Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi koʻrsatkichlarini hisoblash va baholash boʻyicha “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-avgust,
488-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgusta 488-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkammasining “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qaror 4-bandining birinchi xatboshi, 5-bandining “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi hamda 7 va 8-bandlardagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Qarorga 1-ilovada (Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda):
a) 3-bandning beshinchi xatboshi, 6-banddagi, 8-bandning birinchi va yigirma toʻrtinchi xatboshilaridagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari tegishlicha “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 17-banddagi “iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari” soʻzlari “moliya — iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 181-band qoʻshilsin:
“181. “Namunali” deb topilgan viloyat yoki tuman (shahar) darajasidagi hududda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga taʼsir etuvchi tashkilotlar xodimlari faqat ushbu tashkilotlar masʼul boʻlgan koʻrsatkichlar “namunali” boʻlgan taqdirda taqdirlanadi.”;
g) quyidagi mazmundagi 191-band qoʻshilsin:
“191. “Qoniqarsiz” deb topilgan viloyat yoki tuman (shahar) darajasidagi hududda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga taʼsir etuvchi tashkilotlar rahbarlari faqat ushbu tashkilotlar masʼul boʻlgan koʻrsatkichlar “qoniqarsiz” boʻlgan taqdirda intizomiy javobgarlikka tortiladi.”;
d) Nizomga 1-ilovaning “Masʼullar” ustunidagi 1, 2, 4, 5, 6 va 9-bosqichlaridagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari tegishlicha “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) Nizomga 2-ilovada:
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Yarim yil davomida tegishli hududda yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish boʻyicha tuman (shahar) hokimliklari va xalq deputatlari Kengashlari qarorlarida nazarda tutilgan tadbirkorlik subyektlari hamda noturar koʻchmas mulk mulkdorlari boʻlgan jismoniy shaxslar soni* ularning ushbu hududda faoliyat yuritayotgan har 1 000 nafar tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I3 = (Qb / Thf) × 1000
bunda:
I3 — indikator miqdori (sonda);
Qb — yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish boʻyicha tuman (shahar) hokimliklari va xalq deputatlari Kengashlari qarorlarida nazarda tutilgan tadbirkorlik subyektlari hamda noturar koʻchmas mulk mulkdorlari boʻlgan jismoniy shaxslar soni;
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni.
* Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan har yarim yillikda yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish boʻyicha tuman (shahar) hokimliklari va xalq deputatlari Kengashlari qarorlarini xatlovdan oʻtkazish orqali aniqlanadi”;
13-banddagi “I7” belgilari “I7.1” belgilari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 131-band qoʻshilsin:
“131. Yarim yil davomida tegishli hududda tadbirkorlik subyektlaridan Davlat budjetiga (Respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar) kelib tushgan tushumlarning miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I7.2 = Tt - Thd
bunda:
I7.2 — indikator miqdori (soʻmda);
TT — tegishli hududdagi Davlat budjetiga toʻlangan soliq toʻlovlari (jismoniy shaxslardan va davlat organlaridan undirilgan soliq toʻlovlari bundan mustasno) miqdori (soʻmda);
Thd — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan toʻlangan soliq toʻlovlari.”
31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Tegishli hududda oʻtkazilgan soʻrovlar natijasiga koʻra, tadbirkorlik subyektlariga muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari amalda koʻrsatilganligi indikatori 1 dan 5 gacha boʻlgan oʻrtacha ballar yigʻindisi boʻyicha quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I18 = ((Eoʻ + Goʻ + Soʻ) / 3
bunda:
I18 — indikator miqdori (sonda);
Eoʻ — yetkazib berilgan elektr energiyasiga tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoʻyilgan oʻrtacha ball;
Goʻ — yetkazib berilgan tabiiy gazga tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoʻyilgan oʻrtacha ball;
Soʻ — yetkazib berilgan ichimlik suviga tegishli hududdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoʻyilgan oʻrtacha ball”;
quyidagi mazmundagi 311-band qoʻshilsin:
“311. Tadbirkorlik subyektlariga yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suviga qoʻyilgan oʻrtacha ball quyidagi formula asosida aniqlanadi:
bunda:
By1 — birinchi savol boʻyicha jami ballar yigʻindisi;
Rs1 — birinchi savol boʻyicha ishtirok etgan jami respondentlar soni;
Byn — har bir savol boʻyicha jami ballar yigʻindisi;
Rsn — har bir savol boʻyicha ishtirok etgan jami respondentlar soni;
Cn — soʻrovda berilgan jami savollar soni.
Misol uchun: Elektr energiyasi tarmogʻiga ulanish va taʼminlanganlik darajasi boʻyicha soʻrovnoma 3 ta savoldan iborat boʻlib, 1-savolda 1 000 nafar respondent, 2-savolda 800 nafar respondent va 3-savolda 700 nafar respondent ishtirok etgan taqdirda:
|
Savol |
Jami respondent (Rsn) |
Javob variantlari |
Berilgan javoblar soni |
Qoʻyiladigan ball |
Har bir javob boʻyicha ballar yigʻindisi |
Byn |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6=(4x5) |
7 |
|
1-savol |
1000 |
1-javob |
200 |
1 |
200 |
2600 |
|
2-javob |
250 |
2 |
500 | |||
|
3-javob |
350 |
3 |
1050 | |||
|
4-javob |
150 |
4 |
600 | |||
|
5-javob |
50 |
5 |
250 | |||
|
2-savol |
800 |
1-javob |
100 |
1 |
100 |
2375 |
|
2-javob |
200 |
2 |
400 | |||
|
3-javob |
250 |
3 |
750 | |||
|
4-javob |
125 |
4 |
500 | |||
|
5-javob |
125 |
5 |
625 | |||
|
3-savol |
700 |
1-javob |
50 |
1 |
50 |
2675 |
|
2-javob |
85 |
2 |
170 | |||
|
3-javob |
105 |
3 |
315 | |||
|
4-javob |
160 |
4 |
640 | |||
|
5-javob |
300 |
5 |
1500 |
Yuqoridagilarga asosan elektr energiyasi uchun oʻrtacha ball quyidagicha aniqlanadi:
((2600 / 1000) + (2375 / 800) + (2675 / 700)) / 3 = 3,13 ball
bunda:
2 600 — 1-savol boʻyicha jami ballar yigʻindisi;
1 000 — 1-savolda ishtirok etgan jami respondentlar;
2 375 — 2-savol boʻyicha jami ballar yigʻindisi;
800 — 2-savolda ishtirok etgan jami respondentlar;
2 675 — 3-savol boʻyicha jami ballar yigʻindisi;
700 — 3-savolda ishtirok etgan jami respondentlar;
3 — savollar soni”;
32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Tegishli hududda oʻtkazilgan soʻrovlar natijasiga koʻra, tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari sifatining indikatori 1 dan 5 gacha boʻlgan oʻrtacha ballar yigʻindisi boʻyicha quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I5.2 = ((By1 / Rs1) + ... + (Byn / Rsn)) / Cn**
** Ushbu Metodikaning 311-bandida keltirilgan tartib boʻyicha hisoblanadi”;
33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Tegishli hududda oʻtkazilgan soʻrovlar natijasiga koʻra tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiy homiylik va boshqa tadbirlarga jalb etish 1 dan 5 gacha boʻlgan oʻrtacha ballar yigʻindisi boʻyicha quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I19 = ((By1 / Rs1) + ... + (Byn / Rsn)) / Cn***
*** Ushbu Metodikaning 311-bandida keltirilgan tartib boʻyicha hisoblanadi”;
34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Tegishli hududda oʻtkazilgan soʻrovlar natijasiga koʻra, tadbirkorlik subyektlarining tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga boʻlgan ishonchi indikatori 1 dan 5 gacha boʻlgan oʻrtacha ballar yigʻindisi boʻyicha quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I20 = ((By1 / Rs1) + ... + (Byn / Rsn)) / Cn****
**** Ushbu Metodikaning 311-bandida keltirilgan tartib boʻyicha hisoblanadi”;
35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Indikator koʻrsatkichlarini baholashda I1, I3, I7.1, I7.2, I8, I101, I10.2, I11.1, I11.2, I11.3, I11.4, I12, I15.1, I18, I5.2, I19, I20 indikatorlari tuman (shahar) darajasida, I2.1, I2.2, I4, I5.1, I6, I9.1, I9.2, I10.3, I13, I14, I15.2, I16, I17 indikatorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar darajasida hisoblanadi. Mazkur Metodika boʻyicha aniqlangan indikatorlar ijobiy va salbiy koʻrsatkichlarga ega boʻladi”;
36-banddagi “I7” belgisi “I7.1, I7.2,” belgilari bilan almashtirilsin;
“Bii17” belgisi “Bii18” belgisi bilan almashtirilsin;
“17” raqami “18” raqami bilan almashtirilsin;
j) Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash boʻyicha metodikaga 1-ilovada:
2 va 17-pozitsiyalarning “Maʼlumotlarni kiritish uchun masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar” ustunidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-pozitsiyada:
“Indikator (koʻrsatkich)ni hisoblash metodikasi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Hududdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushirilgan tushumning ushbu hududdagi faoliyat yuritayotgan har 1 000 nafar tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan miqdori.
2. Hududda tadbirkorlik subyektlaridan Davlat budjetiga (Respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar) kelib tushgan tushumlarning miqdori.”;
“Maʼlumotlarni kiritish uchun masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar” ustunidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-pozitsiyaning “Maʼlumotlarni kiritish uchun masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (respublika boʻyicha rasman band boʻlgan aholi soni boʻyicha), Davlat statistika qoʻmitasi (respublika boʻyicha tadbirkorlik subyektlarida rasman band boʻlgan aholi soni boʻyicha)”;
z) Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash boʻyicha metodikaga 2-ilovaning 1-3-pozitsiyalari “Maʼlumotlarni kiritish uchun masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar” ustunidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari tegishlicha “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Qarorga 2-ilovada:
a) 10-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 13-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2020-y., 09/20/488/1183-son)