Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 7-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3229-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-son “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/12-son qarori (roʻyxat raqami 3229, 2020-yil 13-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3229/0455-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-avgust,
18/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/9-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 56-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bankdan olingan kreditlar va ularga hisoblangan foizlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzdorlikni kafil boʻlgan shaxsdan undirish uchun, bundan kafilning subsidiar javobgar boʻlishi nazarda tutilgan hollar mustasno;”.
2. 65-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) davlat ijrochilari va undiruvchilar ijro hujjatlari boʻyicha pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisida;”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 10/20/3229-1/1259-son)