13.08.2020 yildagi O‘RQ-632-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.11.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan
Cenat tomonidan 2020-yil 7-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-501-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 677-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 13-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarga yozma shaklda bildirishnoma berilib, unda ishga joylashtirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun fuqarolardan haq undirishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek xususiy bandlik agentligi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, murojaat qilish uchun xususiy bandlik agentligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining pochta manzillari hamda aloqa bogʻlash uchun telefon raqamlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar xususiy bandlik agentligi va ish qidirayotgan shaxs oʻrtasida tuzilgan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida koʻrsatiladi hamda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish masalasi boʻyicha chet ellik sheriklar bilan oʻz vakolatlari doirasida muzokaralar (suhbatlar) oʻtkazish, shartnomalar, bitimlar va bayonnomalarning loyihalarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtimol tutilgan ish beruvchilarni qidirish, xorijiy mamlakatlarning mehnat bozorini oʻrganish asosida boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarga axborot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshirishni xohlayotgan shaxslar haqidagi axborotni faqat ularning roziligi bilan chet ellik ish beruvchilar oʻrtasida tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish qidirayotgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun dastlabki tayyorgarlik tadbirlarini oʻtkazish yoʻli bilan koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashiladigan mamlakatda boʻlish qoidalari, mehnat sharoitlari, ijtimoiy va uy-joy-maishiy taʼminoti, chet ellik ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini tuzishning huquqiy jihatlari haqida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslar bilan ish beruvchilar oʻrtasida mehnat shartnomalarini tuzishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar uchun haq undirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash ish beruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun xususiy bandlik agentliklari zaxira qilinadigan summa sarflangan taqdirda mablagʻlarning oʻrnini toʻldirish, shuningdek litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda mablagʻlarni qaytarish shartlari bilan bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasida zaxira qilib qoʻyadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 14-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishga joylashtirish sohasidagi axborot va maslahat xizmatlarini xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida koʻrsatadi. Ishga joylashtirish sohasida xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida taqdim etadigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridan oshmasligi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 15-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xususiy bandlik agentligi tomonidan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labor-migration” axborot tizimida real vaqt rejimida roʻyxatdan oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) quyidagi mazmundagi 151-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151-modda. Xususiy bandlik agentligining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy bandlik agentligi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy bandlik agentligining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi hamda quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish shartlarini (kasb yoki mutaxassislik turi, mehnatga haq toʻlash miqdori, ajratilgan kvotalar soni, ish vaqtining davomiyligi, ish joyigacha va ish joyidan transportda tashish, ishidan mahrum boʻlgan taqdirda ijtimoiy himoya qilish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini hamda tibbiyotga oid boshqa tadbirlarni tashkil etish, mehnat va dam olishni muhofaza qilish, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi yuzaga kelgan taqdirda kompensatsiya olish tartibi va boshqa shartlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning muddatlarini, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibini, shuningdek uning boshqa shartlarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy bandlik agentligining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaning matni xususiy bandlik agentligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy bandlik agentligining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzmasdan, xususiy bandlik agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 17-moddaning sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilari quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining soʻroviga koʻra oʻz faoliyati haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labor-migration” axborot tizimida real vaqt rejimida roʻyxatdan oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi bajarilgan shartnomalarga oid arxiv materiallarini shakllantirishi va saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy bandlik agentligi toʻgʻrisidagi, shuningdek uning filiallari va (yoki) vakolatxonalari haqidagi maʼlumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini yetti ish kuni ichida xabardor qilishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 20-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xususiy bandlik agentliklari tomonidan qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xususiy bandlik agentliklari faoliyatining tekshiruvlarini (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan) oʻtkazish huquqiga ega. Bunda tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilish tartibida oʻtkaziladi. Xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy bandlik agentliklarining hududlari va binolariga moneliksiz kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvga taalluqli barcha zarur hujjatlar bilan tanishib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy bandlik agentliklarining mansabdor shaxslaridan tekshiruv oʻtkazish chogʻida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari yuzasidan yozma tushuntirishlar, shuningdek hujjatlarning zarur boʻlgan, tegishli ravishda tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini olish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 23-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “ellik ming AQSh dollari” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-632-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 03/20/632/1178-son)