Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini va aholini energiya resurslari bilan barqaror va sifatli taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “AKSA ENERJI ÜRETIM A.Ş.” (Turkiya Respublikasi) (keyingi oʻrinlarda — Investor) oʻrtasida Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirish boʻyicha investor majburiyatlarini nazarda tutuvchi investitsiya bitimi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya bitimi) tuzilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) 2021-yil 20-yanvarda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 10-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq:
(1-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Investor ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda yagona xaridor — “Oʻzenergosotish” AJga sotish majburiyatini olganligi;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzenergosotish” AJ Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olganligi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi;
(1-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzenergosotish” AJ elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Investor foydasiga chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Investor oʻrtasida tuzilgan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Belgilansinki, Investitsiya bitimi mazkur qaror imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzenergosotish” AJ va Toshkent viloyati hokimligiga Investor va investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Investor tomonidan bajarilmagan taqdirda, Investor huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq “Oʻzenergosotish” AJga:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Investor tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Investor foydasiga Oʻzbekiston Respublikasining reytingi yuqori darajada boʻlgan tijorat bankining chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolati taqdim etilsin;
investitsiya loyihasi ehtiyoji uchun tabiiy gaz va texnik suv yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga hamda jalb qilinadigan chet el investitsiyalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarini, istisno tariqasida, chet el valyutasiga bogʻlagan holda belgilashga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻztransgaz” AJ “Oʻzenergosotish” AJ bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Investorga tabiiy gaz va texnik suv yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar imzolanishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
7. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investorga chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish hamda respublikada toʻlanishi lozim boʻlgan barcha soliqlar va majburiy toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin respublikada ochilgan bank hisobvaraqlaridan chet ellarda ochilgan bank hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini oʻtkazishga ruxsat berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Investorga Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarda investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda investitsiya loyihasini amalga oshirishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlari sifati ustidan belgilangan tartibda arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek tomonlarning Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasidagi majburiyatlarni bajarishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Investorning buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek ularning oila aʼzolariga kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Investor buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Investor buyurtmanomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmaganlar orasidan) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddatini uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 13-avgust,
PQ-4807-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2020-y., 07/20/4807/1176-son; 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)