan chiqarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Q.Gʻ. Obidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 4-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
377-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
4-noyabrdagi 377-con qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi (“Oʻzdavdoninspeksiya”) don va donni qayta ishlash mahsulotlari, moy olinadigan ekinlar urugʻlari, ozuqa ishlab chiqarish xomashyosi va omixta em (don va uni qayta ishlash mahsulotlari) sifati, saqlanishi va ulardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzdavdoninspeksiya” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlarga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga, davlat standartlariga va boshqa meʼyoriy hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzdavdoninspeksiya”, uning hududiy organlari, markaziy va mintaqaviy laboratoriyalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasining yagona tizimini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzdavdoninspeksiya” oʻz faoliyatini bevosita, shuningdek oʻz hududiy organlari, markaziy va mintaqaviy laboratoriyalari orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar “Oʻzdavdoninspeksiya”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini oshirish masalalari boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish uchun takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, don qabul qilish va donni qayta ishlash korxonalarida dondan belgilangan maqsadda oqilona foydalanishni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
donga va donni qayta ishlash mahsulotlariga qoʻyiladigan davlat standartlari, texnik shartlar talablariga, shuningdek qabul qilishda, saqlashda, qayta ishlashda va eksport-import operatsiyalarida ularning sifatini sinash usullariga rioya qilinishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, don etishtiruvchi, don qabul qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalarda don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatli saqlanishi va ularning nobudgarchiligi kamayishi taʼminlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meʼyoriy-texnik hujjatlarni, don hosilini yigʻishtirish, tozalash, quritish, ishlov berish, qabul qilish, saqlash va qayta ishlashning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish masalalari yuzasidan don etishtiruvchilarga va donni saqlovchi va qayta ishlovchi korxonalarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzdavdoninspeksiya” koʻrsatib oʻtilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini, ularni saqlashni hamda ularni oqilona foydalanishni taʼminlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy-huquqiy hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda don va donni qayta ishlash mahsulotlarini qabul qilish, joylashtirish, ishlov berish, saqlash va hisobga olish boʻyicha yoʻriqnomalar, texnologik jarayonlarni olib borish qoidalari, transportda tashish va saqlash chogʻida don va donni qayta ishlash mahsulotlarining tabiiy kamayishi meʼyorlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don, donni qayta ishlash mahsulotlari, don va moyli ekinlar urugʻlari sifati boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni va vaqtinchalik meʼyorlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh davlat don inspektorlari ish tartibini belgilovchi yoʻriqnomalar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni, nazorat qilish qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida, shuningdek, eksport-import operatsiyalari chogʻida oʻz vakolati doirasida, paydo boʻluvchi don va donni qayta ishlash mahsulotlarining sifati boʻyicha nizoli masalalarni hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don va donni qayta ishlash mahsulotlarining sifati toʻgʻrisidagi sertifikatlar shakllarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularni bosh davlat don inspektorlari tomonidan rasmiylashtirish qoidalarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining topshirigʻiga binoan oziq-ovqat balansini tuzishda qatnashadi, import boʻyicha xarid qilish moʻljallanayotgan donning sifati boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari hamda ularning viloyat organlari bilan don va donni qayta ishlash mahsulotlarining sifati, saqlanishi va ularning davlat resurslariga yetkazib berilishi masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini oshirish va ulardan oqilona foydalanish davlat dasturlarini tayyorlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasi bilan birgalikda don, moyli ekinlar va makkajoʻxori navlari va duragaylarini mintaqalashtirish roʻyxatlarini, shuningdek ushbu ekinlarning eng qimmatli navlari va duragaylari roʻyxatlarini koʻrib chiqishda va tasdiqlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat resurslaridagi donni saqlash va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining donning sifati, saqlanishi va undan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini baholash usullari va vositalarini ishlab chiqishni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavdoninspeksiya” organlari uchun kadrlar tayyorlash, ularning kasb boʻyicha tayyorgarligini oshirish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavdoninspeksiya” tizimi xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy-maishiy taʼminotini yaxshilash toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don va donni qayta ishlash mahsulotlarining sifati masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikda belgilangan tartibda qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzdavdoninspeksiya” oʻz hududiy organlari, markaziy va mintaqaviy laboratoriyalari orqali quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalarda donning, donni qayta ishlash mahsulotlarining, donli va moyli ekinlar urugʻlari sifatini, saqlanishini va ulardan oqilona foydalanishni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don qabul qilish va donni qayta ishlash korxonalari tomonidan don va donni qayta ishlash mahsulotlarini zarur tartibda joylashtirish, ishlov berish, qayta ishlash, sotish taʼminlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don va donni qayta ishlash mahsulotlarini miqdor va sifat boʻyicha hisobga olishning toʻgʻriligi, sifatni yaxshilash hisobiga ularning kamayishini hisobdan chiqarishning asoslanganligini va mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarda saqlash chogʻida tabiiy kamayish meʼyorlari qoʻllanilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat resurslaridagi donning sifati yomonlashishi va nobudgarchiligi holatlari va sabablarini tekshirish, zarurat boʻlganda ularni bartaraf etishga doir koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish chogʻida, viloyatlararo tashishlarda donni majburiy davlat inspeksiyasidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy boʻlgan xulosalar bergan holda don va donni qayta ishlash mahsulotlarining nizoli partiyalari sifati boʻyicha tekshirishlar oʻtkazish. “Oʻzdavdoninspeksiya”ning xulosasi uzil-kesil hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don qabul qilish va donni qayta ishlash korxonalari bilan birgalikda davlat resurslariga xarid qilinadigan yangi hosil donining sifatini har yili tekshirish, uning texnologik tavsifnomalarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, hokimliklarni don va donni qayta ishlash mahsulotlarining qoniqarsiz saqlanishi va foydalanilishi toʻgʻrisida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzdavdoninspeksiya” vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonunchiligining qoʻllanish amaliyotini umumlashtirish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy organlarga ularning iltimoslariga binoan don tayyorlash va donni qayta ishlash korxonalarini kompleks tekshirishlarda yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzdavdoninspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun uning xodimlariga quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don etishtiruvchi va donni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, saqlovchi, qayta ishlovchi va sotuvchi korxonalar va tashkilotlarga, ularning mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, toʻsiqsiz kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislaridan tekshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha zarur hujjatlar va tushuntirishlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalardan don va donni qayta ishlash mahsulotlari namunasini belgilangan tartibda olish, tekshirishlar oʻtkazish uchun ularning laboratoriyalaridan foydalanish va zarurat boʻlganda tekshirish bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun korxona mutaxassislarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda tekshirilayotgan korxonalar va tashkilotlarning rahbarlariga don va donni qayta ishlash mahsulotlari namunalarini qoʻshimcha tekshirishlar uchun tegishli laboratoriyalarga yuborish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda don qabul qilish va donni qayta ishlash korxonalarida davlat resurslariga moʻljallangan don va donni qayta ishlash mahsulotlarining tushayotgan va avtomobil hamda temir yoʻl transporti bilan yuklab joʻnatilayotgan partiyalarini, shuningdek davlat zaxirasidagi donni nazorat tartibida qayta tarozida tortib koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don va mahsulot qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligi asosli ravishda shubha tugʻdirgan hollarda don va donni qayta ishlash mahsulotlari qoldiqlarini tarozida qayta tortib koʻrgan yoki standart massa boʻyicha joylashtirilgan mahsulotni qayta hisoblagan holda navbatdan tashqari inventarizatsiya oʻtkazishni tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nazorati ostidagi korxonalarga don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini baholash, ularni qabul qilish, joylashtirish, saqlash va qayta ishlash qoidalarining aniqlangan buzilishlarini belgilangan muddatda bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don va donni qayta ishlash mahsulotlarini saqlash uchun yaroqsiz boʻlgan omborlarga joylashtirishni taqiqlash, texnologiya va sanitariya tartiblarining qoʻpol ravishda buzilishi aniqlangan hollarda ayrim ishlab chiqarishlar, sexlar va korxonalar ishini ushbu tartibni buzishlar bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat, miqdor, oʻrash-joylash, markirovka qilish va shu kabilar boʻyicha amaldagi standartlar, texnik shartlar va boshqa meʼyorlar talablariga javob bermaydigan don va donni qayta ishlash mahsulotlarining belgilangan maqsadda sotilishini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don va donni qayta ishlash mahsulotlari bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi korxonalar, firmalar, birlashmalar va tashkilotlarning boshqa ishlab chiqaruvchilariga shartnoma asosida sifatni baholash hamda davlat resurslari bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa pulli xizmatlar koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzdavdoninspeksiya”ning nostandart mahsulotni sotishni taqiqlash yoki toʻxtatish haqidagi yozma koʻrsatmalarini bajarishdan bosh tortganligi yoki oʻz vaqtida bajarmaganligi uchun korxonalar va tashkilotlar, shuningdek ularning rahbarlari qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzdavdoninspeksiya” va uning hududiy organlari zarur hollarda hokimliklar, huquqni muhofaza qilish, kredit-moliya va soliq organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzdavdoninspeksiya”ga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavdoninspeksiya” boshligʻining Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavdoninspeksiya”ning markaziy laboratoriyasi mudiri bevosita Davlat don inspeksiyasi boshligʻiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy laboratoriya mudirlari oʻzlarining joriy ishlarini joylashgan joyidagi hududiy organ bosh davlat don inspektori rahbarligida hamda markaziy laboratoriya tomonidan uslubiy taʼminlangan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavdoninspeksiya” boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavdoninspeksiya” faoliyatiga rahbarlik qiladi, unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etadi, ularning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavdoninspeksiya” vakolati doirasida buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi, ularning bajarilishini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, “Oʻzdavdoninspeksiya” markaziy apparatining belgilangan xodimlari soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida tuzilmani va shtat jadvalini, shuningdek markaziy apparat xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavdoninspeksiya” uchun belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida hududiy organlar, markaziy va mintaqaviy laboratoriyalar xodimlari sonini hamda mehnatga haq toʻlash fondini, shuningdek ular uchun xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlarining, bosh davlat don inspektorlarining, yetakchi mutaxassislarning javobgarlik darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavdoninspeksiya”ning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy organlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavdoninspeksiya”ning markaziy apparati mutaxassislarini va xodimlarini, hududiy organlari, markaziy laboratoriyasi va mintaqaviy laboratoriyalari rahbarlari va xodimlarini vazifaga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzdavdoninspeksiya”ning mansabdor shaxslari oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarmaganliklari yoki tegishli ravishda bajarmaganliklari uchun, shuningdek tekshirilayotgan korxonalar va tashkilotlarning davlat va tijorat sirlarini oshkor qilganliklari uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzdavdoninspeksiya” xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash respublika budjeti va xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Oʻzdavdoninspeksiya” yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta schyotlariga va boshqa schyotlarga, oʻz nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan muhrga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
4-noyabrdagi 377-con qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.