Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.06.1992 yildagi 295-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTChILARINI 1992-YILGI OLIMPIYA OʻYINLARIGA VA BOShQA XALQARO MUSOBAQALARGA TAYYORLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yilgi Olimpiya oʻyinlarida MDH yagona sport jamoasi tarkibida oʻz respublikasi bayrogʻi ostida qatnashuvi Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini muvaffaqiyatli tayyorlashni taʼminlash maqsadida va bundan buyon Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalarining xalqaro musobaqalarda, Osiyo va Olimpiya oʻyinlarida mustaqil jamoa sifatida qatnashishlarini eʼtiborga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo bitimlarga muvofiq MDH terma jamoalarining respublika hududida oʻquv-mashq yigʻinlarini tashkil qilish va yuksak darajada oʻtkazishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MDH yagona sport jamoasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini sifatli tayyorlash va ularning Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz tasarrufidagi sport qoʻmitalariga yoshlarning respublika, viloyatlar va shahar sport oʻyinlarini, Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari spartakiadalarini tashkil etish va oʻtkazishda aniq amaliy yordam koʻrsatsinlar, ularni tashkil qilish va oʻtkazish uchun mablagʻ ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi bilan kelishuvga muvofiq respublika terma jamoasi aʼzosi boʻlgan talaba va oʻqituvchilarni Olimpiya oʻyinlariga, xalqaro va respublikalararo musobaqalarga samarali tayyorlash uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi uchun respublika terma jamoalarini 1992-yil xalqaro musobaqalariga tayyorlash va ularni oʻtkazish davrida zarur dori-darmonlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi “Oʻzbeksavdo” uyushmasi zaxirasi hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi buyurtmasi boʻyicha respublika terma jamoalari uchun anʼanaviy sport kiyimlarini tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining “Oʻzbekiston” sport mollari sotish markaziga yetkazib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi buyurtmasiga muvofiq xalqaro musobaqalar qatnashchilarini belgilangan joyga olib borishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekiston” uyushmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan MDH va respublika hamda xalqaro musobaqalarning oʻquv-mashq yigʻinlarida qatnashuvchi terma jamoalarini sifatli oziq-ovqat bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MDH va respublika terma jamoalari aʼzolari boʻlgan instruktor-sportchilarning lavozim ish haqlarini toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasiga 1992-yilda 930 ming soʻm miqdorida qoʻshimcha mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi xalqaro toifadagi sport ustalarini markazlashgan tartibda tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining eng kuchli sportchilarining Olimpiya va Osiyo oʻyinlarida, jahon chempionatlari, birinchiliklari, Kuboklarida va boshqa xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining talabnomasi boʻyicha chet el valyutasini ajratish imkoniyatlarini qidirib topsin va 1992-yildan boshlab kerakli mablagʻni ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish ijtimoiy masalalar, fan va taʼlim boʻlimi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 19-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295-son