Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
«ChYeT ELLIK INVYeSTORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI VA ULARNI HIMOYa QILISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA»GI OʻZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998 yil 30 aprel,
612-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y.,5-6-son, 94-modda)