Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2021 11.08.2020 yildagi 476-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2021
Hujjat 12.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli ““El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatiga hamda taʼlimga oid qonunchilik takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, bugungi kunda oliy taʼlim soqasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni izchil davom ettirish, tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va fan dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib mustaqil ravishda ishlab chiqishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
476-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 476-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim sohalarining davlat taʼlim standartlarini, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash, tayanch (yetakchi) oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va fanlar dasturlarini kelishish, ular asosida darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining yangi avlodini yaratishni tashkil qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi tahrirdagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standarti. Asosiy qoidalari”ga zaruriyat boʻlganda Respublika oliy taʼlim kengashi bilan kelishgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda tasdiqlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 09/20/476/1165-son)