Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
qurilish meʼyorlari va qoidalari
Meʼmoriy-qurilish atamalari
QMQ 1.01.04-98
1. UMUMIY HOLLAR
1.1. Mazkur qoidalarda keltirilgan atamalar va ularning taʼriflari meʼmorchilik va qurilish sohasida meʼyoriy hujjatlar, davlat mezonlari va texnikaviy hujjatlar tayyorlashda qoʻllaniladi
Keltirilgan taʼriflarining tushunchaviy chegarasiga putur yetkazmasdan, zarurat boʻlganda, bayon etish shakli oʻzgartirilishi mumkin.
1.2. Mazkur bobga Qurilish meʼyorlari va qoidalarida uchraydigan, aniq taʼrifi boʻlmagan va turlicha talqin etiladigan asosiy atamalar kiritilgan.
1.2. Atamalar alifbo tartibda joylashgan.
Atamalarning bir necha maʼnosi boʻlsa, ular odatda, bir taʼrifda birlashtirilgan boʻlib, lekin uning ichida, har bir maʼnosi alohida berilgan.
2. ATAMALAR VA ULARNING TAʼRIFLARI
Avanzal — katta, asosiy zal oldidagi zal.
Avtomobil yoʻlidagi sharoit — xavfsizlikni, transport vositalari harakati uzluksizligini, hamda harakat qatnashchilarini va yoʻl atrofi hududlarini himoya qilishni taʼminlovchi qurilmalar (toʻsiqlar, yoʻl belgilari va koʻrsatkichlar), oʻtish joylari belgilari, yoʻl oldi chiziqlarini yasatish va b. yigʻindisi.
Aglomeratsiya — kattaligi va xalq xoʻjaligi ixtisosi turlicha, zich joylashgan va vazifaviy oʻzaro bogʻliq boʻlgan aholi yashash manzillarining hududiy — iqtisodiy integratsiyasi.
Adgeziya — oʻzaro molekulyar taʼsir sababli, har xil oʻz sathi bilan bir-biriga tegib turuvchi qattiq yoki suyuq jismlarning yopishib ketishi.
Ajratgich tasma — avtomobil yoʻllari qarama-qarshi harakat yoʻnalishlarini (markaziy ajratish tasmasi), yoʻlkalar juda koʻp boʻlganda esa, shuningdek bir yoʻnalishdagi yonma-yon harakat yoʻlkalarni ham ajratib turuvchi yoʻlka.
Ajratish — quvuroʻtkazgich yoʻnalishini ravon oʻzgartirish qismi.
Ajratish manzili — bekat, razyezd, quvib oʻtish manzili va yoʻl soqchixonasi, avtoboʻlaklashda esa temir yoʻl chizigʻini haylovlarga boʻluvchi oʻtish rang chirogʻi.
Ajratuvchi devor — yonma-yon gidrotexnik inshoot orasidagi suv oqimining mustaqil gidravlik rejimni taʼminlovchi tik devor.
Ayirboshlash tasmasi — temir yoki shosse yoʻl ikki tomoni boʻyicha transport tashkilotiga foydalanish uchun berilgan hudud.
Aylanma suv taʼminoti — suv havzalariga juda cheklangan miqdorda tashlagan holda, ishlatilgan suvlardan ishlab chiqarishda koʻp marta takroriy foydalanish.
Alohida xarajatlar turlariga smeta hisobi — smeta meʼyorlarida hisobga olinmagan xarajatlarini oʻrnini toʻldirishi uchun zarur mablagʻlar miqdorini (limit) butunlay qurilish boʻyicha aniqlash lozim boʻlgan holat uchun moʻljallangan smeta hujjati.
Andazaviy qoʻtiqxona — tabiiy jarayonlarga insonning hech qanday aralashuvi kiritilmaydigan qoʻriqxona.
Anker — qoʻzgʻalmas qurilmaga yoki yerda bekitib, mixlab tashlanadigan mahkamlash moslamasi.
Antiseptik belbogʻ — bino yuk koʻtaruvchi devorlarni boʻylab ular jismida qoʻyiladigan, uzluksiz oʻzakli temir beton berk qurilma.
Antiseptirlash — turli nometall ashyolarni (yogʻoch va undan yasalgan buyumlar, plastmassa va b.) ularning biochidamligini yaxshilash va qurilmalarning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida kimyoviy moddalar bilan ishlov berish.
Antresol — uy-joy, jamoat yoki ishlab-chiqarish binolari, xonalarining yuqori qismidagi hajmini egallovchi, uning maydonini kengaytirishga yordamchixonalar, omborlar va boshqalarni joylashtirishga moʻljallangan sath.
Antropogen hodisa — insonning xoʻjalik faoliyati yoki uning xulqidan kelib chiqqan hodisa.
Antropogen ifloslanish — muhitning inson faoliyati natijasida vujudga kelgan har qanday ifloslanish.
Antropogen landshaft — inson faoliyati taʼsirida shakllanadigan-landshaft.
Antropogen landshaft oʻzgarishi — landshaft xususiyatlariga inson faoliyati jarayonlarining taʼsiri natijasi.
Arbitraj ishi — turli darajadagi davlat arbitrajining organlari koʻrib chiqib, hal etadigan meʼmorchilik va shaharsozlik haqidagi qonunchilikning buzilishi bilan bogʻliq meʼmorchilik va shaharsozlik faoliyatidagi xoʻjalik tortishuv ishi.
Arka — ikki tayanch orasidagi egri yopma.
Armatura — 1) (oʻzak) binokorlik qurilmalariga tarkibiy uygʻunlashgan kuchaytirish unsuri;
2) asosiy jihozlar tarkibiga kirmaydigan, lekin uning meʼyoriy ishlashini taʼminlash uchun zarur (quvuroʻtkazgich, elektrtexnik va b. oʻzak) yordamchi moslama va qismlar.
Asos bosimi — poydevor tagligidan tashqarida zaminning tiranishini oldini olish maqsadida tabiiy asosga qoʻshimcha tik zoʻriqish berish.
Asos turgʻunligi — bino yoki inshoot asosining oʻchmas siljish paydo boʻlmay quyilgan yukni saqlab turish xususiyati.
Asosiy gaz tarmogʻi — yonuvchan gazlarni qazib olish joyidan (yoki ishlab-chiqarish) gaz tarqatish stansiyalarigacha (bu yerda isteʼmolchilarni taʼminlash uchun zarur darajagacha kamaytiriladi) tashish gaz tarmogʻi.
Asosiy sarflar — hamma ashyolarning, mahsulot va qurilmalarning, quvvat manbalarining, ishchilar maoshini va qurilish mashina va mexanizmlaridan foydalanish bahosini oʻz ichiga oluvchi qurilish-yigʻuv ishlarining smeta bahosi asosiy tarkibiy qismi.
Assenizatsiya maydoni — tuproqning oʻz-oʻzini tozalash qobiliyati hisobiga, suyuq ifloslanmalarni zararsizlantirish uchun moʻljallangan yerlar.
Atrium — yuqoridan yoritilgan xona.
Atrof-muhit (inson uchun) — 1) insonning yashash va ishlab chiqarish faoliyat muhiti, tabiiy va ijtimoiy muhitga boʻlinadi, tabiiy esa, oʻz navbatida — tabiiy va tabiiy-antropogen yashash muhitiga boʻlinadi; 2) moddiy unsurlardan sunʼiy barpo etilgan, inson hayot faoliyati shular qurshovida va shular bilan oʻzaro munosabatda oʻtadigan tabiiy, antropogen faoliyatdan kam (koʻp) oʻzgargan yigʻindi.
Atrof-muhitni ijtimoiy-iqtisodiy baholash — tabiiy muhitning ifloslanish va boshqa buzilishlari, aholi va halq xoʻjaligiga yoʻqotish yoki zarar koʻrinishida namoyon boʻluvchi ijtimoiy-iqtisodiy oqibatini baholash shaklida aniqlash.
Ashyolar, mahsulotlar va qurilmalarga smeta bahosi — ashyolar, mahsulotlar va qurilmalarga oʻrnatilgan oʻlchov birligiga sanoatni ulgurji bahosini va qurilish maydonining obyekt huzuridagi omborga olib kelishgacha boʻlgan xarajatlarni hisobga oluvchi xarajatlar meʼyoriy oʻlchami.
Ashyolarning toliqishi — ashyolar mexanik va fizikaviy xossalarning zamonda, davriy oʻzgaruvchan quvvat va shakl oʻzgarishi uzoq taʼsiri ostida oʻzgarishi.
Aerodrom qoplamasi — yoʻl qoplamasiga qaratsin.
Aerosuzgich — majburiy shamollatish uchun qurilmasi mavjud — biosuzgich.
Aeroten k aralashtirgich — oqova suv va faol balchiq yoʻlakning bir uzun tomoni boʻylab olib kelinadigan, chiqarib yuborish esa yoʻlakning boshqa tomonidan amalga oshiriladigan aerotenk.
Aerotenk siqib chiqaruvchi — oqova suv va faol balchiq yoʻlakning bir yon tomonidan toʻplab kiritiladigan, hamda xuddi shunday toʻplangan holda yoʻlakning qarama-qarshi yon tomonidan chiqariladigan aerotenk.
Aerotenk tindirgich — oʻzaro, toʻgʻridan-toʻgʻri texnologik aloqalar boʻlgan aerotenk va tindirgich qurilmaviy va vazifaviy bogʻlangan inshoot.
Aerotenk — oqova suvlarni faol balchiq bilan sunʼiy havoga toʻyintirishda biologik tozalash inshooti.
Aholi harakatchanligi — bir odam hisobiga belgilangan vaqt davomida (kecha-kunduz, yil) hamma qatnovlar yigʻindisi soni.
Aholi joylashish tizimi — hududiy va vazifaviy yagona shaharsozlik hosilani shakllantiruvchi aholining maqsadli va tartibga solinadigan joylashuvi.
Aholi joylashishi — yangi aholi yashash manzillari shakllanishi va mavjudlarining taraqqiy etish yoʻli bilan aholining hudud boʻyicha asta-sekin tarqalish jarayoni aholi yashash joylari miqdori kattaligi va turlari, hamda ularning oʻzaro joylashish xususiyatlari bilan tavsiflanuvchi aholining hudud boʻyicha tarqalishi jarayoni natijasi.
Aholi joylashishi bosh sxemasi — fuqaro-qurilish va respublikada aholi joylashishi tizimini mukammallashtirish negiziy yoʻnalishlari sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish yoʻllari va vositalarini aniqlovchi asosiy rejaoldi va loyihaoldi hujjati.
Aholi manzillarini koʻkalamzorlashtirish — 1) aholi manzillarida yashil oʻsimliklarini barpo etish va ulardan foydalanish boʻyicha tadbirlar majmuasi; 2) aholi manzillarida shunday oʻsimliklar tizimi.
Aholi manzillarini tozalash — aholi manzillari hududida paydo boʻluvchi turli chiqindilarni yigʻish, tashish zararsizlantirish boʻyicha tashkiliy, gazshshk — va texnikaviy tadbirlar majmuasi.
Aholi yashash manzillari tizimi — aholi ishlab chiqarishi, mehnati, turmushi va dam olishini muvofiq bir butunfazoviy tashkil etib birlashgan aholi yashash manzillari guruhi.
Boʻz yer — yillar davomida ishlov berilmaydigan yer maydoni.
Baypas — tashilayotgan muhitni (suyuqlik, gaz) asosiy quvuroʻtkazgichdan aylantirib olib oʻtib, yana shu quvuroʻtkazgichga uzatishga moʻljallangan toʻsish vositali boʻlgan quvuroʻtkazgich.
Balkon — tutqich panjara bilan oʻralgan binoning tarzida chiqib turuvchi, odatda, ichki xonalar bilan aloqada boʻlgan maydoncha.
Balustrada — koʻpincha, balkonlar, zinalar, tomlar va hokazolarning baland boʻlmagan shakldor ustunchali balyasinali tutqich koʻrinishlash toʻsigʻi.
Balyasina — zina, balkon va hokazolarning tutqichini ushlab turuvchi baland boʻlmagan shakldor yogʻoch, tosh, metall ustunchalar.
Banket — 1) yoʻl chuqurchasining tepalik tomondan, yogʻin-sochin suvlar oquvidan saqlash uchun joylashtiriladigan tuproq toʻsiq; 2) tuproqli ashyolardan barpo etiladigan toʻgʻonning yuqori va quyi qismida toshdan toʻqilgan prizma.
Barelyef — tasvir devordan yarimdan kamroq boʻrtib chiqib turuvchi tekislikdagi haykalli bezak.
Berma — tuproqli (toshli) qiyalik, toʻgʻon, kanallar, mustahkamlangan qirgʻoqlar, karyerlar va hokazo ustida yoki toʻkma osti (avtomobil yoki temir yoʻl) va rezerv bilan (suv olib ketuvchi ariq), inshootning yuqori qismining turgʻunligini taʼminlash va uni yogʻin-sochin yuvib ketishidan saqlash, xamda inshootdan foydalanish sharoitlarini yaxshilash uchun joylashtirilgan sath (pogʻona).
Betonga oʻtkaziluvchi mustahkamlik — oldindan zoʻriqtirilgan qurilmalar betonning, betonga oldindan zoʻriqtirilish berilayotgan vaqtda (oʻzak taranglanishini qoʻyib yuborish) meʼyorlanadigan mustahkamligi.
Betonning chiqarilishdagi mustahkamligi — beton, unsurlar va temir-beton qurilmalar, betonni tayyorlovchi korxonadan chiqarilishi vaqtidagi meʼyorlanadigan mustahkamligi.
Bikrlik — qurilmaning shakl oʻzgarishiga qarshilik koʻrsatish qobiliyatini baholovchi tavsifi.
Bino (inshoot) qurilmaviy unsuri — bino yoki inshoot tarkib topuvchi qurilma (poydevor, devor, orayopma, tomyopma, zina va sh.k.).
Bino (inshoot) sinchi — kuchni va taʼsirni oʻziga oluvi va bino (inshoot) mustahkamligini va turgʻunligini, taʼminlovchi yuk koʻtaruvchi oʻzak tizimi.
Bino (inshoot) turgʻunligi — binoning (inshootning) uni birlamchi statik yoki dinamik muvozanat holatidan chiqarishga urinuvchi zoʻriqishlarga qarshi turish xususiyati.
Bino (inshoot) shakl oʻzgarishi — bino va inshootlarning turli yuklama va taʼsirlar ostida shakli va oʻlchamlarining oʻzgarishi, hamda turgʻunlikni yoʻqotishi (choʻkish, siljish, ogʻish va b.).
Bino — yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi yoki birgalikdagi (koʻtaruvchi va toʻsuvchi) qurilmalardan tarkib topib, yerda yopiq hajm tashkil etuvchi vazifaviy belgisiga qarab odamlarni yashashi yoki boʻlishiga va turli koʻrinishdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan qurilish tizimi.
Binokorlik qismi — yigʻuv jarayonlarisiz, bir jinsli ashyodan tayyorlangan binokorlik qurilmasi qismi.
Binokorlik qurilmalari — bino yoki inshootlarning yuk koʻtaruvchi, toʻsqich yoxud qoʻshma (yuk koʻtaruvchi va toʻsqich) vazifasini bajaruvchi unsurlari.
Binolar qamrovi yaqinlashishi — haddiy koʻndalang koʻrinish (yoʻl oʻqiga tik holat) ichiga harakatlanuvchi tarkibdan tashqari binolar qismlari va qurilmalar hamda ashyolar, ehtiyot qismlar va jihozlar kirib turishi mumkin emas. Harakatlanuvchi tarkib bilan bevosita oʻzaro munosabatda boʻlishi moʻljallangan qurilmalar qismlari, bundan istisno, agar bu qurilmalarning holati ichki qamrov maydonida harakatlanuvchi tarkib qismlari bilan bogʻliq boʻlsa va ular harakatlanuvchi tarkibining boshqa qismlari bilan oʻzaro taʼsirlanish uygʻotmasa.
Binolar va inshootlar qurilishiga preyskurantlar — taalluqli joylarda muayyan vazifadagi, odatda, andazaviy loyihalar yoki takroriy qoʻllaniladigan loyihaviy yechimlar asosida ishlab chiqiladigan, bino yoki inshootlar qurilishi smeta narxini aniqlash uchun smeta meʼyorlari.
Binolarni havoga toʻyintirish — tashqi va ichki havo zichligi farqi hisobiga amalga oshiriladigan, uyushtirilgan tabiiy havo almashinishi.
Binolarni muhandisiy jihozlanishi — aholiga kulay maishiy va mehnat faoliyatini taʼminlovchi texnikaviy qurilmalar majmuasi, shu jumladan: suv taʼminoti (sovuq va issiq), kanalizatsiya, shamollatish, elektr uskunalari, gaz taʼminoti, axlatni chetlatish va oʻt oʻchirish vositalari, liftlar, telefonlashtirish, radiolashtirish va b. ichki obodonlashtirish turlari.
Binolarning yoʻnaltirilganligi — binolarni yorugʻlikka (ufq tomonlariga) nisbatan joylashishi.
Biobardoshlilik — ashyolar va mahsulotlarning chirishga yoki boshqa buzuvchi biologik jarayonlarga qarshilik koʻrsatish xususiyati.
Bioyoqilgʻi — parchalanish jarayonida juda koʻp miqdorda issiqlik ajratish qobiliyatiga ega organik ashyo.
Biosuzgich — tozalanayotgan massani faol mikrobiologik qatlam qoplaydigan suzgich, ashyo qalinligi orqali yoki ifloslantiruvchilarni yuqori darajada singdirish, yoki chiritish qobiliyatiga ega organizmlar qoʻshilmasi sunʼiy ravishda barpo etilgan joydan oʻtkazish yoʻli bilan oqova suvlarni biologik tozalash inshooti.
Birgalikdagi kuchlanishlar — ikki yoki bir necha kuchlanishni, eng noqulay birgalikda (bir vaqtda) qoʻshma taʼsiri. Hisobga olinayotgan kuchlanishlar tarkibiga qarab farqlanadi: asosiy birgalikdagi kuchlanishlar tarkibi, doimiy, uzoq muddatli va qisqa muddatli kuchlanishlar; kuchlanishni alohida uygʻunlashuvi, doimiy, uzoq muddatli, ehtimolli qisqa muddatli va alohida kuchlanishlardan biridan iborat tarkibda.
Birxillashtirish — oʻlchamlar turlarini kamaytirish va mahsulotlarni oʻzaro almashuvchanligini taʼminlash maqsadida, binolar va inshootlar hajmiy-rejaviy va qurilmaviy yechimlarini, qurilmalar, detallar, jihozlarning maqsadga muvofiq bir nusxaliligi oʻrnatish.
Blok-seksiya — vazifasi boʻyicha mustaqil, binoning boshqa unsurlari bilan birgalikda yoinki oʻzi alohida foydalanishi mumkin boʻlgan, hajmiy-fazoviy unsur.
Bogʻ — aholini madaniy dam olishi uchun obodonlashtirilgan, tabiiy yoki maxsus ekilgan oʻsimliklar qoplagan yer maydoni.
Boloxona qavat — boʻsh, chordoq orasida, uning toʻsuvchi qurilmalarini isitish bilan (baland tomlar nishabini) xona joylashtirish uchun qavat.
Bonitet — tabiatdan foydalanishda, ayrim manbalarni inson nazarida foydaliligi yoki ularning hududiy uygʻunlashuvi va toʻplamini tavsiflovchi sifat koʻrsatkichi. Foydalanilayotgan va foydalanish uchun moʻljallangan xoʻjalik jihatdan qimmatli tabiat obyektlari va manbalarini iqtisodiy ahamiyatini aks ettiradi. Masalan: yerning.
Bosim — jismning qandaydir qismi sathiga tik yoʻnalishda taʼsir etuvchi va teng miqdorda, shu yuzaga meʼyoriy boʻlgan kuch nisbati bilan aniqlanadigan kuchni jadalligini tavsiflovchi kattalik.
Bosh pudratchi — buyurtmachi bilan tuzilgan pudrat shartnomasi asosida, shartnomada nazarda tutilgan obyekt boʻyicha hamma qurilish ishlarini, zarurat boʻlsa, boshqa tashkilotlarni subpudratchi sifatida taklif etish bilan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga javobgarlikni oluvchi qurilish tashkiloti.
Bosh reja — loyihaning bir qismi boʻlib, qurilish obyektlarini rejalashtirish va obodonlashtirish, bino va inshootlarni, transport kommunikatsiyalarini, xoʻjalik va maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish masalalarini majmuaviy hal etadi.
Boshlama — kelasi rejalashtirish davriga oʻtadigan asosiy fondlarni rejali topshirishini va qurilishni bir maromda olib borilishini taʼminlash maqsadida, ishga tushiriladigan obyektlar va majmualarda amalda bajarilishi lozim boʻlgan, tugallanmagan qurilish quvvati boʻyicha hajmi, mablagʻlashtirish hajmi va qurilish-yigʻuv ishlar hajmi.
Boshlama quvvatlar boʻyicha — qurilish boshlangandan boshlab, to rejalashtirilayotgan davr oxirigacha ishga tushirilgan quvvatlarni olib tashlangandagi, rejalashtirilayotgan davr yakunida, qurilish bosqichida boʻlishi kerak boʻlgan, korxonalarning jamlangan loyihaviy quvvati.
Boshlangʻich davr — “nol” deb qabul qilinadigan shartli loyihaviy sathdan pastda joylashgan, bino va inshootlar qismlarini yoki muhandislik kommunikatsiyalarini barpo etish boʻyicha qurilish-yigʻuv ishlari majmui.
Buzmasdan nazorat qilish usuli — mahsulotni buzmasdan yoki ashyoning muayyan xossalari ayrim jismoniy kattaliklarga asoslangan namunasini tanlamasdan (akustak, elektrik, mexanik, magnitik va b.) ashyolar tavsifini va sifatini aniqlash.
Buyurtmachi — xalq xoʻjalik rejalarida qurilish ishlari olib borish uchun mablagʻ ajratiluvchi yoki shu maqsadlar uchun oʻzining mablagʻlari boʻlgan va ularga berilgan huquqlar doirasida loyiha-qidiruv, qurilish-yigʻuv ishlarini olib borishga pudratchi tashkilot bilan shartnoma tuzuvchi tashkilot, korxona yoki muassasa, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslar.
Vaqt muvozanati — ish, ishdan tashqari va erkin vaqtining kattaligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar tizimi.
Vaqtiy qarshilik — qaralsin: mustahkamlik chegarasi.
Vantlar — bukiluvchan unsurlar (tortgich), odatda osma qurilmalarni mahkamlash uchun poʻlat troslar (katga oraliqli tomyopmalar, koʻpriklar va b.).
Veranda — binoga tutashtirib yoki unga ichlama qurilgan, hamda binodan alohida, yengil shiypon koʻrinishida barpo etiladigan, ochiq yoki oynavand, isitilmaydigan xona.
Vertikal koʻkalamzorlashtirish — tik sathlarni koʻkalamzorlashtirish uchun jamalak va chirmalashuvchi oʻsimliklardan foydalanish. Uy-joy va ishlab chiqarish xonalarini mexanik va shovqindan, ifloslanishidan himoya qilish uchun sogʻlomlashtirish toʻsiqlarini yaratishga imkon beradi, ularning mikroiqlim sharoitini yaxshilaydi, estetik ahamiyat kasb etadi.
Vestibyul — tashrif etuvchilarni qabul qilish va oqimini taqsimlashga moʻljallangan, binoning ichki qismiga kirish oldidagi xona.
Vitraj — deraza eshik boʻshligʻiga yoki alohida romga oʻrnatilgan, rangli oynadan yasalgan mavzuli yoki manzarali tasvir.
Voha — uni oʻrab turgan hududdan farqli va aniq tabiiy chegaraga ega qandaydir xususiyati bilan ajoyib joy maydoni.
Gaz tarmogʻi — yonuvchan gazlarni biror manzildan isteʼmolchiga yetkazish uchun moʻljallangan quvur oʻtkazgichlar, jihozlar va asboblar majmuasi.
Gaz taʼminoti — xalq xoʻjaligi va aholi ehtiyoji uchun gaz yoqilgʻisini uyushtirilgan ravishda uzatilishi va tarqatilishi.
Gaz tozalagich inshootlar — atmosferaga tashlanadigan sanoat gazlarini tozalovchi muhandislik qurilmalari va jihozlari.
Gaz tozalash — sanoat gazidan unda mavjud boʻlgan qattiq, suyuq yoki gazsimon aralashmalarni ajratish texnologik jarayoni.
Galereya — 1) muhandislik va texnologik kommunikatsiyalar, xamda odamlar oʻtishi uchun moʻljallangan yer sirtidagi yoki yerdagi bino yoki inshootlarni xonalarini bogʻlovchi butunlay yoki qisman yopilgan, ufqiy yoki qiya, choʻziq inshoot; 2) tomosha zalining yuqori qavati.
Gardish — binoning yuqorida tugallanish qismi; gumbaz tayanadigan silindr yoki koʻpyoqlik.
Geodezik ishlar — qurilish obyektini handasaviy oʻlchamlarini loyihaga monand ekanligini taʼminlovchi, oʻz ichiga geodeziyaviy belgilash asosini yaratish, qurilish jarayonida belgilash ishlarini olib borish, qurilish yigʻuv ishlarini bajarilishini handasaviy aniqligi geodeziyaviy nazorat qilishni, qurilayotgan bino va inshootni shakl oʻzgarishi ustidan geodeziyaviy kuzatuv olib borishni oluvchi oʻlchashlar va qurish.
Geodezik tag reja — qurilish obyektining rejaviy va balandlik holatini aniqlash uchun joyda mahkamlangan geodezik belgilar turi.
Gidravlik toʻsiq — suv qatlami gazlarni istalmagan yoʻnalishda oqishiga xalal berib, ularni bir fazodan boshqasiga oʻtishiga toʻsqinlik qiluvchi uskuna (quvuroʻtkazgichdan. xonaga, quvuroʻtkazgichning bir qismidan ikkinchisiga).
Gidrotexnik toʻsiq — oʻtayotgan suv oqimini boshqarish maqsadida qoʻllaniladigan gidrotexnik inshootlarning suv oʻtkazuvchi teshiklarini yopish va ochish uchun, suv oʻtmaydigan harakatlanuvchi qurilma (suv tashlash toʻgʻoni, shlyuz, quvuroʻtkazgich, gidrotexnik tonnel va sh.k.).
Gorelyef — haykal bezakning tekislikdan yarimdan koʻproq chiqib turishi.
Gradirnya — suv sovitish inshooti.
Guruh pudrati — hoʻjalik hisobi pastki shakli boʻlib, guruhga, maʼmuriyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qurilish obyekti yoki uning qismi boʻyicha ish bajarish topshiriladi va shu shartnomada nazarda tutilgan, ish bajarish uchun zarur boʻlgan sharoitlar yaratiladi.
Gumbaz — fazoviy qurilma, bino va inshootlarning qabariq egri sathli qubba shakliga ega tom yopmasi. Silindrsimon, tutash, qubbasimon gumbazlar mavjud.
Dahliz — ketma-ket ochiluvchi tashqi va ichki eshiklari, tashqaridan sovuq havo oqimini xonaga kirishiga toʻsqinlik qiluvchi binoga kirish uchun oʻtish xonasi.
Daxliz-shlyuz — bir xonadan boshqasiga yongʻin, gaz, bugʻ, chang va boshqa zararli moddalarning oʻtish imkoniyatini bartaraf etuvchi, hamda xonalarda berilgan havo muhitini oʻlchamlarini saqlash uchun maxsus qurilmalar bilan jihozlangan dahliz.
Davlat qabul hayʼati — oʻrnatilgan tartibda tayinlaydigan, qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qiluvchi hayʼat.
Davlat yer zaxirasi — bevosita maqsadli foydalanilmaydigan, foydalanuvchilarga berilmagan yerlar, boshqa toifadagi yerlardan foydalanish va yangi yerdan foydalanuvchilar tashkil qilish uchun ehtiyot hisoblanadi.
Davlat meʼmoriy shaharsozlik nazorati — vazirliklar va idoralar, korxona, muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari, hamda yuridik va jismoniy, jumladan xorijiy shaxslar tomonidan, meʼmorchilik — shaharsozlik yashash manzillarini rejalashtirish va qurish boʻyicha belgilangan meʼyorlar, alohida binolar va inshootlar, ish sifati va foydalanish talablariga rioya etilishini tegishli vakolatli organlar tomonidan nazorat olib borilishi.
Davlat nazorati — tegishli davlat organlari muassasaviy masalalar va ishlar turi boʻyicha amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarida buzilishlarni aniqlash, loyihadan cheklanishlarni, meʼyoriy hujjatlar va andozalar talablariga rioya etilishini, aniqlash va yoʻqotish maqsadida olib boriladigan nazorat.
Davlat tabiiy milliy bogʻi — alohida ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega, tabiat majmualarini saqlash uchun barpo etilgan va xoʻjalikda foydalanishdan xoli etilgan maydon.
Dam olish mintaqasi — aholi tomonidan anʼanaviy foydalaniladigan yoki qisqa va uzoq muddatli dam olish, sayohat va sanatoriy-kurort davolanishi uchun maxsus tashkil etilgan tabiat hududi — oromgoh mintaqa.
Damba (koʻtarma) — daryo va dengiz qirgʻoq boʻyi pastliklarini suv bosishidan, kanallarni oʻpirilishidan, bosimli gidrotexnik inshootlarni qirgʻoqlari (bosimli dambalar) bilan tutashishidan himoyalash uchun, daryo oʻzanlarini rostlash, kemachilik sharoitlarini yaxshilash va suv oʻtkazish, suv toʻplash inshootlari ishlarini yaxshilash uchun tiklangan toʻkma koʻrinishdagi gidrotexnik inshoot.
Dendrariy — ilmiy, maʼrifiy va xoʻjalik maqsadlarida, daraxtlar va oʻsimliklarni ochiq joyda madaniylashtiriladigan dendrologik bogʻ.
Derivatsiya — daryodan, suv omboridan yoki boshqa hovuzdan suvni boshqa tomonga burib yuborish va uni GES tuguniga tashish (keltiruvchi D), hamda undan suvni chetlashtiruvchi (chetlatuvchi D) inshootlar tizimi.
Detsibel (db) — beldan 10-marta kichik boʻlgan, shovqin darajasini oʻlchash birligi.
Dizayn — narsalar, bino ichi va binolarni qulaylik, tejamkorlik va goʻzallikning mushtarakligi negizida, badiiy qurish.
Dinamik kuch — ahamiyati, yoʻnalishi yoki qoʻyilish nuqtasi vaqtay tez oʻzgaruvchanligi bilan tavsiflanadigan va qurilmalar unsurlarida katta inersiya kuchini kuzatuvchi kuch.
Dispetcherlashtirish — qurilish ishlab chiqarishini hamma qismlarini, maromida va qurilish-yigʻuv ishlarini, ildam rejalar va ishlab chiqarish jadvallarini bajarilishini boshqarish va nazorat qilish va uni moddiy-texnikaviy manbalari, tashkilotlar, yordamchi korxonalar va xizmat koʻrsatuvchi hoʻjaliklar ishini kelishtirishni taʼminlashga qaratilgan markazlashgan tizimi.
Doimiy yuk — bino va inshootning butun xizmat muddati davomida doimiy taʼsir etuvchi kuch.
Doirasimon (qobiqsimon) qoziq — doirasimon boʻshlikli temir-beton qoziq, boʻshligʻi tuproq yoki beton bilan toʻldiriladi.
Donador tarkib — beton toʻldirgichlarida, tuproqda yoki sunʼiy mahsulotda tadqiq qilinayotgan nusxada massa (ogʻirlik) foizlarda yoki donalar umumiy miqdori boʻyicha ifodalangan turli yiriklikdagi donalar (zarralar) bor boʻlishi.
Drena — yer osti suvlarini yigʻish va chetlatish uchun yer osti sunʼiy qurilmasi (quvur, quduq, boʻshliq).
Drenaj — yer osti suvlari sathini pasaytirish, bino (inshoot) atrofidagi tuproq qatlamini quritish, sizish bosimini kamaytirish maqsadida, ularni yigʻish va chetlatish uchun quvurlar (drena) quduqlar va boshqa qurilmalar tizimi.
Dyuker — daryo (kanal) oʻzani ostidan. chuqur vodiy (jarlik) yon bagʻri yoki tubidan, chuqurlikda joylashgan yoʻl ostidan oʻtkaziladigan quvuroʻtkazgichning bosimli qismi.
Yendova — tomning suv yigʻish botiq qirrasi.
Yer ajratish — yer qonunchiligida oʻrnatilgan tartibda va meʼyoriy hujjatlar bilan aniqlanuvchi oʻlchamlarda korxona,bino va inshootlar qurish, ulardan foydalanish va ularning taraqqiyoti uchun zarur yer berish.
Yer ustki qavati — xonaning pol sathi yerning(trotuar, toʻshama) rejaviy sathidan past boʻlmagan qavat.
Yer fondi — 1) mamlakat doirasidagi hamma yerlarning yigʻindisi; 2) maʼmuriy-hududiy-birliklardagi alohida yerdan foydalanuvchilar chegaralaridagi umumiy yer maydoni.
Yerga egalik — tegishli huquq va majburiyatlarni nazarda tutilgan holda yerdan belgilangan shartlar boʻyicha foydalanish.
Yerdan foydalanish — 1) xoʻjalikka, korxonaga muassasaga, boshqa tashkilotlarga yoki jismoniy shaxslarga taqdim etilgan yer maydonlaridan foydalanish tartibi, sharti va shakli; 2) foydalanuvchining yer maydonlari yigʻindisi.
Yerlarni rekultivatsiyalash — buzilgan yerlarni hosildorligini va xoʻjalik qiymatini tiklash boʻyicha muhandislik texnikaviy, agrotexnik, biologik va b. tadbirlar majmuasi.
Yerni baholash — tuproq unumdorligini, tabiiy-iqlimiy sharoitlarni va yer maydonlarini iqtisodiy imkoniyatini tavsiflovchi koʻrsatkichlarni aniqlash va solishtirishga asoslangan, yerning tabiiy va xalq xoʻjalik qimmati holati haqida xulosa tayyorlash.
Yertoʻla qavati (yertoʻla) — pol sathi, yerning (trotuar, toʻshama) rejaviy sathidan, unda joylashgan xonalarning balandligi yarmidan kam boʻlmagan qavat.
Yetishish radiusi — metr, kilometr yoki minut soatda ifodalanuvchi masofa yoki vaqtni tavsiflovchi koʻrsatkich, uning chegarasida aholi uchun u yoki bu obyektlarga borib kelish osonligi.
Yogʻochni antipirlash — yogʻochni olov taʼsiriga chidamliligini oshirish maqsadida kimyoviy moddalar eritmasi yoki aralashmasini (antipirenlar) chuqur yoki yuzaki singdirish.
Yozgi xona — asosan yilning iliq davrida foydalanishga moʻljallangan, uy yoki yordamchi xona vazifasidagi, ochiq, yarimochiq va berk xona.
Yomgʻir tushish joyi — ortiqcha yomgʻir suvlarini suv havzasiga tashlash uchun yarim ajratuvchi va umumoqizish kanalizatsiyasi tizimi tarmogʻidagi inshoot.
Yomgʻir chetlatuvchi — yomgʻir kanalizatsiyasi tizimidan oqava suvlarni havzaga chiqarib tashlash uchun inshoot.
Yongʻindan himoyalash qoplamasi — binokorlik qurilmalarini, yongʻin taʼsiriga qarshiligini oshirish maqsadida sirtiga ishlov berish (suvash, pastalar surkash va sh.k.).
Yonchoʻqur — bino yoki inshootning qandaydir qismida oʻrnatiladigan xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning shu yerda joylashgan qurilma va uskunalarga erkin kirishini yoki atrof muhit bilan fazoviy aloqasini yaxshilashni taʼminlovchi joydagi chuqurlik.
Yoriqbardoshlilik — temir-beton qurilmalarning kuch va taʼsirlar natijasida yoriqlar paydo boʻlishiga qarshilik koʻrsatish xususiyati.
Javon — binoda yoki undan tashqarida erkin turuvchi va tomyopmalarida texnologik va hokazo jihozlarni va transport vositalarini joylashtirish uchun moʻljallangan koʻp qavatli sinchli (bedevor) inshoot.
Jamlangan kuch — juda kichik maydonga (nuqtaga) beriladigan kuch.
Jamoat xizmat koʻrsatish pogʻonalari — aholining foydalanish takroriyligi negizi boʻyicha ajratiladigan xizmat koʻrsatish muassasalari guruhi.
Jamoat bino va inshootlari — aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatishga va maʼmuriy muassasalarni va jamoat tashkilotlarini joylashtirish uchun moʻljallangan bino va inshootlar.
Jihoz limit bahosi — yangitdan oʻzlashtirilayotgan yoki mezonlashtirilmagan jihozni yaratish uchun topshiriq beruvchi tashkilot tayyorlovchi vazirlik (tashkilot) bilan zarur boʻlgan hollarda jihoz ehtiyojmandlari bilan ham kelishuv boʻyicha birlamchi talablarida aniqlanadigan narx. Limit narxlar jihoz bahosini tub qurilish smetalarida aniqlash uchun moʻljallangan va muayyan jihoz turiga narx qoʻyilayotganda orttirib yuborilishi mumkin emas.
Jihozlar guruhiy limit bahosi — asosiy jihoz birligiga oʻrnatilgan, vazifasi va qurilmaviy tavsifi (masalan: quvvati, ish unumdorligi, muassasa va b.) boʻyicha bir xil jihozlar guruhi uchun texnikaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni aniqlovchi narx.
Jihozlarni majmuaviy sinash — oʻrnatilgan hamma jihozlarni ishlashini texnikaviy talablarga monand ekanligini tekshirish.
Jihozlarni yakka sinash — oʻrnatilgan jihozlarni texnik talablarga mosligini alohida ishlab tekshirish.
Jihozlarning smeta bahosi — ulgurji narxi, oʻrnatilgan toʻplam ehtiyot qismlari bahosini, ilishga,oʻrashga va rekvizitorlarga xarajatlarni, qurilish obyekt qoshidagi omborga olib kelgungacha boʻlgan transport sarflariga tayyorlov omborxona xarajatlari va butlashga sarf-xarajatlarni oʻz ichiga oluvchi qurilish smetasida nazarda tutiladigan jihozlar narxi.
Jihozni oʻrnatish smeta bahosi — yigʻuv tashkilotining obyekt huzuridagi ombordan jihozli to loyihaviy oʻrnatish joyiga keltirish boʻyicha, texnik shartlar bilan belgilangan, yigʻish boʻyicha bajarilgan ishlar va jihozni yakka tartibda sinash boʻyicha hamma xarajatlarini, oʻrnatilgan oʻlchov birligiga, jihozni yigʻish smeta bahosini aniqlash uchun moʻljallangan narx.
Joiz — moʻtadil oʻlchamlardan joiz etilgan chetlashishning arifmetik jamiga teng, eng katta va eng kichik haddiy oʻlchamlar farqi.
Joylashish yagona tizimi — xoʻjalikni hududiy tashkil etishni tavsif etuvchi, mehnat samaradorligini oshirish, shahar va qishloqlarni integratsiyalash, hayot darajasini va hayot faoliyati sharoitlarini tenglashtirish asosida, jamiyatni moddiy va madaniy farovonligini oshirishga imkoniyat yaratuvchi ijtimoiy-iqtisodiy toifa.
Zoʻriqish — tashqi kuchlanish va taʼsirdan (koʻndalang va boʻylama kuchlar; eguvchi va burovchi momentlar) qurilmalar unsurining koʻndalang kesimda paydo boʻluvchi ichki kuch.
Zoʻriqish redaksatsiyasi — shakl oʻzgarishi doimiyligida ashyoda (jismida) zoʻriqishining asta sekin oʻzgarishi.
Zaboy — ishlab-chiqarish jarayonida siljiydigan tuproqni ochiq yoki yer osti usulida qazib chiqariladigan ish joyi.
Zabral devor — suv toʻplagich tirqishi oldida joylashgan va pastki qirrasi bilan gidrotexnik inshoot suvi eng kam darajasiga choʻktirilgan va unga shuga (tubmuzi), qanotlar va sh.k. tushib qolishidan himoyalash uchun tik, devor.
Zakaznik — tabiiy hudud bir qismi boʻlib, unda tabiat manbalarini, jonivorlar, oʻsimliklar ayrim turlarini yoki yaxlit landshaftni, saqlash, qayta tiklash maqsadida insonning bir yoki bir necha xoʻjalik faoliyatiga cheklashlar kiritiladi.
Zalog — zaminning oʻrtacha raddi kattaligini oʻlchash uchun qoqilayotgan qoziqqa toʻqmoq zarbi qatori.
Zamindagi devor — yerosti va chuqurlashtirilgan inshootlar tik devorlarini, hamda tuproqni oʻpirilishdan toʻxtatib qoluvchi xandaqlarda bentonit loy (suspenziya) qorishmasi himoyasida oʻrnatiladigan sizishga qarshi qoplama tiklash usuli.
Zaminni barqarorlash — 1) asoslar va tuproq ashyoli inshootlar, tuproq birikuv jarayoni tugagandan soʻngi tuproq holati (yaʼni, shu zoʻriqish holatida eng katta choʻkishga erishish); 2) zaminni shakl oʻzgarishini kamaytirish va mustahkamligini oshirish maqsadida, uning xossalarini yaxshilash usuli.
Zaminni mahkamlash — tabiiy holatda turgan zaminga, asosning koʻtarish xususiyatini oshirish, xandaq va togʻ qazilmalari devorlarini mahkamlash, sizishga qarshi toʻsiqlar barpo qilish va sh.k. maqsadida, maxsus ishlov berish (sementlash, slikatlash, smolalash, loylashtirish, bitumlash, elektroximyoviy yoki haroratli taʼsirlantirish, muzlatish va b.) yoʻli bilan yangi fizikaviy-mexanik xususiyat berish.
Zaminni muzlatish — boʻsh, suvga toʻyingan zaminni muzlatiladigan joyiga kiritilgan quvurlar boʻyicha, sovuqlatgichni aylantirish yoʻli bilan, moʻljallangan oʻlchamlarda muz zamin qatlamlarini va mustahkamlikni hosil qilib, vaqtinchalik mahkamlash usuli.
Zaminni namlash — choʻkuvchan yerlarni suv bostirish yoʻli bilan choʻkishi moʻljallangan barqarorlikkacha zichlash usuli.
Zaminning siljuvchanligi — oʻzgarmas bosim ostida zaminning maʼdanli skleti (asosan loyli) vaqt davomida shakl oʻzgarishi.
Zarbaviy yopishqoqlik — ashyoning moʻrt buzilishga qarshiligini baholovchi shartli mexanik tavsifi.
Zaxvatka — tarkibi va ish hajmi bilan muayyan va undan keyingi joylarda takrorlanuvchi, qurilish-yigʻish ishlarini uzluksiz bajarilishiga moʻljallangan bino, inshoot qismi.
Zilzilabardoshlilik — bino va inshootlarning zilzilaviy taʼsirlarga foydalanish qobiliyatini yoʻqotmay, qarshi turish xususiyati.
Zichlovchilar — bino va inshootlarning choklarini va qurilmaviy birikmalarini oʻtkazmasligini (suv, tovush va sh.k.) taʼminlash uchun qoʻllaniladigan egiluvchan yoki yumshoq egiluvchan ashyolar.
Iqlim — 1) mazkur joyga xos, uning geografik sharoitlariga mos, ob-havoning koʻp yillik rejimi; 2) geografik qobiqqa (biosferaga)kiruvchi troposfera xususiyati.
Idishlar, joylash va rekvizit smeta narxi — jihozlarni, ashyolarni, mahsulotlarni va qurilmalarni tashish va qurilish obyekti qoshidagi omborlarda saqlash davrida saqlanishini taʼminlash boʻyicha, smetalarda zavod-yetkazib beruvchi, xarajatlarini qoplashni nazarda tutiladigan mablagʻlar.
Idoraviy meʼyoriy hujjat — hudud yoki xalq xoʻjaligi tarmogʻiga xos va respublika meʼyoriy hujjatlarida tartibga solinmagan masalalar boʻyicha talablarni oʻrnatuvchi meʼyoriy hujjat.
Ijozatlangan oromgohlik yuklanish — tabiat majmuyining turgʻunligi, ruhiy halovat va madaniy-tarixiy yodgorliklarni maʼqul foydalanish sharoitlari saqlanib qoladigan, vaqt birligida, maydon birligiga tashriflar soni.
Ijro chizmalari — obyektni foydalanishga qabul qilib olishda, ish olib borishga masʼul shaxsning amalda bajarilgan ishlar chizmalarga monand ekanligi, shu jumladan, ularga kirgazilgan oʻzgarishlarni hisobga olinganligi haqida yozuvlar bilan taqdim etiladigan chizmalar.
Ijtimoiy infratuzilma — ijtimoiy hayot faoliyati uchun sharoit yaratuvchi xalq xoʻjaligi tarmoqlari yigʻindisi.
Ilish — yigʻilayotgan, tashilayotgan yoki yuk koʻtaruvchi mashina ilgagi bilan koʻtarilayotgan qurilma (mahsulot, jihozlarni) vaqtincha ulash.
Investorlik smetasi — buyurtmachi tomondan oldindan qurilishni narxini baholash, turli bosqichlarda mablagʻlar miqdorini aniqlash, pudrat savdosini tayyorlashga yoki pudratchi bilan, muzokaralar uchun moʻljallangan loyihadan oldingi yoki loyiha-smeta hujjatlari tarkibidagi hujjatlar toʻplami. Investorlik smetasida jihozlar,loyiha-qidiruv ishlari, qurilish bilan shugʻullanuvchi buyurtmachi xizmatini mablagʻ bilan taʼminlash va sh.k. qoʻshilgan holda, qurilishning toʻla bahosi keltiriladi.
Insolyatsiya — yer sathining quyosh radiatsiyasidan nurlanishi.
Interyer — 1) meʼmoriy va badiiy bezalgan va jihozlangan binoning, xonaning ichki qismi; 2) xonaning ichki koʻrinishini tasvirlovchi kartina rasm.
Infratuzilma — u yoki bu organizmning (shahar, tuman, viloyatning) faoliyat koʻrsatishini taʼminlovchi obyektlar va inshootlar toʻplami.
Inshoot — hajmiy, sathiy yoki chiziqli yerda, yer ustida yoki yer ostidagi yuk koʻtaruvchi, ayrim hollarda toʻsuvchi qurilmalardan tashkil topgan va turli ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, ashyolarni, mahsulotlarni, jihozlarni saqlash uchun, odamlarni vaqtinchalik boʻlishi, odamlar va yuklarni tashish va sh.k. uchun moʻljallangan qurilish tizimi.
Isitish — issiqlik yoʻqotilishini oʻrnini toʻldirish va xonadagi odamlarga issiqlik boʻyicha qulaylik shartlari bilan aniqlanadigan yoki u yerdagi sodir boʻlayotgan texnologik jarayonlar talablariga muvofiq, berilgan darajadagi haroratni saqlash maqsadida xonani sunʼiy qizdirish.
Issiqlik tarmogʻi — issiqlik manbaidan isteʼmolchilarga issiqlik tashuvchi (issiq suv yoki bugʻ) oʻtadigan quvur oʻtkazgichlar (issiqlik oʻtkazgichlar) yigʻindisi.
Issiqlik taʼminoti — turar joy, jamoat va sanoat binolari va texnologik isteʼmolchilarni, isitish, shamollatish, issiq suv bilan taʼminlash tizimlarini issiqlik tashuvchi (issiq suv yoki bugʻ) yordamida issiqlik bilan taʼminlash.
Istiqomat hududi — uy-joy, jamoat binolari qurilishi, bogʻ-rogʻlar, xiyobonlar va b. joylashtirish uchun moʻljallangan shahar hududining qismi.
Ish koʻlami — belgilangan sonli ishchilarni ularga berilgan mehnat vositalari bilan (mexanizmlar, moslamalar, ashyolar) joylashtirish uchun zarur, qurish obyektining bir qismi.
Ish olib borish loyihasi (iobl) — qurilish-yigʻuv ishlarini bajarish texnologiyasi, muddati va manbalar bilan taʼminlash tartibini aniqlovchi va binolar (inshootlar) qismlarini tiklash boʻyicha ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda asosiy qoʻllanmaviy hujjat boʻlib xizmat qiluvchi loyiha.
Ishga tushiriladigan majmuaga kiruvchi obyektlar smeta narxi vedomosti — korxona, bino va inshootlar qurilishi va ishga tushirilishi, alohida topshiriladigan majmualar holida amalga oshirilishi moʻljallanganda, tayyorlanishi zarur boʻlgan hujjat. Bu vedomost topshiriladigan majmua tartibiga kiruvchi obyektlar hamda umum maydon ishlari va xarajatlari smeta narxini oʻz ichiga oladi.
Ishga tushiriluvchi majmua — asosiy ishlab chiqarish va yordamchi vazifasidagi obyektlar guruhi: quvvat, transport va omborxona xoʻjaligi, aloqa, maydon ichi muhandislik kommunikatsiyalari, obodonlashtirish va qurilishning bir qismi yoki navbati hisoblanadigan b. obyektlar ishga tushirilishi loyihada nazarda tutilgan mahsulot chiqarishni yoki xizmat koʻrsatishni va amaldagi meʼyorlarga binoan xizmat koʻrsatuvlar uchun meʼyoriy mehnat sharoitlari yaratishni taʼminlaydi.
Ishlab-chiqarish hujjatlari — qurilish-yigʻuv ishlarini olib borilishi va qurilishning texnikaviy holatini aks ettiruvchi (ijro chizmalari va chizmalari, ichiga jadvallar, qabul qilish dalolatnomalari va bajarilgan ishlar hajmi roʻyxati, umumiy va maxsus ishlar jurnallari va b.) hujjatlar toʻplami.
Ishlab-chiqarish binolari — sanoat va qishloq xoʻjalik korxonalarini joylashtirish va odamlar mehnat qilishi va texnologik jihozlardan foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratilishini taʼminlaydigan bino.
Ishlab chiqarish sifat nazorati — bino va inshootlar qurilmalari va ularning tarkibiy unsurlarini obyekt qurilishi jarayonida loyihada belgilangan va meʼyoriy hujjatlar, mezonlar talab etadigan, xandasaviy, fizik-texnikaviy va texnologik oʻlchamlari va xususiyatlariga rioya etilishini kirish, ilgʻor va qabul nazorati.
Ishlab-chiqarish — texnologik butlash — ishchi mintaqalarga maxsus tashkil etilgan bazalarda ishlab-chiqarishda qoʻllash uchun toʻla tayyor holga keltirilgan ashyolarni, mahsulotlarni va qurilmalarni butlab keltirish.
Ishlab-chiqarish meʼyorlari — mehnat va moddiy manbalarning ish hajmi birligini (mahsulot birligi) ishlab-chiqarishga sarf kattaligini oʻrnatadigan meʼyor.
Ishlanayotgan hudud — yer osti togʻ ishlari olib borish natijasida, bino yoki inshoot asosida zamin notekis choʻkishi yoki siljishi vujudga kelishi mumkin boʻlgan hudud.
Ishonchlilik — bino va inshoot xamda uning koʻtaruvchi va toʻsuvchi qurilmalarining foydalanish davrida berilgan vazifalarni bajarish xususiyati (qobiliyati).
Ishchi qabul hayʼati — oʻrnatilgan tartibda, qurilish tugallangan obyektda bajarilgan ishlarni qabul qilib olish va uni davlat qabul hayʼatiga taqdim etish uchun tayinlanadigan hayʼat.
Ishchi maydon — bevosita qurilish-yigʻuv ishlari olib boriladigan va shunga zarur ashyolar, tayyor qurilmalar va mahsulotlar, mashina va moslamalar joylashtiriladigan maydon.
Ishchi chizmalar — bevosita qurilish-yigʻuv ishlarini bajarish yoki binokorlik mahsulotlarini va qurilmalarini tayyorlash uchun moʻljallangan chizmalar.
Yoʻl qoplamasi (aerodrom qoplamasi) — transport vositalari ogʻirligini oʻzlashtiruvchi va uni tarqatilgan holda, mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda qoplama, asos va qoʻshimcha qatlamlardan tashkil topgan (muzlashdan himoyalovchi, zovurlashtiruvchi, tekislovchi va b.) yer koʻtarmasiga va zaminga oʻtkazuvchi bir qatlamli yoki koʻp qatlamli qurilma.
Yoʻl qoplamasi (aerodrom qoplamasi) — transport vositalari ogʻirligini oʻzlashtiruvchi va asosni iqlimiy omillar taʼsiridan himoyalovchi, bir qatlamli yoki koʻp qatlamli yoʻl (aerodrom) qoplamasi yuqori qismi.
Yoʻl qoplamasi gʻadir-budurligi — yoʻl qoplamasi yuzasining zarra xandasaviyligi bilan tavsiflanuvchi (boʻrtiqlar va oʻyiqlar, tekis va uzluksiz joylashishi yigʻindisi) va avtomobil shinasini yoʻl qoplamasi bilan jipslanishini taʼminlovchi sifati.
Yoʻl usti qurilmasi — relslar, relslar mahkamlagichidan, strelka oʻt oʻtkazgichlaridan, shpallar, oʻtkaziluvchi va koʻprik chor qirra gʻoʻla, boshqa rels tayanchlari, hamda toʻshama qatlami va gʻildirab ketishga qarshi va harakat tarkibini gʻildiraklari harakatini yoʻnaltirish, transport vositalaridan ogʻirlikni qabul qilish va uni yer koʻtarmasiga va zamin asosiga uzatishga moʻljallangan temir yoʻl yoki tramvay yoʻlining qismi.
Yoʻl cheti — tuproq koʻtarmaning cheti va avtomobil yoʻli oʻtish qismi qirrasi yoki temir yoʻl posangi prizmasi tagi oʻrtasidagi yon qismi.
Yoʻl-iqlimiy mintaqasi — mamlakat hududining avtomobil yoʻllarini bunyod etishdagi iqlimiy sharoitlar xususiyatlari boʻyicha, suv issiqlik rejimi, yer osti suvlari chuqurligi, zaminning muzlash chuqurligi, faqat shu joyga xos boʻlgan atmosfera yogʻimlari miqdori birligi bilan tavsiflanuvchi shartli qismi.
Yoʻriqnoma — 1) investitsion jarayonning hamma ishtirokchilari uchun rioya etish majburiy boʻlgan loyihalash va qurilishni amalga oshirishni tartib va usullarini oʻrnatuvchi koʻrsatmalar, qoidalar yigʻindisi; 2) qurilish meʼyorlari va qoidalari tizimida respublikaviy (RQM) yoki idoraviy (IQM) meʼyoriy hujjatlar: sanoatning ayrim tarmoqlari korxonalarini, hamda turli vazifadagi binolar va inshootlar, qurilmalar va muhandislik jihozlarini loyihalashtirishni; qurilish-yigʻuv ishlarini olib borishni; ashyolar, qurilmalar va mahsulotlarni koʻllanishini; loyiha-qidiruv ishlarini tashkil etish boʻyicha, mehnatni va qurilishdagi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni va b. meʼyor va qoidalarini oʻrnatadi.
Yigʻma qurilmalar — korxonalarda tayyorlanadigan, bino va inshootlarni barpo etishda ishlatiladigan binokorlik qurilmalari.
Yigʻmalik darajasi — binolar (inshootlar) loyihasi texnikaviy-iqtisodiy baholash va qurilishning texnikaviy darajasi, yigʻma qurilmalar va qismlar smeta narxini (franko qurilish maydonchasi), hamda sanitariya-texnikaviy, elektrotexnikaviy va texnologik tizimlar uchun oldindan tayyorlangan qurilish-yigʻuv ishlari hajmiga hamma qurilish ashyolari, qurilmalari va qismlari smeta bahosiga qoʻshiluvchi nisbat bilan tavsiflanuvchi koʻrsatkichi.
Yigʻuv — oʻrnatuv, muhandislik qurilmalarni (qurilmaviy unsurlarni) yoki nazorat va avtomatika vositalarini ulash bilan texnologik jihozlarni hamda xomashyo, suv, bugʻ, quvvat va sh.k. uzatuvga va ishlab-chiqarish chiqindilarini chetlatishni taʼminlaydigan kommunikatsiyalarni loyihaviy holatda oʻrnatish va oʻzgarmas qilib mahkamlash.
Yigʻuv konduktori — yigʻilayotgan qurilmalarni yoki ular unsurlarini loyihaviy holda ekanligini tekshirish va vaqtinchalik mahkamlash jihozi.
Yigʻuv majburiy — qurilmalarni asbobiy-nazoratsiz, erkin tarzda tasodifiy siljishini cheklash bilan, loyihaviy holatiga yoʻnaltirish va oʻrnatishni taʼminlovchi, qurilmalarni (jihozlarni) maxsus qaydlovchi moslamalardan foydalanib tekshiruvsiz yigʻishning bir turi.
Yigʻuv ochiqligi — yirik oʻlchamli jihozlarni yoki kattalashtirilgan qurilmalar tugunlarini yigʻuv joyiga yoki uning aksida, toʻsiqsiz siljitishni taʼminlash uchun loyihada nazarda tutilgan devordagi yoki orayopmadagi teshik.
Yigʻuv rahbari — jihozlarni oʻrnatish ustidan, shu jihozni tayyorlagan korxona yoki u jalb etgan ixtisoslashgan tashkilot buyurtmachi bilan shartnoma boʻyicha amalga oshiradigan texnikaviy rahbarlik.
Yigʻuv tekshiruvisiz — tutashuv sathlariga teshiklarga va choklardagi inlarga yuqori aniqlikda ishlov berilgan qurilma va jihozlarni qoʻshimcha siljitishsiz (tekshiruvsiz) yigʻish.
Yigʻuv uskunasi — ortish (tushirish), tashish, yiriklashtiruvchi yigʻuv va qurilmalarni loyihaviy holda doimiy mahkamlashni hisobga olgan holda, yigʻish bilan bogʻliq ishlab-chiqarish jarayonlarini va ishlarini bajarilishini taʼminlovchi qurilma va moslamalar.
Yigʻuv — oldi jihozlar taftishi — jihozlarni oʻrnatish oldidan texnikaviy talablarga monand ekanligini maxsus tekshirish.
Yiriklashtirib yigʻish — binokorlik qurilmalari alohida unsurlarini, jihozlar, quvur oʻtkazgichlar tugunlarini va sh.k. yigʻuv vositalarining yuk koʻtarishiga monand ogʻirlikdagi yigʻuv bloklariga avvaldan birlashtirish.
Yiriklashtirilgan smeta meʼyorlari (ysm) — butunlay binolar va inshootlar boʻyicha ham, shuningdek, binolarning alohida qurilmaviy qismlari va ish turlari, hamda texnologik jihozlar qismlari boʻyicha ham, qurilish-yigʻuv ishlarini smeta narxini aniqlash uchun moʻljallangan tarmoqlar aro yoki tarmoq vazifasidagi smeta meʼyoriy hujjatlar.
Koʻprik boʻshligʻi — hisobiy yuqori suv sathida oʻlchangan, koʻprik osti boʻsh fazo ufqiy oʻlchamlarining yigʻindisi.
Koʻprik polotnosi — transport vositalaridan bevosita ogʻirlikni qabul qiluvchi va oraliq tuzilmaning boshqa qismlariga uzatuvchi, koʻprik oraliq qurilmasi.
Koʻtarilish qanoti — tortqich qurilmalar (arka, gumbaz va sh.k.) tayanch nuqtasini birlashtiruvchi chiziqdan tik masofa.
Koʻtarmalash — joylarni yuza suvlar bosishidan yer koʻtarmalari va dambalar bilan toʻsish.
Kabel kanalizatsiyasi — shaharlarda va sanoat korxonalarida elektr va telefon tarmoqlarini joylashtirish uchun doimiy yer osti inshootlar tizimi.
Kazino — oʻyinlar uyi; tamaddixonasi boʻlgan koʻngilxushlik muassasasi.
Kamin — 1) keng, ochiq oʻtxonali xona pechi; 2) elektr isituvchi asbob.
Kanal — 1) chuqurlikda yoki tashlamada joylashgan suvni bosimsiz oʻtkazishga moʻljallangan, choʻziq ochiq inshoot; 2) kommunikatsiyalarni oʻtkazish uchun moʻljallangan (kabellar, quvur oʻtkazgichlar va sh.k.) balandligi turtib chiqqan qurilmasigacha 2 dan kam boʻlmagan yopiq yer osti choʻziq inshooti.
Kanalizatsiya — aholi yashash manzillari, sanoat korxonalari va boshqa obyektlar hududidan oqova suvlarni qabul qilish, toʻplash va chetlatishni, hamda ularni tozalash va qayta foydalanishdan yoki suv havzasiga tashlashdan oldin zararsizlantirishni taʼminlaydigan muhandisiy inshootlari (quvuroʻtkazgichlar, nasos stansiyalari, tozalash inshootlari) va jihozlar ( sanitariya asboblari, quvurlar va b.) majmui.
Kanalizatsiya tarmogʻi — oqova suvlarni qabul qilib olish va tozalash inshootlari oʻrnashgan joyga chiqarish uchun quvur oʻtkazgichlar, kollektorlar va lotoklar yigʻindisi.
Kvitatsiya — suyuqlik oqimda, suyuqlikdan gidrodinamik yoki akustik jarayonlar natijasida ajralib chiqqan bugʻ, gaz yoki ularning aralashmasi bilan toʻlgan “boʻshliqlar” — kichik pufakchalar yoki butun boʻshliqlar paydo boʻlib, uning bir jismliligining buzilishi.
Kema navali — kema shvartovkasida yoki uning toʻxtab turishida, qirgʻoq inshootiga oʻtadigan kuchlanish.
Kema suzish koʻprikosti qamrovi — oraliq inshoot osti hisobiy kema suzish ufqi va tayanchlar qirrasi hosil qilgan va uning ichiga koʻprik qurilmalari yoki uning ostida joylashgan uskunalar unsurlari kirib turishi mumkin boʻlmagan koʻprik osti fazo koʻndalang taxliti (suv oqimi yoʻnalishiga tik).
Kemping — lagerʼ, avtosayohatchilar uchun baza.
Kengaytirgich idish (bak) — suv bilan isitish yopiq tizimida, uning eng katta ishchi haroratigacha isiganda paydo boʻladigan ortiqcha suv hajmini qabul qiladigan rezervuar.
Keskin omillar — oʻlimli omillardan farqli oʻlaroq, hali tirik jonzotlarni tez halokatga olib kelmaydigan, lekin juda beqaror va ularning mavjudligiga noqulay sharoit yaratuvchi, muhitning har qanday omili.
Kesson — suv ostida yoki suvga toʻyingan zaminda ortiqcha bosimli havoda ish olib borishda zarur sharoitlarni taʼminlash uchun qurilma (boʻlma).
Kluarlar — dam olish uchun hamda norasmiy uchrashuvlar, fikr almashuv uchun yon zallar, yoʻlaklar.
Kogeziya — birxil qattiq jism yoki suyuqlikning oʻzaro zarralari molekulalararo bir — biriga taʼsir etishi sababli bu zarralarni yagona jismga olib keluvchi qoʻshilishi, tortilishi.
Kolorifer — isitish, shamollatish va quritish maqsadidagi havoni qizdirish uchun jihoz — issiq suv, bugʻ yoki qizdirilgan gaz harakatlanuvchi quvurlar tizimi.
Kommunikatsiya — 1) axborot, aloqa; 2) kommunikatsiyalar axborot yoʻllari, aloqa liniyalari; 3)shahar xoʻjaligi yer osti tarmogʻi (suv oʻtkazgich, gaz oʻtkazgich).
Kommunikatsiya kollektori — 1) suyuqlik va gazlarni tashish uchun (quvuroʻtkazgichsiz) yerosti choʻziq inshoot; 2) turli vazifadagi quvur oʻtkazgichlarni va kabellarni birga oʻtkazish uchun yer osti choʻziq inshoot.
Koptaj inshooti — yer osti suvlarni yuzaga chiqish joyida ushlab qolish va yigʻish uchun inshoot.
Kotedj — bir oila uchun, uncha katta boʻlmagan shahardan tashqaridagi uy.
Krematoriy — krematsiya qilish uchun bino.
Kulisa — sahna yonlarida joylashgan teatr bezagi tekis qismi.
Kurzal — oromgohda konsert, majlislar va sh.k. oʻtkazish uchun xona.
Kuch (yuklama) — bino va inshootlar qurilmalari va ularning asoslarini zoʻriqish — shakl oʻzgarish holatini keltirib chiqaruvchi mexanik taʼsir — bu taʼsir kattaligini va yoʻnalishini tavsiflovchi.
Kuchlanuvchi tarmoq — elektr quvvat aniq kuchlanish podstansiyalari shinasidan elektr transport harakat tarkibining tok qabullagichlariga uzatish uchun xizmat qiluvchi elektr taʼminoti tizimining qismi.
Kyuvet — temir yoʻl yoki avtomobil yoʻllaridan suvni chetlatish arigʻi.
Landshaft — tabiiy va antropogen tarkiblar oʻzaro taʼsirlanishdan tuzilgan, hamda yanada pastroq taksonomik darajadagi hududiy tizim. Tabiatni muhofazalash nuqtai nazaridan landshaft manbaviy (manba saqlovchi va manba qayta tiklovchi) tizim; inson hayoti va faoliyati uchun muhit; genofondni saqlovchi; tabiat tajriba xonasi va estetik tarbiya manbai sifatida qoʻrilishi mumkin. Antropogen, tabiat, madaniyat va nomadaniy, oʻrmon, botqoqlik, choʻl, togʻ vab. Landshaftlar farqlanadi.
Landshaft bogʻi — manzarali bogʻ: 1) sunʼiy ravishda, erkin rejada, tabiiy landshaftni qaytadan tiklash; 2) koʻpincha oromgoh obyekti sifatida foydalanadigan xushmanzara tabiiy-antropogen landshaftning moyillashtirilgan qismi.
Landshaft fayzi — landshaftning inson toʻlaqonli hordiq chiqarish talablariga monandlik darajasi, ruhiy hissiyotlar va jismoniy osoyishtalik hosil qilish; landshaft xushroʻyligining odamlar hayoti uchun tibbiy — jonzotlik va ijtimoiy ruhiy, shartli baholash oʻlchovi.
Landshaftga antropogen taʼsirni boshqarish — inson faoliyati taʼsirining landshaftga salbiy oqibatlarini maqsadga yoʻnaltirilgan ogohlantirish, foydalanish rejimini tartibga solish vositasi bilan landshaftning manba qayta tiklash xususiyatini saqlash.
Landshaftni rejalashtirish — muhit va manbalarni qayta tiklovchi qobiliyatini saqlagan holda, jamiyatni oʻsayotgan yoki oʻzgarayotgan talablarini qondirish uchun landshaftdan foydalanish loyihasini ishlab chiqish.
Landshaft imkoniyati — landshaft-jamiyatni turli tuman talablarini qondirishda qatnashish darajasini aks ettiruvchi — landshaft ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini bajara olish ehtimoli oʻlchovi tavsifi.
Lodjiya — uch tomondan devor bilan oʻralgan tashqi tomondan ochiq yoki oynavand, bino hajmiga botiq yozgi bino.
Loyiha — 1) qurilish, bino va inshootning ishlab chiqilgan rejasi, texnologik jarayon chizimi; 2) qandaydir hujjat va sh.k. birlamchi, taxminiy yozmasi; 3) reja, fikr.
Loyihani moslash — muayyan qurilish maydonchasi sharoitlaridan va binokorlik qurilmalarini va ashyolarini tayyorlash boʻyicha imkoniyatlardan kelib chiqib, bino nusxaviy (yoki takroriy qoʻllanilayotgan) loyihalariga zarur qoʻshimchalarni kiritish.
Lotok — 1) suyuqlik bebosim oquvchi, ochiq koʻndalang kesimli suv oʻtkazgich; 2) yuk oʻz ogʻirlik kuchi bilan siljuvchi, oddiy yon devorli qiya tekislik koʻrinishidagi transport moslamasi.
Moʻrtlik — qattiq jismlarning mexanik taʼsirida sezilmas yumshoqlik shakl oʻzgarishisiz (yumshoqlikka qarama-qarshi xususiyat) buzilish xususiyati.
Mahalliy smeta — bino va inshootlar yoki umummaydon ishlari boʻyicha alohida ish va xarajat turlari hajmlari asosida, qaysiki ishchi hujjatlar (IX) yoki ishchi chizmalar tarkibida aniqlangan birlamchi smeta hujjati.
Mablagʻlashtirish hajmi boʻyicha boshlama — oʻtuvchi qurilishlarda rejalashtirilayotgan davr oxirida oʻzlashtirilishi kerak boʻlgan, obyektlarning smeta bahosiga kiritilgan, qurilish-yigʻuv ishlari va boshqa xarajatlar narxi.
Madaniy texnologik landshaft — texnogen omillar taʼsirida tabiiy, xoʻjalik, estetik, oromgohlik va oʻzgacha foydali sifatlari yaxshilangan landshaft.
Madaniy landshaft — talablarni qondirish uchun inson 4) faoliyati bilan ongli va maqsadli oʻzgartirilgan va doimo inson uchun zarur holatda saqlanadigan antropogen landshaft.
Majmuaviy qurilmalar — turli tayindagi qismlardan tashkil topgan, bir-biri bilan xizmatli bogʻliq binokorlik qurilmalari (masalan, tomyopma isitgich va tom qoplamasi bilan).
Manbaviy smeta — mahalliy smetalarga ilova, ish hajmlarini bajarish uchun zarur manbalar toʻplamini aks ettiradi (mehnat sarfi, qurilish mashinalariga talab, ashyolar, mahsulotlar va qurilmalar sarf xarajati).
Manbalar — jamiyatning u yoki bu talablarini qondiruvchi har qanday foydalanilayotgan va imkoniy manbalar.
Massiv — umumiy meʼmoriy fikr bilan birlashtirilgan binolar qatori.
Mahalliy qurilish ashyolari, mahsulotlar va qurilmalarga franko-qurilish maydonchasi narxi — pudrat qurilish tashkiloti va taʼminot (butlovchi) tashkilot orasida, qurilishga mahalliy qurilish ashyolari, mahsulotlari va qurilmalarning yetkazib berishga oʻzaro hisoblashuv uchun qoʻllaniladigan narx turi.
Mahalliy ashyolar, mahsulotlar va qurilmalar — mahalliy sanoat korxonalari ishlab chiqaradigan va qurilishda qoʻllaniladigan binokorlik ashyolari.
Maxsus ishlar — muhofazalash, zaminni mahkamlash, texnologik jihozlarni, quvur oʻtkazgichlarni, nazorat va avtomatika vositalarini yigʻish, elektr yigʻish ishlarini va b. oʻz ichiga oluvchi ishlar.
Maxsuslashgan qurilish — xalq xoʻjaligining tegishli sohalari uchun oʻziga xos boʻlgan ishlab-chiqarish vazifasidagi qurilish. Ular uchun qurilish ishlariga yakka tartibda yakka narxlar roʻyxatini tuzishga ruxsat etiladi.
Machta — poydevorga tayanuvchi ustundan iborat, zulfinlar bilan mahkamlangan, tortqichlar ushlab turuvchi tik inshoot.
Mehnat jarayonlari xaritasi — qandaydir ishlab chiqarish operatsiyalari va bu operatsiyalarni bajarish usullari, shartlari va ashyoviy-texnikaviy taʼminotini aniqlovchi maʼqul va barqaror texnologiyasini oʻrnatuvchi hujjat.
Mehnat manbalari muvozanati — xalq xoʻjaligini mehnat manbalariga boʻlgan talablariga nisbatan, aholi guruhlarining ijtimoiy holati va yoshlariga qarab, umumiy sonini tavsiflovchi koʻrsatkichlar tizimi.
Mehnat muhofazasi — insonga mehnat jarayonida xavfsizlikni, sogʻliqni va ishlash qobiliyatini saqlashni taʼminlovchi sharoitlar yaratish boʻyicha, qonunchilik, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, tozalik-ozodalik tadbirlari tizimi.
Mehnatni quvvat bilan taʼminlaganligi — oʻrnatilgan qoʻzgʻatuvchilar jami quvvatining qurilish-yigʻuv ishlarida band boʻlgan ishchilar oʻrtacha roʻyxat soniga nisbati bilan tavsiflanuvchi mexanizatsiyalashtirish darajasi koʻrsatkichi.
Mehnatni mexanizmlar bilan taʼminlanganligi — mashina va mexanizmlarning qurilish-yigʻuv ishlarida mashgʻul boʻlgan ishchilarning oʻrtacha roʻyxat soniga muvozanatiy narxi nisbati bilan tavsiflanuvchi mexanizatsiyalash darajasi koʻrsatkichi.
Mehnatni fondlar bilan taʼminlanganligi — qurilish-yigʻuv tashkilotining ishlab chiqarish fondlari bilan taʼminlanganligi, asosiy ishlab-chiqarish fondlari narxining ishlovchilar yoki ishchilarni oʻrtacha roʻyxat soniga nisbati bilan tavsiflanuvchi koʻrsatkich.
Mezon — belgilangan faoliyat sohasida bajarish uchun majburiy boʻlgan meʼyorlar, qoidalar va talablar majmuasini oʻrnatuvchi, meʼyoriy-texnikaviy hujjat.
Melioratsiya — oʻta namlangan yerlardan suvlarni qochirish (quritish M) yoki yerlarni namlatish (sugʻorish M), ularning maʼqul suv rejimini saqlash (va bu bilan bogʻliq, havo, issiqlik va ozuqa) va tuproq hosildorligini oshirish, hamda tabiat muhitini yaxshilash yoʻli bilan, yer tabiiy sharoitini tubdan yaxshilash boʻyicha tashkiliy-xoʻjalik va texnikaviy tadbirlar yigʻindisi.
Memorial — qandaydir voqea yoki shaxs xotirasiga bagʻishlangan meʼmoriy-haykaltaroshlik inshooti.
Metallning eskirishi — meʼyoriy sharoitda oʻtuvchi, yoxud oʻz-oʻzidan, tabiiy eskirish, yoxud qizdirilganda (sunʼiy eskirish) bir vaqtning oʻzida mustahkamligini va qattiqligini koʻpayishiga, yumshoqligi va qovushqoqligining kamayishiga olib keluvchi — metallar xossalarining oʻzgarishi.
Metatenk — tindirgichlarda ajralib chiquvchi oqova suvlar choʻkindilarini havosiz sunʼiy isitib, achitish yoʻli bilan zararsizlantirish inshooti.
Metropoliten — shahar yer osti (tunnelda) yoki yer usti (estakada) elektrli temir yoʻli.
Mexanik kuchlanish — qurilmalar unsurlarida tashqi kuch va taʼsirlar taʼsirida paydo boʻluvchi ichki kuchlar oʻlchovi.
Meʼyor — loyihalash, qurilish yoki smeta narxini aniqlovchi ayrim masalalar boʻyicha, yagona miqdor yoki sifat koʻrsatkichlarini oʻrnatuvchi talablar.
Meʼyoriy kuch (yuklama) — paydo boʻlishi belgilangan, taʼminlanganlik sharoitidan kelib chiqib meʼyoriy hujjatlar bilan oʻrnatiladigan yoki uning nominal ahamiyati boʻyicha qabul qilingan kuch.
Meʼmoriy — shaharsoz meʼyorlari, qoidalari va mezonlari — aholi hayot faoliyati muhitining asosiy sifat koʻrsatkichlarini rostlovchi hujjatlar; ozodalikka oid, texnikaviy, foydalanish boʻyicha, yongʻinga qarshi va boshqa, hududni shaharsozlik jihatdan oʻzlashtirish, aholi yashash manzillarini ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-iqlimiy va boshqa sharoitlarni hisobga olish talablari.
Mikrorayon — shoh yoki turar-joy koʻchalari “qizil” chizigʻi yoki tabiiy toʻsiqlar bilan chegaralangan uy-joy imoratlari qurilishi va aholiga kundalik madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari majmuasini qamrab oluvchi shahar (qishloq) hududining birlamchi tuzilmaviy istiqomat unsuri.
Milliy bogʻ — respublika miqyosidagi tabiiy bogʻ.
Minora — machitning asosiy tuzilish qismi.
Minora — turgʻunligi oʻzining asosiy qurilmasi bilan taʼminlanadigan (tortqisiz), erkin turuvchi baland inshoot.
Mintaqa — qandaydir umumiy belgilari bilan tavsiflanadigan muayyan maydon.
Mohiyaviy-mintaqa — chegarasida, qandaydir, xalq xoʻjalik vazifasining ustuvor rivojlanish belgilari boʻyicha ajralib turuvchi mintaqa.
Modul — binolar va ularning qismlari oʻlchamlari karrali nisbatini ifodalash uchun qabul qilinadigan dastlabki oʻlchov.
Monument — qandaydir voqea, shaxsni abadiylashtirish uchun meʼmoriy yoki haykaltaroshlik asari; yodgorlik.
Motel — avtomobilda sayohat qiluvchilarga turli xizmat koʻrsatuvi, avtomobil yoʻlidagi mehmonxona.
Mohiyaviy vazifaviy mintaqalash — rejalashtirilayotgan hamma hududni, shaharsozlik rejimini va yetarli uzoqroq istiqbolda xoʻjalik foydalanishining afzalroq turini belgilash bilan vazifaviy mintaqalarga ajratish.
Muhandisiy qidiruv — qurilish dahasining texnikaviy va iqtisodiy tadqiq etish majmui boʻlib, uning maqsadga muvofiq ekanligini va joylanishini asoslashga yangi yoki mavjud obyektlarni qayta tiklash loyihalari uchun maʼlumotlar yigʻishga imkon beradi.
Muhandisiy-geologik tadqiqotlar — geologik va gidrogeologik omillarni (tabiiy va inson faoliyatidan kelib chiqib) tegishli loyihaviy yechimlar qabul qilish va bino va inshootlarni joylashtirish uchun eng qulay joyni va qurilish ishlari olib borish sharoitlarini hamda bino va inshootlarni ehtimolli geologik jarayonlarga ishonchliligini taʼminlovchi tadbirlarni aniqlash maqsadida majmuaviy oʻrganish va baholash.
Muhit — u yoki bu darajada oʻzaro taʼsirdagi, koʻrib chiqilayotgan tizimdan tashqarida boʻlgan hamma narsa.
Mualliflik nazorati — loyihani ishlab chiqqan loyiha tashkiloti tomonidan obyektlarni butun qurilishi va foydalanishiga topshirilishi davomida qurilish-yigʻuv ishlarini loyihaviy yechimlariga monand bajarilishi ustidan nazorat.
Muammoli ekologik holat — atrof muhitning yoki uning ayrim tashkil etuvchilarining yomon tomonga farqlanuvchi mahalliy holati.
Muvaqqat bino va inshootlar — qurilish xodimlariga, tashkilotlarga xizmat koʻrsatish va qurilish-yigʻuv ishlarini bajarish uchun qurilish davrida zarur boʻlgan maxsus bunyod etiladigan yoki vaqtincha moslashtiriladigan (doimiy) bino va inshootlar (uy-joy, madaniy maishiy va ishlab-chiqarish, yordamchi vazifadagi va b.).
Muvaqqat kuch — cheklangan muddatda taʼsir etuvchi va bino yoki inshootning xizmat davri ayrim chogʻlarida boʻlmasligi mumkin — kuch. Muvaqqat kuchlar quyidagilarga boʻlinadi: davomli, hisobiy ahamiyati bino va inshoot xizmat davri davomida uzoq vaqt kuzatiladi; qisqa muddatli, hisobiy ahamiyati, bino va inshoot xizmat davrida juda qisqa vaqt kuzatiladi; maxsus, hisobiy ahamiyati bino va inshoot xizmat davrida juda qisqa vaqt kuzatiladi; maxsus, hisobiy ahamiyati, juda kam hollarda roʻy beradigan (zilzilaviy va portlash taʼsirida) shikastlanish kuchlari va sh.k.), yoxud noodatiy tabiatga ega (masalan, asos zaminining notekis shakl oʻzgarishi taʼsirida).
Muvozanatiy kuch — ahamiyati, yoʻnalishi va qoʻyiladigan joyi shunchalik kam oʻzgaruvchi kuch, shuning uchun ham bino (inshoot) hisobida, ularni vaqtga qaramasdan qabul qilinadi, va bunday yuklar sabab boʻlgan inersiya kuch taʼsiri nazarga olinmaydi (masalan, bino yoki inshoot oʻz ogʻirligi, qor yuklanishi).
Mustahkamlagich — yer osti qazilmalarida, ularni berilgan oʻlchamlarini saqlanishi, oʻpirilish va oʻrab turgan zaminni qabarib (koʻpchish) chiqishdan himoyalash uchun barpo etiladigan qurilma.
Mustahkamlik — ashyoning kuch va taʼsirning turli koʻrinishlarini buzilmasdan oʻzgartirish xususiyati.
Mustahkamlik chegarasi (muvaqqat qarshilik) — namunaning buzilishigacha boʻlgan eng katta kuchga mos tushadigan shartli zoʻriqishni ifodalovchi ashyoning mexanik tavsifi.
Mutanosiblik — qismlarning oʻzaro muayyan nisbati, oʻlchamlilik.
Mufassal rejalashtirish loyihasi — bosh reja asosida shaharning alohida qismlari uchun imoratlar qurilishining meʼmoriy-fazoviy va muhandisiy iqtisodiy yechimini aniqlash maqsadida ishlab chiqiladigan loyiha.
Muhandisiy tarmoqlar — aholi yashash manzillari, sanoat korxonalari, hududlarida hamda binolarda yotqiziladigan quvur oʻtkazgichlar va turli vazifadagi kabellar (suv oʻtkazgich, kanalizatsiya, issiqlik, aloqa va b.).
Muhandisiy-iqtisodiy tavsif — hududning demografik sigʻimi, hosildorlik qobiliyati, geokimyoviy faolligi va ekologik sigʻimi — iqtisodiy vaziyatning umumlashma koʻrsatkichlari.
Naqsh (bezak) — narsani badiiy bezatilishi, rang tasvir, chizmaviy yoki haykalli bezak; meʼmorchilikda va ayniqsa amaliy sanʼatda badiiy qiyofaning muhim unsuri hisoblanadi.
Namlikka chidamlilik — davriy hoʻllanish va qurishda, qurilish ashyolarining uzoq muddatga namlikdan buzilishga qarshilik koʻrsatish qobiliyati.
Narxning joriy darajasi — narxni aniqlash vaqtida amalda boʻlgan baho asosida aniqlanadigan narx.
Narxning istiqbol darajasi — qurilish mahsulotiga hisoblash amalga oshirish moʻljallanayotganda kelajak davr uchun bashoratlanadigan narx asosida aniqlaydigan narx.
Narx daraja bazasi — smeta bahosi asosida aniqlanuvchi qandaydir qayd etilgan sanaga, qabul qilingan narx. Smeta bahosining bu darajasi investitsiya faoliyatining turli vaqt davridagi natijalarini, bu faoliyatining turli sohalarini iqtisodiy tahlil qilishga qaratilgan, hamda, narxni joriy darajasida aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Noqishloq xoʻjalik yerlari — korxona va tashkilotlarga sanoat ishlab chiqarishining, qurilishlarni joylashtirish, transport yoʻllari, aloqa va elektr uzatkich liniyalaridan foydalanish va xizmat koʻrsatish, dam olish va qoʻriqxonalar tashkil etish uchun ajratib foydalanishga berilgan yerlar.
Nominal kuch — mashina pasportida koʻrsatilgan, meʼyoriy foydalanish sharoitlarida nazarda tutilgan haddiy texnologik kuch (yuk).
Nuragan tuproq — tabiiy yoki antropogen omillar taʼsiri ostida yuqori qatlami buzilgan yoki yoʻqotilgan yerlar.
Nusxalash — maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida, uni fiksatsiyalashtirilgan hajmiy-rejaviy va qurilmaviy yechimlarni ilgʻor texnikaviy va iqtisodiy koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda qoʻllab korxona, bino va inshootlarni koʻp marta amalga oshirishga, qurilmalarni tayyorlashga imkon beruvchi loyihalashdagi va qurilishdagi texnikaviy yoʻnalish.
Oqova suvlar — 1) ishlab chiqarish-maishiy yoki qishloq xoʻjaligi isteʼmolida boʻlgan, hamda ifloslangan hududdan oʻtgan suv; 2) inson maishiy va ishlab chiqarish faoliyatida foydalangandan soʻng chiqarib yuboriladigan suvlar.
Oqova suvlarni biologik tozalash — sanoat va kommunal maishiy oqovalarni, tirik organizmlarning yemirish va mavjud boʻlgan organik moddalarni maʼdanlashtirish xususiyatlariga asoslangan tozalash usuli. Tozalash inshootlarida mustaqil yoki mexanik, jismoniy, kimyoviy va oqova suvlarni boshqa tozalash koʻrinishlari bilan majmuaviy ravishda ishlatiladi. Oqova suvlarni boshqa tozalash jarayonida aerotenklar, biologik hovuzlar, biosuzgichlar, metatenklar, sugʻorish maydonlari va boshqalar qoʻllaniladi.
Oqova suvlarni yer ostiga chiqarish — oqova suvlarni yuzadan chuqur suvli ufqqa, boʻshliqqa va tuz, koʻmir va boshqa yer osti qazilmalari sigʻimiga, hamda boshqa chuqur tabiiy yoki sunʼiy barpo etilgan yer osti toʻplovchi zovurlar qabul qiluvchilariga kiritish.
Oqova suvlarni zararsizlantirish — oqova suvlar tarkibida mavjud zararli moddalardan, ularni suv havzalariga tashlash yoki ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish imkoniyatini beradigan darajada tozalash.
Oqova suvlarni tozalash — oqova suvlardan inson salomatligiga va tabiatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi organizmlar va ifloslantiruvchi moddalarni yoʻqotish.
Oqovasiz ishlab chiqarish — atrof muhitga oqova suvlarni tushishini amaliy istisno qilishga imkon beruvchi texnologiyalar birikmasiga asoslangan ishlab chiqarish.
Oquvchanlik chegarasi — kuch oshmasdan shakl oʻzgarishi ortib boradigan zoʻriqishni ifodalovchi ashyoning mexanik tavsifi.
Obelisk — yuqoriga ingichkalashib boruvchi, odatda, qirrali tosh ustun koʻrinishidagi yodgorlik, inshoot.
Obodonlashtirish — u yoki bu hududni qurish va oʻz vazifasi boʻyicha meʼyorida foydalanish, aholiga sogʻlom, qulay va madaniy hayot sharoitlari yaratish maqsadida amalga oshiriladigan hududlarni muhandisiy jihatdan tayyorlash, yoʻllar qurish, kommunikatsiya tarmoqlarini va suv taʼminoti, kanalizatsiya, elektr taʼminoti va boshqa inshootlarni rivojlantirish ishlari, hamda hududlarni tozalash, quritish va koʻkalamzorlashtirish, mikroiqlimni yaxshilash, havo havzasini, hovuzlarni, yerlarni ifloslanishdan qoʻriqlash, shovqin darajasini pasaytirish va b. tadbirlar yigʻindisi.
Obyekt smeta hisobi — oʻz tarkibida butun obyekt boʻyicha smeta mahalliy hisoblari va mahalliy smeta maʼlumotlarini birlashtiruvchi smeta hujjati.
Obyekt smetasi — smeta hujjati boʻlib, uning asosida qurilish mahsulotiga erkin (shartnomaviy) narxlar shakllanadi. U oʻz tarkibida mahalliy smetalardan, maʼlumotlarni butun obyekt uchun birlashtiradi.
Obyekt huzuridagi ombor — qurilish ashyolarini, mahsulotlarni, qurilma va jihozlarni saqlash uchun qurilishni tashkil etish loyihasiga binoan yigʻuv kranlari harakat mintaqasida joylashtiriladigan ombor (inshoot, xona, maydoncha).
Obyektlar va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari boʻyicha smeta narxi vedomosti — korxona, bino yoki inshoot qurilayotganda atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutilgan hol uchun moʻljallangan hujjat. Unga faqat, bevosita tabiat muhofazasi tadbirlariga aloqador obyektlar va ishlar smeta narxi qoʻshiladi.
Ogohlantirish toʻsigʻi — ishlab-chiqarish imkoniy xavfi haqida ogohlantirish va cheklangan kirish mintaqasini belgilash uchun moʻljallangan qurilma.
Ozodalik himoyalash mintaqasi — sanoat korxonalari bilan uy-joylar yoki jamoat binolari orasidagi, aholini ishlab-chiqarish zararli omillaridan himoyalash uchun hudud.
Oranjereya — janubiy oʻsimliklarni oʻstirish va qishlovi uchun yoki nomavsumiy hosil, sabzavot va gullar yetishtirish uchun oynavand imorat.
Oromgoh — odam salomatligi va mehnat qobiliyatini uy va xonadan tashqarida, koʻpincha tabiat qoʻynida dam olish yoʻli bilan tiklash.
Oromgohlik imkoniyati — inson tanasiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi va kishi ish qobiliyatini tiklanishini taʼminlovchi tabiiy va madaniy sharoitlar yigʻindisi.
Oson uloqtiriluvchi qurilmalar — portlash xavotiri mavjud ishlab-chiqarishli, bino, inshoot va xonalarda, ehtimolli portlash roʻy berganda, bosimni pasaytirish, bino va inshootning qurilmalarini saqlanishini taʼminlash uchun ochiq oʻrinlar qoldirib, uloqtirilishi (yoki buzilib ketishi) zarur boʻlgan tashqi toʻsiq qurilmalari.
Otchopar — otlarni sinovdan oʻtkazish va ot oʻyini musobaqalari oʻtkaziladigan joy.
Oferent — nomidan oferta taqdim etilgan shaxs.
Oferta — tender hujjatlarida (TX) aniqlanadigan shartlarda muayyan savdolash ish predmetiga nisbatan shartnoma tuzishga taklif.
Pavilyon — koʻrgazma eksponatlarini, chakana savdo va x.k. joylashtirish uchun moʻljallangan muvaqqat yoki doimiy, yengil koʻrinishdagi bino.
Payvandlanuvchanlik — metall yoki metallar birikmasining qurilma mustahkamligi va ishonchliligi bilan shartlangan talablarga javob beruvchi qoʻshilmani, oʻrnatilgan payvandlash texnologiyasida hosil qilish qobiliyati.
Pandus — turli balandlikda joylashgan sathlarni zina oʻrniga bogʻlovchi yoki avtomashinalar kirish uchun xizmat qiluvchi (masalan, koʻp qavatli garajlarda) qiya yassi kommunikatsiyaviy qurilma.
Panel — 1) tratuar — piyodalar uchun moʻljallangan koʻcha qismi; 2) hamma devor pardozidan farqlanuvchi, devorning pastki qismi pardozi; 3) turli vazifadagi bino va inshoot qurilishida qoʻllaniladigan, yuk koʻtaruvchi, toʻsiq yoki bir yoʻla ikkisini ham bajaruvchi, zavodda tayyorlanadigan tik sathiy unsur; 4) elektr, transport va b. qurilma, mashina va x.k. boshqarish pulti, shchit qismi.
Panno — devor, shiftining naqshli, ganchkor va h.k. qismi, odatda, rang tasvir yoki haykalli tasvir bilan toʻldiriladi; 2) devor, shiftining shunday qismini toʻldirish uchun moʻljallangan kartina, barelyef va sh.k.; 3) sirkda — otda akrobatik chiqishlarni bajarish uchun maxsus egar.
Pansionat — dam oluvchilarga (oromgohlarda va sh.k.) toʻla xizmat koʻrsatuvchi mehmonxona turi.
Parapet — balkonni, koʻprikni, sohilni, bino tomini va b. toʻsuvchi baland boʻlmagan devor.
Parter — 1) tomosha zalida sahnadan pastda joylashgan, oʻrin; 2) odatda, yassilikda joylashgan, maysazorlar, gulzorlar, favvoralar va sh.k. bilan bezatilgan bogʻning ochiq qismi.
Peshtoq — 1) hashamatli binoning meʼmoriy bezatilgan asosiy kirish qismi; 2) dastgohning, koʻtarma kranning va sh.k. harakatlanuvchi qismi, P harfi shaklidagi rom.
Pilyastr — ustunlarda boʻlgani kabi, qismlar va nisbatli, devordagi yassi boʻrtiq.
Plita — turli vazifadagi bino va inshootlar qurilishda qoʻllaniladigan, yuk koʻtaruvchi, toʻsiq yoki ikkisi ham qoʻshilgan holda, issiqlik-texnikaviy, tovush toʻsgich, tovush yutkich va sh.k. vazifalarni bajaradigan ufqiy yassi unsur, qirqim eni uning balandligi yoki qalinligidan katta).
Pnevmatik qurilmalar — ichki yopiq hajmiga atmosfera havosi haydaladigan, oʻzaklangan plenkali yoki havo oʻtkazmaydigan sintetik, rezina yoki polimer qoplamali gazlamadan yumshoq qobiq.
Pogʻona — suv oʻtkazgich (suv havzasi) ning turli sathda joylashgan suv oqimi bevosita inshoot boʻylab va undan uzilib toʻkilayotgan oqim koʻrinishda harakatlanadigan bosimsiz qismlari tutashuvi uchun gidrotexnik inshoot (ochiq pogʻonali yoki rafaqli, yarim bosimli va bosimli).
Poydevor tagligi — poydevorning ogʻirligini asosga uzatuvchi pastki tekisligi.
Poypesh — bino va inshoot tashqi devorining bevosita poydevorda yotuvchi va dam-badam mexanik, harorat va boshqa taʼsirlarga yoʻliquvchi quyi qismi.
Poypesh qavat — pol sathi, yerning rejaviy sathidan past (trotuar yoki toʻshama), lekin unda joylashgan xonalar balandligining yarimidan koʻp boʻlmagan qavat.
Portik — koʻproq binoga tutashuvchi, ustunvor yopiq yoʻlak.
Postament — yodgorlik haykal, ustun va sh.k. asosi boʻlib xizmat qiladigan yuqorilik, pyedestal: muzeyda, koʻrgazmada va sh.k. haykalga oʻrnatiladigan taglik.
Poterna — suv inshootlari ichki qismi, ularni tekshirish, taʼmirlash, qirgʻoqlar orasida xizmat aloqasi, hamda sizoq suvlarni chetlatish uchun xizmat qiladigan uzuna yoʻlak.
Pudratchi hisobi — pudratchining qurilish mahsulotiga erkin (shartnomaviy) bahosi boʻyicha oʻz takliflarini asoslash uchun moʻljallangan, hujjatlar toʻplami. Unda, tuzilgan pudrat shartnomasiga binoan, pudratchi ijro etishni taklif etayotgan ishlar va xarajatlar narxi keltiriladi.
Purkovchi (sprinkler) uskuna — maxsus suv sochuvchi uchligi (sprinklerlari) boʻlgan, doimo suv toʻlib turuvchi quvurlar tarmogʻidan tarkib topgan va xonadagi yongʻinni joyida oʻchirish va chetga chiqarmaslik uchun moʻljallangan avtomatik oʻt oʻchirish uskunasi.
Radiator — markaziy isitishning qizdirish asbobi, batareya.
Rampa — 1) ikki sath orasidagi aloqa uchun uskuna (masalan, yuklarni temir-yoʻl koʻtarma maydonchasiga koʻtarish uchun, transport vositalarining harakat yechimi turli sathlarda asosiy avtoyoʻlga oʻtish joyida va sh.k; 2) sahnani pastdan yoritish apparaturasini tomosha zali tomondan toʻsib turuvchi, sahnaning old qismi boʻylab pastak toʻsiq.
Rafaq — 1) binoning ayrim qismlarini (qosh, balkon va b.) ushlab turishi uchun yoki qandaydir bezakni oʻrnatish uchun devordagi boʻrtiq; 2) haykalga yoki gultuvak uchun ustuncha koʻrinishdagi taglik.
Reja oʻqi — berilgan koordinatlari mavjud, joyida mahkamlangan geodezik belgilar bilan koʻrsatiladigan yoki qurilayotgan bino va inshootning ayrim qism va unsurlarini asldagi holatini aniqlovchi loyihaviy holatda yigʻilgan yuk koʻtaruvchi qurilmalarga moʻljallar bilan doimiy mahkamlangan chiziqlar (yoʻnalishlari).
Rejaviy tuzim — tabiiy muhit ahamiyatli unsurlarini va halq xoʻjaligi asosiy obyektlarini oʻzaro joylashishi xususiyatlarini aks ettiruvchi, hududning tizimli modeli.
Rezervat — u yo bu darajadagi toʻlalikda va qatʼiylikda qoʻriqlanadigan va unda mavjud boʻlgan qimmatli tabiat obyektlarini saqlash uchun moʻljallangan hudud.
Rezervuar — suyuqlik va gazlar uchun hovuz, bok, ballon va sh.k. urinishdagi sigʻim.
Respublika meʼyoriy hujjati — loyihalashda va qurilishda majburiy talablarni qamrovchi meʼyoriy hujjat.
Risberma — suv zang ortida joylashgan, oʻzanni yuvilishdan saqlash, maromiy oʻzgarishlarni oʻchirish, suv oqimi tezligini maromlashtirish va pasaytirish uchun moʻljallangan qoʻyi byefda suv oqimi tubini mahkamlash unsuri.
Ritm — meʼmoriy inshoot unsurlarining yoki inshootlarning navbatlanishi, takrorlanishi, ular joylanishining fazoda tartibga solinishi.
Rostverk — qoziq poydevorning beton yoki temir beton plita, yoxud toʻsin koʻrinishdagi, qoziqlarni yuqori qismida bir turgʻun tizimga birlashtiruvchi va yukni ularga bir oʻlchamda berilishi uchun xizmat qiladigan qurilma.
Rust — bino devorlarni dagʻal kesilgan yoki chiqib turuvchi oʻng sathini toshdan terish yoki qoplash.
Soʻndirgich yoyiltirgich — suvning oshiqcha kinetik quvvatini soʻndirish va suv tushuruvchi toʻgʻon pastki byefida oqim tezligini taqsimlash maqsadida suv oqimi yoʻnalishini oʻzgartirish va yoyish uchun xizmat qiladigan suv — zangdagi qurilma.
Sayyohlik mintaqasi — sayyohlik bazalari, muassasalar va ularga tutashsa yo xat yoʻnalishi, hamda yoʻl yoʻlakay dam olishga moʻljallangan dengiz, daryo, temir yoʻl avtomobil sayohat kruizlari va reyslari bilan band hudud.
Sanitariya qoʻriqlash mintaqasi — belgilangan chegaralarda alohida sanitariya rejimi oʻrnatiladigan suv taʼminoti manbalarini zaharlanishi va ifloslanishi imkoniyatini istisno etuvchi hudud va akvatoriya.
Sanitariya asboblari — uy-joy, jamoat binolarida oʻrnatiladigan oqova (xoʻjalik va maishiy) suvlarni qabul qilgichlari. Vazifasi boʻyicha boʻlinadi: gigiyenik maqsadlar uchun (qoʻl yuvgichlar, vannalar, dush tagligi, unitazlar va sh.k.); xoʻjalik maqsadlari uchun (oshxona chapogʻi, yuvgichlar va sh.k); maxsus maqsadlar uchun (tajribaxonalar, bolalar va tibbiyot muassasalari, ishlab-chiqarish binolari maishiy xonalari).
Sanitariya-himoya mintaqasi — sanoat korxonalarini shaharlar va boshqa aholi manzillari turar-joy hududlaridan ajratib turuvchi, chegarasida bino va inshootlar joylashtirilishi, hamda hududni obodonlashtirish sanitariya meʼyorlari bilan tartibga solinadigan mintaqa.
Sanoat suvi — tarkibiy qismi va manbalari, bu tarkibni sanoat miqyosida olish uchun yetarli suv (maʼdanli suvlar va sh.k).
Sanoat transporti — sanoat korxonalari va sanoat tugunlari ichida, yuklarni tashish uchun moʻljallangan, hamda jamoat transporti bilan tutashuvgacha transport aloqasini amalga oshiruvchi transport vositalari (inshootlar, uskunalar, harakat tarkibi, mexanizmlar, jihozlar) yigʻindisi.
Sanoat tuguni — umumiy kommunikatsiyalarda, muhandisiy inshootlar, yordamchi ishlab-chiqarishlar va xoʻjaliklari, tegishli sharoitlar mavjud, boʻlganda esa, asosiy ishlab-chiqarishlarni birlashtirilib bir hududida joylashtirilgan korxonalar guruhi.
Sanoatlashtirish — qurilish ishlab-chiqarishini bino va inshootlarni barpo etishning majmuaviy-mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarini tatbiq etishni va qurilishni ilgʻor usullarini va yigʻma qurilmalarni, shu jumladan yiriklashtirilgan, yuqori zavod tayyorligidagi qurilmalarni keng qoʻllashni tashkil etish.
Sanoat mintaqasi — sanoat korxonalarini va u bilan aloqador obyektlarni joylashtirish uchun mintaqa.
Sachratqich (drencher) uskuna — maxsus (sachratqichlar) quvurlar tarmogʻidan tarkib topgan, xonaning hamma hisobiy maydoni boʻyicha bir vaqtning oʻzida oʻt oʻchirish uchun, hamda suv pardasi barpo qilish uchun moʻljallangan oʻt oʻchirish avtomatik uskunasi.
Sachratqichli hovuz — aylanib turuvchi suvning harakatini sachratish yoʻli bilan pasaytirish uchun, issiqlik — quvvatli jihozlar, kompressor va boshqalar ishlatiladigan sanoat korxonalarini aylanma suv taʼminotli tizimida qoʻllaniladigan, bosimli quvur oʻtkazgichlar tarmogʻi boʻlgan ochiq rezervuar.
Seksiya — rejada shartli chegaralangan va hajmiy-rejaviy, texnikaviy yoki qurilmaviy tomondan bir butunlikni tashkil etuvchi, bino yoki inshootning qismi.
Seksiyali uy — bir yoki bir necha seksiyadan tashkil topgan bino.
Serpantina — oʻtkir burchak ostida uchratuvchi (ajraluvchi) ikki yoʻnalishni tutashtirish uchun togʻli joylarda trassa burilishidan tashqarida quriladigan avtomobil yoʻli aylanasining turi.
Sertifikat — tayyorlovchi — korxonaning tayyorlangan ashyolarni (mahsulot, qurilma) mezon yoki texnikaviy shartlarga monandligini tasdiqlovchi hujjat.
Sizdirish maydonlari — oqova suvlarni tuproq ufqidak sizib oʻtishi orqali ifloslantiruvchilardan biologik tozalash uchun moʻljallangan (maxsus tashkil etiladigan) va, odatda, boshqa maqsadlarda ishlatilmaydigan hudud.
Siljuvchanlik — doimiy yuk yoki mexanik zoʻriqish taʼsirida, ashyolarni vaqt davomida yumshoqlik shakl oʻzgarishi sekin oshib borish qobiliyati.
Singishga qarshi toʻsiq — suvning singish oqimi yoʻlidagi, tirgak gidrotexnik inshooti poydevori tuprogʻida va uning qirgʻoq tutashuvlarida (qorishma va aralashmalarni inyeksiya yoʻli bilan) barpo etiladigan singish yoʻllarini uzaytirish, inshoot ostiga singish bosimini pasaytirish, suvni singishga isrofini kamaytirish sunʼiy toʻsigʻi.
Sinch (karkas) — bir-biri bilan biriktirilgan ayrim oʻzaklar, ustunlar va toʻsinlardan tarkib topgan, binoning yuk koʻtaruvchi qovurgʻasi.
Sinch oʻzagi — temir beton qurilmaning qolipga oʻrnatish uchun tegishli hajmiy yoki tekislik tizimiga yigʻilgan (bogʻlangan, payvandlangan) uzunasiga va koʻndalang oʻzaklari (armaturalari) toʻplami.
Sirtni qoplash — binolar unsurlari tashqi qatlamini (devor, ustun, tom, poypesh) va inshootlar yuzasini tashkil etuvchi donali ashyolardan qurilma.
Skrubber — chang va gazsimon aralashmalarni havo oqimidan uni suv bilan namlash yoʻli bilan tutib qolish uchun apparat.
Smeta meʼyoriy hujjatlari (smeta meʼyorlari) — alohida toʻplamlarga birlashtiriladigan smeta meʼyorlari, narx qoʻyish va narxlar majmuasi. Tarkibida zarur talablar mavjud boʻlgan qoidalar va nizomlar bilan birga, ular bino va inshootlarni qurilish, qayta qurish va taʼmirlash xalq xoʻjaligining hamma tarmoqlari korxonalarini kengaytirish, texnikaviy qayta jihozlash smeta narxlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Smeta — loyiha maʼlumotlari asosida obyektning narxini, shu jumladan qurilish-yigʻuv ishlarini alohida turlarini bajarish va jihozlar sotib olishga, zarur xarajatlarni, hamda qurilishni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni aniqlovchi hujjat.
Smeta — meʼyoriy (meʼyoriy axborot) asos — smeta meʼyorlari toʻplamlari majmuasi (davlat smeta meʼyorlari va narx).
Smeta hujjatlari — loyihalashtirilayotgan korxona, bino, inshoot yoki ularning navbatlarini qurilishi smeta narxini aniqlash uchun mahalliy smeta (smeta hisobi), obyekt smetasi (smeta hisobi) alohida xarajatlar turlariga smeta hisoblari, qurilish narxi yigʻma smeta hisoblari hujjatlar yigʻindisi.
Smeta daromadi — qurilish-yigʻuv tashkilotlarining ayrim ishlab-chiqarishni, ijtimoiy sohani rivojlantirish va xarajatlarni qoplash uchun zarur mablagʻlar.
Smeta mahalliy hisobi — mahalliy smetada boʻlganidek, shunday loyihaviy yechimlar unsurlari asosida lekin, qachonki ish hajmlari va xarajatlar oʻlchami, hali tamomila topilmagan va IX yoki qurilish davomida aniqlanadigan boʻlgan holdagi birlamchi hujjati.
Smeta meʼyori — qurilish, yigʻuv yoki boshqa ishlarga qabul qilingan oʻlchovga oʻrnatilgan manbalar yigʻindisi (qurilish xodimlari mehnat sarfi, qurilish mashinalari ish vaqti, ashyolar, mahsulotlar, qurilmalar va sh.k ). Smeta meʼyorlarida manbalar tarkibi va miqdori, qurilishni olib borish texnologiyasi va tashkil etish sohasidagi eng soʻnggi yutuqlarga qurilish-yigʻuv tashkilotlari zamonaviy qurollanganlik darajasiga, javob berish qurilishda orttirilgan ilgʻor tajribani hamda ilgʻor loyihaviy yechimlarni, ashyolarni, mahsulotlarni va qurilmalarni aks ettirishi lozim.
Sovuqbardoshlilik — qurilish ashyolarining nam holda, oʻzgaruvchan muzlash va erishining buzuvchi taʼsiriga qarshilik koʻrsatishi.
Stoyak — turar-joy, jamoat yoki ishlab chiqarish binolari ichidan hamma qavatlar boʻylab oʻtuvchi shahobchalar orqali suv toʻsgichlar jihozlariga va oʻt oʻchirish joʻmraklariga suv uzatish (yoki gaz) uchun, yoki sanitariya jihozlari va turli qabullagichlardan chiqarib tashlovchi quvurlar orqali keluvchi oqova suvlarni chetlatish uchun tik quvur-oʻtkazgichlar.
Sugʻorish — irrigatsiya, tuproq hosildorligini oshirish uchun sunʼiy namlantirish; melioratsiyaning koʻrinishlaridan biri.
Sugʻorish — irrigatsiya; yetarli namlanmagan yerlarni hosildorligini oshirish uchun sunʼiy ravishda sugʻorish.
Sugʻorish maydoni — oqova suvlarni biologik tozalash uchun moʻljallangan va, odatda, qishloq xoʻjaligi yoki oʻrmon hoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan hududlar.
Subpudrat tashkilot — 1) bosh pudratchi tomonidan, shartnoma asosida, obyektda alohida qurilish-yigʻuv va maxsus qurilish ishlarini olib borish uchun jalb etiladigan ixtisoslashgan pudrat tashkiloti; 2) bosh pudratchi tomonidan, shartnoma asosida loyihaning alohida boʻlimlarini ishlab-chiqish uchun jalb etiladigan ixtisoslashgan pudrat tashkiloti.
Subpudratchi — qaralsin: subpudrat tashkiloti.
Suburbanlashish — yirik shaharlarning shahar atrofi tez taraqqiy etishi, markazda joylashtirish sigʻimining tugashi natijasida, toʻplanish nuqtasining markazdan yaqin chekkaga siljishi.
Suv qoʻriqlash mintaqasi — maxsus xoʻjalik faoliyati rejimidagi yoki qoʻriqlanadigan,suv obyektlarini kamayishi, ifloslanishi va bulgʻanishi oldini olinuvchi hudud.
Suv qabul qilgich — 1) suv toʻplagich inshootining qismi boʻlib, suvni bevosita ochiq (daryo, koʻl, suv omboridan) yoki yer osti manbasidan olishga xizmat qiladi; 2) yondosh hududdan meliorativ quritish tizimidan yigʻiladigan suvni qabul qiluvchi va eltuvchi suv oqimi, hovuz va b.
Suv oʻtkazgich — tabiiy manbalardan suv olish, uni tozalash, turli isteʼmolchilarga zarur miqdorda va talab etilgan sifatda yetkazish uchun muhandisiy inshootlar va qurilmalar majmuasi.
Suv oʻtkazish tarmogʻi — mahalliy isteʼmolchilarga suv yetkazish uchun quvur oʻtkazgichlar va qurilmalar yigʻindisi.
Suv bosimi (podpor) — suv oqimi oʻzanini toʻsish yoki siqib qoʻyish yoki yer osti suvlari oqimi sharoitlarini oʻzgartirish natijasida yuzaga keluvchi, suv sathining koʻtarilishi.
Suv bosish — daryolarda suv omborlari va toʻgʻonlar qurilishida suv bosimi, daryo oʻzanlarini suv bosishi, suv oʻtkazish va kanalizatsiya tarmoqlaridagi suv yoʻqotishi, yer shoʻrini yuvilgach suvning tashlanishi natijasida vujudga kelgan yer osti suvlari sathining koʻtarilishi.
Suv bosish mintaqasi — suv bosish natijasida zamin osti suvlari sathi koʻtariladigan hudud.
Suv isteʼmoli — suv obyektidan yoki suv taʼminoti tizimidan suv isteʼmoli.
Suv manbalari — biror hududning hamma foydalanishga yaroqli boʻlgan, yuzadagi yer ostidagi, tuproqdagi va atmosferadagi namlikni qoʻshib olgandagi zaxiralar.
Suv ombori — amalan oqmaydigan, odatda, katta oʻlchamli, sunʼiy ravishda daryo oʻzani yoki yer yuzasi pastqamligida, toʻgʻon, tepadon, yer oʻyilgan joy va hokazodagi hovuz.
Suv ostida qolish mintaqasi — bunyod etilayotgan suv omborining oʻzani sifatida foydalanish uchun moʻljallangan hudud.
Suv pasayishi — tuproqdagi yoki tuproq massivi bilan yonma-yon hovuzdagi suvni qoʻrilish davrida, drenaj qurilmalarini, suvli tuproqqa qoʻyiladigan, chuqurlik nasoslari, igna suzgichlar va b. qoʻllagan holda suv sathini pasaytirish usuli.
Suv tayyorlanishi — bugʻ va suv isituvchi qozonlarni yoki turli texnologik jarayonlarni yaroqli, suv bilan taʼminlash uchun suvga ishlov berish (temirsizlantirish, tuzsizlantirish, chuchuklashtirish va hokazo).
Suv tashlash (suv tashlovchi inshoot) — suv omborida, suv eng yuqori hisobiy sathdan oshib ketmasligi uchun toʻgʻon tojidagi teshiklardan (suv tarnovi) yoki yuqori byefda suv sathidan pasda joylashgan chuqurlikdagi teshikdan (suv chiqaruvchi), yoxud undan, yo bundan va boshqalaridan ham bir vaqtda, suvni yuqori byefdan pastkisiga tashlashda foydalanadigan suv oʻtkazgich gidrotexnik inshoot.
Suv taʼminoti — turli isteʼmolchilarni (aholini, sanoat korxonalarini, transportni, qishloq xoʻjaligini) zarur miqdorda va talab etiladigan sifatli suv bilan taʼminlash boʻyicha tadbirlar yigʻindisi.
Suv taʼsir qilmas zamin qatlami — yer osti va yuza suvlarni sizishi uchun amalan suv oʻtkazmas deb qabul qilinadigan qatlam.
Suv tozalanishi — suv taʼminlash manbaidan suv oʻtkazgichlarga keluvchi suv sifatini belgilangan meʼyoriy koʻrsatkichlarga yetkazuvchi texnologik jarayonlar yigʻindisi.
Suv chiqarish (suv chiqarib yuborish inshooti) — gidrotexnik inshootda teshiklar koʻrinishida (quvurlar) chuqurlikda suv tashlash yoki suv omborini boʻshatish, yuqori byofda tubidagi choʻkindilarni yuvish va suvni pastki byefga oʻtkazish (tashlash) uchun alohida inshoot.
Suv chiqarish — suvsiz va kam suv hududlarini madaniy-maishiy va xoʻjalik maqsadlari uchun taʼminlash boʻyicha muhandisiy — gidrogeologik tadbirlar yigʻindisi.
Suvoʻtkazgich — tonnel, kanal, nov yoki quvur oʻtkazgich koʻrinishdagi, suv toʻplagichdan isteʼmol etiladigan joyga suvni bosim ostida yoki oʻz oʻzidan oqizib oʻtkazuvchi inshoot.
Suvzang — oqimlar zarbasi va toshib tushayotgan suv quvvatini pasaytirish, hamda suv oqimi oʻzanini va inshoot asosidagi tuproqni yuvilib ketishidan himoya qilishga moʻljallangan, toʻgʻonning bevosita tarnovi ortida, katta plita koʻrinishdagi suv oqimi mahkamlash unsuri.
Suvni havoga toʻyintirish — suvni havo kislorodi bilan toʻyintirish oʻtkaziladi: temirsizlantirish maqsadida tozalash suv oʻtkazgich inshoatlarida, hamda suvdan erkin uglekislota va serovodorodni yoʻqotish uchun; oqova suvlarni biologik tozalash inshootlarida oqova suvlarda erigan organik moddalarni va boshqa iflosliklarni maʼdanlanish jarayonini tezlashtirish uchun.
Suvsiz texnologiya — suv ishlatishni, oqova suvlar hosil boʻlishini va ularni atrof muhitga tushishini istisno etuvchi yoki eng yuqori darajada cheklovchi texnologik vositalar va ishlab-chiqarish jarayonlarining yigʻindisi.
Suvtoʻplagich (suv toʻplash inshooti) — ochiq suv oqimidagi yoki havzadan (daryo, koʻl, suv ombori), yoxud yer osti manbalaridan xalq xoʻjaligida foydalanish maqsadida (sugʻorish, suv taʼminoti, elektr quvvati ishlab chiqarish va b.) suv olish gidrotexnik inshooti.
Suvchiqarish — yer osti va (yoki) ochiq chuqurlardan, karyerlardan yuza yoki yopiq kavlangan yer osti yoʻlagi, quduq va b. togʻ qazilmalaridan yer osti suvlarni ketkazishni taʼminlovchi tadbirlar va qurilmalar majmuasi.
Suzgich toʻldirmasi — suzgichning bir qismi toʻldiriladigan, donador ashyolar va tutib turuvchi qatlamlar (shagʻal, qum va b.).
Suzgich-iskanja — maishiy va ishlab-chiqarish oqova suvlarining kelib chiqishi maʼdanli yuqa boʻlaklangan quyqalarini mexanik suvsizlantirish uchun uskuna.
Suzuvchan pol — birikkan xonalarni tovushdan himoyalashni yaxshilash maqsadida orayopma yoki devordan, amortizatsiyalovchi yoki himoyalovchi qurilmalar bilan ajratilgan pol.
Sunʼiy zamin — binodan (inshootdan) ogʻirlikni oʻzlashtiruvchi, zichlash, mahkamlash, kimyoviy, elektrkimyoviy, haroratiy yoki boshqa usullar hisobiga sunʼiy ravishda xususiyatlari oʻzgartirilgan zamin.
Toʻgʻon — suv oqimi va uning havzasini suv sathi koʻtarilishi uchun toʻsib turuvchi suv tirgak gidrotexnik inshoot.
Toʻgʻon diafragmasi — tuproqli ashyolardan quriladigan toʻgʻon ichida, devor koʻrinishida notuproq ashyolardan qilingan (beton, temirbeton, metall, yogʻoch yoki polimer pardaviy ashyolar) sizishga qarshi qurilma,
Toʻgʻon toʻsgichi — kam suv singdiruvchi ashyolardan, tuproqli, tosh-tuproqli yoki tosh-uyumli toʻgʻonning yuqori nishabliligi boʻyicha joylashadigan siziga qarshi uskuna.
Toʻgʻon yadrosi — tuproqli toʻgʻonning markaziy sizishga qarshi kam suv singuvchi zamindan devor koʻrinishda bajarilgan unsuri.
Toʻliq yigʻiluvchan qurilish — bino va inshootlarni yuqori darajada zavod tayyorligidagi yirik unsurlardan tiklash.
Toʻsqich — koʻp tavaqali tavaqa, hamda oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq plastinalar (uylar derazasida, shamollatish qurilmalarida va h.o.).
Toʻsin — bino yoki inshoot sinchi, farverk va romlar ufqiy yoki nishab unsurlari.
Toʻsuvchi qurilmalar — bino va inshootlarda ichki hajmlarni tashqi muhitdan yoki oʻzaro mustahkamlik, issiqlikdan himoyalash, namdan himoyalash, bugʻdan himoyalash, havo oʻtkazuvchanlik, tovushdan himoyalash, yorugʻlikka shaffoflik va sh.k. boʻyicha meʼyoriy talablarni hisobga olib himoyalashga moʻljallangan binokorlik qurilmalari.
Tabiiy bogʻ — nisbatan yengil qoʻriqlash rejimidagi alohida manzaraviyligi va oʻziga xosligi bilan ajralib turuvchi va aholining tashkil etilgan dam olishi uchun foydalaniladigan keng hudud maydonchasi.
Tabiiy bogʻ — ilmiy-maʼrifiy yoki dam olish maqsadlarida tashkil etiladigan, inson faoliyatidan kam buzilgan bir yoki bir necha tabiiy geotizim, tabiiy va madaniy landshaftlar uygʻunlashgan, nisbatan keng fazo.
Tabiiy va oqova suvlarni zararlantirish — suvdagi kasallik qoʻzgʻatuvchi bakteriya va viruslarni yoʻq qilish.
Tabiiy zamin — bino va inshoot ogʻirligini tabiiy holda oʻzlashtiruvchi zamin.
Tabiiy majmua — 1) tabiat obyektlarining qonuniyatli fazoviy bogʻliqligi; 2) har qanday oʻzaro bogʻliqlikdagi obyektlar va tabiat hodisalari yigʻindisi.
Tabiiy oromgoh — qoʻriqxona — asosiy maqsadi tartiblangan hordiq chiqarish, sayyohlik, ekskursiya va x. Tashkil etish uchun tabiiy muhitni saqlash.
Tavsiyanomalar — ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida — loyihalashtirishni va qurilishni yanada mukammallashtirishga qaratilgan maʼlumotlar.
Tayyorlov oʻlchami — mahsulotning biriktiruvchi va choklari tayyorlanayotganda ishlov berishga qoldirilishi bilan oʻlchami.
Tayyorlov omborxona xarajatlari — ashyolar, mahsulotlar va qurilmalar hamda jihozlar smeta narxiga qoʻshiluvchi, qurilish-yigʻuv tashkilotlari va buyurtmachilarning tayyorlov devonini saqlash (ishlab-chiqarish texnologik butlash boshqarmasi, taʼminot idora va boʻlimlari) va asosiy omborxonalar boʻyicha xarajatlarini toʻlash uchun mablagʻlar. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar, respublika meʼyorlari asosida, oʻrnatilgan, ashyolar, mahsulotlar, qurilmalar va jihozlar, qurilish franko-obyekt huzuridagi omborxonalar narxidan foizlarda aniqlanadi.
Tarqatilgan kuch — jadalligi doimiy boʻlgan muayyan sathga (chiziqqa) uzluksiz qoʻyilgan, chiziq, kvadratli yoki boshqa qonunlar boʻyicha oʻzgaruvchi kuch.
Tarmoq qudugʻi — suv oʻtkazgich yoki kanalizatsiya tarmogʻining, suv oʻtkazgich vositalarini, asboblarni, ulash qurilmalarini oʻrnatish tarmogʻini tekshirish va tozalash va b. uchun moʻljallangan tashqi unsuri.
Tarnov — 1) suvning toʻsiq tojidan erkin oqib oʻtuvchi yuza suv tashlash (bosimsiz); 2) suv oqimi toshib quyiladigan toʻsiq, boʻsagʻa.
Taʼmirlash — binoni asl koʻrinishi (yoki unga yaqin) holida qayta tiklash.
Taʼsir — qurilmalar unsurlarida ichki kuchlarni vujudga keltirib chiqaruvchi hodisa (poydevorning shakl oʻzgarishi, togʻ qazilmalari va oʻpqonli hududlarda yer sathi shakl oʻzgarishi harorat oʻzgarishi, qurilmalar ashyolarining choʻkishi va siljuvchanligi, zilzila, portlash, namgarchilik va boshqa shunga oʻxshash hodisalar).
Taʼsir mintaqasi — aholi yashash manzilining fazoviy va vazifaviy aloqalari, eng jadal taʼsir koʻrsatadigan hudud.
Tebranma migratsiya — doimiy va muntazam mehnat safarlari.
Tez oqim — suv oʻtkazgich (hovuz)ning turli sathlarida. Joylashgan bosimsiz qismlari tutashuvi uchun ochiq yoki yopiq gidrotexnik inshoot, unda yuqori qismdan quyisiga suv oʻtkazish katta (tanglikdan ortiqroq) tezlikda oqim inshoot oʻz sirtidan ajramasdan amalga oshiriladi.
Tekis tarqaluvchan kuch — muayyan sathga (chiziqqa) yoki uning qismiga uzluksiz qoʻyiladigan, doimiy jadallikdagi kuch.
Tekislash — tozalangan va yogʻsizlantirilgan sathni tekislash va yuza gʻovaklarini boʻyash qatlami bilan yopishqoqligini yaxshilash, boʻyoqning umumiy sarfini kamaytirish maqsadida, avvaldan boʻyovchi qorishmalarni berish yoʻli bilan tayyorlash jarayoni.
Tekislovchi qoplama — tom, pol va muhofaza yonmasini oʻrnatishda, asos sathini tekislovchi ashyo qatlami.
Tekislash — oʻrnatilgan qurilma yoki jihozli loyihaviy holatini berilgan aniqlikda taʼminlash maqsadida toʻgʻrilash va arzimas siljitish.
Temirbeton qurilma oʻzagi — temirbeton qurilmalarning ajralmas tarkibiy qismi (poʻlat oʻq yoki simli) boʻlib, oʻzining vazifasi boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi: tashqi kuch va taʼsirdan, qurilmaning oʻz ogʻirligidan vujudga keluvchi, hamda dastlabki zoʻriqtirilgan, asosan choʻzuvchi (ayrim hollarda siquvchi)kuchni oʻzlashtiruvchi ishchi oʻzak; sinchda oʻqlarni birgalikda ishlashini taʼminlaydigan, kuchlanishni oʻzaro teng taqsimlashga imkon beradigan qilib ishchi oʻzak bilan payvandlash yoki bogʻlash yoʻli bilan mahkamlovchi-taqsimlovchi (qurilmaviy) oʻzak; sinchlar yigʻilayotganda ishchi oʻzak alohida oʻqlarini ushlab turuvchi va ularni loyihaviy holatda oʻrnatilishiga imkon beruvchi — yigʻuv oʻzagi; qurilmalar betonidagi (xarilar, sorrovlar, ustunlar va b.) qiyshiq yoriqlarni yoʻqotish uchun, va shu qurilmalar uchun alohida oʻqlardan oʻzak sinchlar yasash uchun qoʻllaniladigan xomutlar.
Temir yoʻl quvvati — temir yoʻlning texnikaviy tavsifi, inshootlar va qurilmalar majmuasi, texnikaviy taʼminlanganligi va harakatni tashkil etish usullari boʻyicha, hisobiy vaqt birligida belgilangan tashish hajmini taʼminlash qobiliyati.
Tenglashtiruvchi rezervuar — bosimsiz suv oʻtkazgichda suvning qoʻnimsiz harakati chogʻida suyuqlik zarbasi kattaligini tushirish uchun xizmat qiluvchi, erkin sathli suv rezervuari.
Tender hujjatlari — qurilish obyektlari va savdolashish predmetlari, hamda savdo shartlari va ish tartiblari haqida, texnikaviy, tijorat, tashkiliy va oʻzgacha tavsiflari haqida dastlabki maʼlumotlarni qamrovchi hujjatlar toʻplami.
Teosuzgich-tarz — binoning har bir tashqi tomoni suvsiz ish oqimi yoʻnalishiga nisbatan zarralar yirikligi ortib borish tartibida inshoot zamini-yoki uning asosi zamini zarralarini olib chiqishini oldini olish maqsadida yotqizilgan, ikki yoki undan ortiq bogʻlanmagan tuproq qatlami yigʻindisi.
Tepadon — devordagi boʻshliq tepa qismini yopuvchi va yuqoridagi qurilmalardan tushuvchi ogʻirlikni oʻzlashtiruvchi, toʻsinsimon yoki arka nusxali qurilmaviy unsur.
Terrasa — rafaqda joylashgan yozgixona, xonalar yoki oʻchoq boshida dam olish uchun oʻralgan maydoncha.
Texnikaviy qavat — muhandisiy jihozlarni joylashtirish va kommunikatsiyalarni yotqizish uchun foydalaniladigan, bino ostida, binoning yuqori qavati ustida, koʻp qavatli binolarning bir yoki birnecha oʻrta qavatlarida joylashtiriladigan qavat.
Texnikaviy infratuzilma — moddiy ishlab-chiqarish va taʼminot obyektlarini ishlashini taʼminlovchi muhandisiy-texnikaviy inshootlar va jihozlar yigʻindisi.
Texnikaviy nazorat — buyurtmachi tomonidan, qurilish ustidan bajarilgan qurilish-yigʻuv ishlarini qabul qilish vazifasini hal qilib olib boriladigan nazorat.
Texnogen omillar — insonning tabiiy tarkiblari, texnogenez hodisalarini paydo boʻlishiga va avj olishiga sabab boʻluvchi, texnogen shaklidagi taʼsiri unsurlari.
Texnogenez — odamlarning texnikaviy va texnologik faoliyati taʼsirida tabiiy majmualarni va tabiiy sharoitlarni oʻzgartirish jarayoni.
Texnologik loyihalashtirish meʼyori — sanoat korxonalari va inshootlarining texnologik jarayonlarini loyihalashtirish boʻyicha, vazirlik va muassasalar tomonidan, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan meʼyoriy hujjatlar.
Texnologik xarita — tez takrorlanadigan qurilish yigʻish ishlari turlarini va ishni olib borish loyihasi oʻrniga yoki unga qoʻshimcha sifatda foydalaniladigan maʼqul va barqaror ishlab-chiqarish texnologiyasini oʻrnatuvchi hujjat.
Tizim — belgilangan negizga boʻysundirilgan va umumiy vazifani bajaruvchi binolar, qurilmalar, jihozlar, asboblar va boshqa texnikaviy vositalar, tushunchalar, meʼyor va qoidalar (ular orasidagi aloqalar bilan) yigʻindisi.
Tiksotrop qoplama — inshoot va tuproq oʻrtasidagi ishqalanishni kamaytirish uchun tegishli xossali, tarkibli va quyuqlikdagi loyli qorishma qatlami (masalan, chuqur tayanchli quduqni tushirishda).
Tindirgich — gidro uzellarda, irrigatsiya suv taʼminoti va kanalizatsiya inshootlari tizimida oqim tezligi pasaytirilgan holda koagulyatsiya qilish va tindirish yoʻli bilan suvni tiniqlashtirish uchun inshoot.
Tindirish chuquri — oqova suvlari toʻplanadigan (hovuz yoki rezervuar) va birlamchi tozalash (tindirish jarayonida) joyi.
Tirgovich (kontrofors) — asosiy yuk koʻtaruvchi qurilmani (koʻpincha devorni tashqi tomonidan) kuchaytiruvchi va asosan ufqiy kuchni oʻzlashtiruvchi tik boʻrtiq yoki qoʻshimcha qurilma.
Tirgovich devor — orqasidagi zamin qatlamini oʻpirilishdan toʻxtatib turuvchi va uning yuzasida joylashgan kuchlanishni (yuklamani) oʻzlashtiruvchi qurilma.
Titul roʻyxati — mablagʻlar ajratish rejasiga qoʻshiladigan, qurilayotgan (qayta tiklanayotgan, kengaytirilayottan) binolar, inshootlar, korxonalar yoki ularning qismlari roʻyxati.
Tishdevor — zaminga qoqilgan tish qoziqlardan tashkil topgan (yogʻoch, temirbeton, poʻlat) suv oʻtkazmas toʻsiq sifatida xizmat qiluvchi va gidrotexnik inshootni tiklashda (sohillar, shlyuzlar, kameralar va sh.k.) xandaqlarni, oʻralarni va sh.k. toʻsish uchun yaxlit devor.
Togʻ bosimi — yerosti ishlamalari qoplamasiga, (mustahkamligiga), muvozanat holati tabiiy tektonik hodisalar va ishlab-chiqarish jarayonlari, (yerosti ishlari) natijasida buzilgan, uni oʻrab turgan togʻ jinslariga taʼsir etuvchi kuchlar.
Togʻ jinslariga ishlov berish — foydali qazilmalarni qidirish va qazib chiqarish maqsadida togʻ ishlarini amalga oshirish, muhandisiy-geologik qidiruv oʻtkazish va yerosti inshootlari qurilishi natijasida vujudga keluvchi yer qatlami boʻshligʻi.
Tozalash inshootlari — oqova suvlarni ifloslantiruvchilardan muntazam ravishda tozalash uchun moʻljallangan maxsus muhandisiy qurilmasi.
Tonnel (tunnel) — balandligi chiqib turuvchi qurilmalarigacha 2 m va undan ortiq boʻlgan, temir va avtomobil yoʻllari, piyodalar oʻtish joylari, kommunikatsiyalar va sh.k. uchun moʻljallangan choʻziq, yerosti inshooti.
Torketirlash — siqilgan havo vositasida, ishlov berilayotgan yuzaga (yoki shaklga) sement-qum qorishmasini (torket) yoki beton aralashmasini (sachratma beton) berish.
Tortqich — arka, gumbazlar, chordoq toʻsinlarini tortib turuvchi qurilmalar kuchini oʻzlashtiruvchi va sh.k. binokorlik qurilmalarini tugallanish tugunlarini biriktirib turuvchi asosiy unsur.
Traversa — 1) asosiy qurilmaga nisbatan koʻndalang yoʻnalishda joylashtiriladigan va tik unsurlarga tayanuvchi qurilma unsuri; 2) tusin yoki ilib qoʻyilgan stropasi bilan uchburchakli forma koʻrinishdagi yuk bosma uskuna.
Transport vositalaridan yigʻuv — zavodda tayyorlangan qurilmalarni, belgilangan vaqtda qurilish maydonchasiga keltirilishi va bevosita transport vositasidan loyihaviy holatga oʻrnatib yigʻish usuli.
Transport yechimi — transport vositalari kelishuvchi turli toifadagilarni ajratish yoki bir toifadagi ajratish yoki birlashtirish uchun xizmat qiluvchi bir yoki bir necha sathda oʻrnatiladigan muhandisiy inshoot yoki inshootlar majmuasi.
Trassa — joyida loyihaviy holatga javob beruvchi va ikki ufqiy (reja bilan) va tik (buylama qoʻrinishi) proyeksiya bilan aniqlanuvchi chiziqli inshoot oʻqining holati (yoʻl, quvur oʻtkazgich, EUCH va sh.k.).
Toʻgʻon tishi — boʻrtiq koʻrinishdagi, poydevor bilan bogʻliq va asosga chuqurlashtirilgan, suv sizish yoʻlini uzaytirishga va toʻgʻonning turgʻunligini oshirishga xizmat qiluvchi toʻgʻon unsuri.
Tub qurilish — xalq xoʻjaligining hamma sohalarida, markazlashtirilgan davlat mablagʻlari, bank kreditlari, ishlab chiqarishni kengaytirish fondi va asosiy fondlarni qayta ishlab-chiqarish amalga oshiriladigan amortizatsiya ajratmalari qismi hisobiga tayyorlanadigan yangi yoki ishlayotgan korxonalarni ishlab chiqarish va noishlab-chiqarish vazifasidagi bino va inshootlarini qurish va uskunalar bilan jihozlashni qayta qurish (kengaytirish, yangidan jihozlash).
Tuman — oʻzaro bogʻliq unsurlari yaxlitligi va majmuaviyligi toʻldirilishi bilan ajralib turuvchi hudud.
Tunnel — qaralsin: tonnel.
Tuproq qorishma — yumshatuvchi qoʻshimchali qorishma (masalan, ohak va b.), hamda bentonit loyli qorishma.
Tuproq koʻtarma — temir yoʻl yuqori qurilmasiga yoki avtomobil yoʻli qoplamasiga asos boʻlib xizmat qiluvchi toʻkma, qazilma, yarim toʻkma — yarim qazilma koʻrinishdagi tuproqli muhandisiy inshoot. Yer koʻtarmasiga, bevosita u bilan aloqador suv ketkazuvchi, mahkamlovchi va himoya qurilmalari va inshootlari (kyuvetlar, lotoklar, barma, tirkama devorlar va sh.k.) kiradi.
Tutashuv tarmogʻi — elektr-quvvatini elektrlashtirilgan transport tok qabul qilgichlariga (elektr tashigich, motorli vagon, tramvay, trolleybus) olib borish uchun moʻljallangan, chiziqli tok oʻtish, himoyalash, quvvatlovchi va tayanch unsurlarining yigʻindisi.
Tutashuv chizigʻi — bir temir yoʻli (tramvay) yoki trolleybus harakat yoʻnalishiga taalluqli tutashuv tarmogʻining qismi.
Tushiriluvchi quduq — zaminni kavlanishi boʻyicha, oʻz ogʻirligini taʼsirida pastga tushuvchi boʻsh tak qurilma.
Uy-joy binolari — odamlar doimiy yashashi uchun xonadonli uylar va ish yoki oʻquv muddati davomida yashash uchun yotoqxonalar.
Uy-joy mintaqasi — oʻy-joy hududlarini, jamoat markazlarini joylashtirishga moʻljallangan.
Uy-joy seksiyasi — xonadonlarga olib chiquvchi bino butun balandligi barobar zinadan tashkil etilgan uyning hajmiy-fazoviy unsuri.
Urbanizatsiya — jamiyatda shaharlar va shahar turmush tarzi rolining oshib borish jarayoni, hamma koʻrinishdagi faoliyatlar kuchayishining qoʻshilib kelishi.
Ustama sarflar — qurilish-yigʻuv tashkilotlarining, qurilish ishlab-chiqarishini va qurilishni boshqarishni taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar (maʼmuriy xoʻjalik, ishchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha, ishni tashkil etish va olib borish boʻyicha va hokazo).
Usti berk hovli — himoyalangan turdagi yozgi imorat, quyidagi shakl va koʻrinishlarga ega: “qashqarcha” — ikkixona oʻrtasidagi ravon, koʻtarma panjaralar bilan oʻralgan ayvon; “uy-ayvon” — xonalar bilan oʻralgan hovli; dolon — usti berk yoʻlak; “bolaxona” — yoʻlak tepasidagi yozgi xona.
Ustun qoziq — qoqiluvchi qoziqning bir koʻrinishi, yer ustki qismi binoning (inshootning) ustuni, yerga botirilgan qismi esa qoziq vazifasini oʻtaydi.
Ustun qoziq — silindrik (yoki prizmaviy) temirbeton qoziqlar koʻrinishidan biri, yaxlit kesimli. Avvaldan burgʻilangan quduqlarga tushirilib, quduq va temirbeton unsur orasidagi tirqish qum-sement yoki tuproq qorishmasi bilan toʻldiriladi.
Ustun traversasi — poʻlat ustun tayanch qismida tik poʻlat yaproqlar koʻrinishdagi, kuchlanishni tayanch yuzasiga bir tekisda uzatishga moʻljallangan qurilmaviy unsur.
Ustundar qatori — orayopmani ushlab turuvchi ustunlar qatori.
Fazoviy qurilmalar — qoʻyilgan fazoviy kuchlar tizimini oʻzlashtirishga qobiliyatli qurilmalar.
Filotatsiya uskunasi — oqova suvlardan yupqa boʻlaklangan qattiq yoki torashlangan suyuq mexanik aralashmalarni havo pufakchalari sathiga yopishib qolish yoʻli bilan ajratish uchun uskuna.
Foydalaniladigan tom yopmasi — toʻgʻri vazifasi boʻyicha va boshqa maqsadlarda (solyariy, sport maydonchasi, dam olish va sh.k.) foydalaniladigan tom yopmasi.
Xandaqni tozalash — oxirigacha ishlov berilmagan xandaq tubidan va devorlaridan zamin qatlamini olish.
Harakatchan kuch — inshootdan foydalanish jarayonida qoʻyilish joyi va taʼsir yoʻnalishi oʻzgarishi mumkin boʻlgan kuch.
Hudud tahlili — hududlardan toʻgʻri foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish istiqbollarini aniqlash maqsadidagi tadqiqotlar majmui.
Hududiy rejalashtirishni amalga oshirish — hududiy rejalashtirish tizimida va loyihasida mavjud boʻlgan amaliy takliflar asosida qandaydir hoʻjalik qarorlarini qabul qilish.
Hududni rejaviy tashkil etish — turli vazifadagi unsurlarni, oʻzaro taʼsirning eng qulay rejimini nazarda tutib toʻgʻri joylashtirish.
Hududni tiklik jihatdan rejalashtirish — qurilish va obyektdan keyinchalik foydalanish maqsadlari uchun loyiha asosida, joy relyefini kesib yoki tuproq toʻkib oʻzgartirish.
Hududning demografik sigʻimi — aholining eng zarur kundalik talablarini, koʻrib chiqilayotgan hudud manbalari hisobiga, ekologik muvozanatni saqlab qolgan holda, taʼminlash sharti bilan, shu hududga joylashishi mumkin boʻlgan (aholining) eng koʻp soni.
Chang ajratgich — qaralsin chang tutgich.
Chang tutgich — chang va boshqa mexanik aralashmalarni soʻrma shamollatish tizimida va gazni tozalash sanoat jihozlarida, havo (gaz) oqimidan tutib qolish (ajratish) uchun qurilma.
Chaspak — eshik yoki deraza boʻshligʻi gardishi.
Chegaraviy holat — qurilmalar, asos, bino va inshoot berilgan foydalanish talablari yoki ish olib borish talablariga javob bermay qoladigan holat
Chekka — markazdan uzoqdagi joy (mamlakat, viloyat qismi).
Chekka yoʻlka — oliy (I va II) toifadagi avtomobil yoʻllar, yoʻl qoplamasini, harakatni tashkil qilish va yoʻl qoplamalari qirrasini buzilishdan saqlash uchun unda chekka belgilash chiziqlarini joylashtirish maqsadida kengaytirish.
Cheklov tasmasi — suv manbalari sanitariya himoyalash mintaqasi ikkinchi belbogʻi. Shu chegara ichida yuza va yer osti oqimlar suv tarkibi va xususiyatiga taʼsir koʻrsatadi. Cheklov tasmasi rejimi suv olish mintaqasida, yuza va yer osti suvlarini ifloslanishiga olib keluvchi xoʻjalik faoliyatini cheklaydi.
Chiqindi ombori — foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash jarayonida, hosil boʻladigan va turli maʼdanli hom ashyo va chiqindilarni qabul qilish va saqlash uchun inshoot.
Chiqindisiz texnologiyalar — ishlab-chiqarish jarayonida xom-ashyo, issiqlik-energiya manbalaridan toʻliq foydalanilishini nazarda tutuvchi, atrof-muhitga zarar keltiruvchi chiqindilar hosil qilmaydigan texnologik vositalar va jarayonlar yigʻindisi. Ishlab-chiqarishni iqtisodiy muammolari ham CHTni zarurat qilib qoʻygan.
Chidamlilik — bino va inshootni va ularning unsurlarini belgilangan sharoitlarda, oʻrnatilgan foydalanish rejimida, berilgan sifatini vaqt mobaynida, buzilishsiz va shakl oʻzgarishisiz saqlash qobiliyati.
Chiziqdagi xodimlar — qurilish yigʻuv ishlari bevosita rahbarlari boʻlgan muhandisiy-texnik xodimlar (uchastka boshliqlari, ishlab-chiqaruvchilar, qurilish ustalari va uchastka mexaniklari).
Chizim — asbob-uskuna, qurilma, inshootlar va tarmoqlar (suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr taʼminoti, aloqa va b.) qabul qilingan yechimlarni, asosiy gʻoyalarni, negizlarni va muntazam ishlashini chizmaviy tasviri taʼrifi va texnikaviy-iqtisodiy asoslari.
Shahar — odatda, aholisi 7,0 mingdan ortiq boʻlib, asosan noqishloq xoʻjalik mehnati bilan mashgʻul, toʻplami aholi joylashish shakli.
Shahar atrofi mintaqasi — shahar hududini bevosita oʻrab turuvchi va uning kengayishi uchun zaxira, aholi dam olish joyi, shahar xoʻjaligini meʼyoriy yashashini taʼminlovchi turli inshootlar va korxonalarni joylashtirish va qurish uchun yer.
Shahar landshaftlari — asosiy xususiyatlari shahar yoxud shahar aglomeratsiyalari qiyofasi va sharoitlari bilan aniqlanuvchi antropogen landshaft.
Shaharni tashkil etuvchi asos — shahar hududining xalq xoʻjaligi ixtisosi, uning kattaligini va hududdagi mehnat taqsimotida oʻrnini aniqlovchi obyektlar yigʻindisi.
Shahar ekologiyasi (antropoekologiya) — atrof muhitda yashovchilarning antropogen taʼsirini tadqiq etish va shaharning u yoki bu tumanida, bu taʼsir natijasini baholash, hamda koʻrib chiqilayotgan maydonchalar, xolisona roʻyxatga olinadigan xossalari toʻplami bilan solishtirish.
Shaharsozlik kadastri — aholi yashash manzilining hamma turdagi qurilishi, imoratlar qurilishi, muhandisiy infratuzilmasi, odamlar faoliyati taʼsiridagi oʻzgarishlarni baholangan holdagi miqdor va sifat jihatdan tavsiflovchi maʼlumotlarning bir tizimga keltirilgan yigʻindisi.
Shaharsozlik sugʻurtasi — meʼmoriy va shaharsozlik obyektlarini va majmualarni tabiiy ofatlardan, portlashdan, yongʻindan va shikastlanishda qonunlar bilan belgilangan tartibda ixtiyoriy yoki majburiy sugʻurtalash.
Shaharsozlik ekologiyasi — shaharlarning rivojlanishi va bu taraqqiyotning ehtimolli oqibatlari bilan bogʻliq joylashish tizimini va turar-joy muhitini shakllanishini oʻrganish.
Shakl oʻzgarishi (deformatsiya) — qandaydir jismoniy omillar (tashqi kuch, qizish va sovish, namlikni oʻzgarishi va boshqalar) taʼsiri ostida jism (jism qismining) shakli yoki oʻlchamlarining oʻzgarishi.
Shakliy beqarorlik — ashyolarining birlamchi shaklni oʻzgarishiga moyillik xususiyati.
Shamolguli — shamolning oy, mavsum, yil davomida, maʼlum tuman uchun asosiy rumblar boʻyicha turli (yoki oʻrtacha tezlik yoki eng katta oʻlchami) takrorlanishni taqsimlanishi chizmaviy tasviri.
Shamol energetikasi — shamol kuchidan, elektr quvvati va b. quvvat turlarini olish uchun foydalanish.
Shamollatiluvchi toʻsuvchi qurilmalar — bugʻni, ortiqcha issiqlikni chetlatish, isitgichni quritish va sh.k. uchun, havo bilan tugash boʻshliqqa ega bino tashqi devori yoki tomyopmasi qurilmalari.
Shamollatish — texnologik talablarga binoan havo muhitini taʼminlovchi, tabiiy yoki sunʼiy rostlanuvchi havo almashinuvi.
Shamollatish berkitmasi — zararli ajralmalar paydo boʻlish joyini, xonalarning umumiy hajmidan ajratuvchi moslama.
Shaxta suvlari — foydali qazilmalar shaxtalaridan uzoqlashtiriluvchi va suv havzalariga tashlashidan oldin tozalash, tuzsizlantirish yoki daxlsizlantirish lozim boʻlgan yer osti suvlari.
Shovqin — tovush bosimining salbiy hissiyot uygʻotuvchi va organizmga zararli taʼsir etuvchi betartib oʻzgarishi.
Shovqindan himoyalash — ishlab chiqarishda, transportda, fuqaro va sanoat qurilishida koʻchada va sh.k. shovqinni kamaytirish boʻyicha tadbirlar.
Shovqindan himoyalash yashil tasma — shovqin manbaini (avtomobil, temir-yoʻli, koʻchalarga oʻtish joyi va sh.k.) uy-joy,maʼmuriy yoki sanoat binolaridan ajratib turuvchi daraxtzor va butali oʻsimliklar tasmasi.
Evakuatsiya yoʻllari — bino va inshootlardan turli xonalar, yoʻlaklar, zina-lift tugunlari, balkonlar va sh.k. orqali odamlar evakuatsiyasini taʼminlovchi oʻtish joylari.
Ekologik halokat — tabiiy yoki antropogen kuchlarning vayronaviy taʼsiri natijasida vujudga keluvchi va katta iqtisodiy talofat keltiruvchi” tabiiy muhitning sharoitlarini bepoyon hududda eng noqulay oʻzgarishi.
Ekologik boʻlim — atrof-muhiti oʻzgarish tahlili va bashorati natijalari yigʻindisi va hududiy rejalashtirish chizimida yoki loyihasida belgilangan hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi miqyoslariga binoan uni yaxshilash va muhofazalash boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish.
Ekologik muvozanat — tabiiy muhitning, qachonki uning asosiy tarkiblari atmosfera havosi, suv manbalari, tuproq qatlami oʻsimliklar va hayvonot dunyosi oʻz-oʻzini tartibga solishi va qayta ishlab chiqilishini taʼminlashi mumkin boʻlgan dinamik holat.
Ekotizim — ekologik tizim, uning taʼsirlari sifatida, bir tomondan jonzotlar, ularning guruhi yigʻindilari (turlari, koʻpayishi, senozlar), ikkinchi tomondan — muhit, ular yashaydigan omillar yigʻindisi chiqadi.
Elektr tarmogʻi — elektrstansiyani isteʼmolchilar bilan bogʻlovchi elektr liniyalari, kichik stansiyalar, tarqatish va ulash nuqtalari yigʻindisi.
Estakada — ustunlar qatoridan va oraliq inshootdan tarkib topgan va transport vositalaridan (piyodalar harakatlanishi) oʻtkazishga turli kommunikatsiyalarni yotqizishga, yuklash va tushirish ishlari va sh.k. uchun moʻljallangan yer usti (suv usti) ochiq, choʻziq inshoot.
Estetik manbalar — tabiiy muhitining u yoki bu darajada estetik oʻzlashtirishni shartlashtiruvchi xossalari yigʻindisi.
Yuvilish plyaji — yer inshooti yuvilish jarayonida quyqa yoki tindirilgan suv oqib tushadigan zamin sathi.
Yuza choʻkishi — yer yuzasining togʻ jinslarini katta boʻlmagan yoriqsiz pasayishi.
Yuk koʻtaruvchi qurilmalar — kuchni va taʼsirni oʻzlashtiruvchi, bino va inshoot mustahkamligini, bikrligini va turgʻunligini taʼminlovchi binokorlik qurilmalari.
Yuk koʻtaruvchi oʻzak — ish olib borishda vujudga keluvchi, yigʻuv va transport kuchlanishini hamda betonning oʻz va qolip kuchlanishini koʻtarishga qodir, yaxlit qoʻyilgan temirbeton qurilma oʻzagi. Yuklash (boʻshatish) koʻlami — temir yoʻli yoki avtomobil yoʻliga yondoshgan, transport vositalariga yuklashga yoki ulardan tushirib olish uchun foydalaniladigan joy maydonchasi.
Yuklov qamrovi — yuk (oʻrash va mahkamlashni hisobga olganda) ochiq harakatdagi tarkib toʻgʻri ufqiy yoʻlda boʻlganda, haddiy koʻndalang koʻrinishining joylashishi (temir yoʻl oʻqiga tik holat).
Yumshoq shakl oʻzgarishi — kuch omillari taʼsiri natijasida ashyoning ichki zarraviy buzilishlarsiz qoldiq shakl oʻzgarishi.
Yumshoqlik — qattiq jinslarning tashqi kuchlar taʼsirida buzilmasdan, oʻz shakli va oʻlchamlarini oʻzgartirish va quch bartaraf etilgandan soʻng qoldiqli (yumshoqlik) shakl oʻzgarishini saqlash xususiyati.
Yagona respublikaviy yakka narxlar (yaryan) — smeta meʼyorlari asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqilgan va respublika viloyatlari uchun qabul qilingan hududiy boʻlinish boʻyicha tasdiqlangan umumqurilish va maxsus ishlarga yakka narxlar.
Yakka narxlash — mavjud smeta yoki ishlab-chiqarish meʼyorlari asosida, ishchilarning asosiy ish haqi, ashyolar, mahsulotlar va qurilmalar va qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish, qurilmaviy unsurning yoki ish turining qabul qilingan oʻlchov birligiga meʼyoriy narx oʻrnatiladigan smeta hujjati.
Yakka narxlash toʻplami — muayyan qurilish sharoitlari hamda maxsus chiziqli qurilishlar uchun moslashtirilgan umumqurilish va maxsus ishlarga yakka narxlash toʻplami.
Yakka narxlar roʻyxati — viloyat (respublika) qurilish mintaqasiga yoki alohida yirik qurilishlar, muayyan sharoitlariga, shuningdek maxsus va chiziqli qurilishlarga bogʻlangan umumqurilish va maxsus ishlar yakka narxlar toʻplami.
Yassilik qurilmalari — faqat belgilangan bir tekislikda taʼsir etuvchi kuchni oʻzlashtirishga qobiliyatli qurilmalar.
Yaxlit qurilmalar — asosiy qismlari yaxlit butun (monolit) koʻrinishdagi, bevosita bino yoki inshoot qad koʻtaradigan joyda tayyorlangan binokorlik qurilmalari (asosan beton va temir-beton).
Yashil devor — qandaydir obyekt yoki maydonni chegaralab turuvchi, sunʼiy shakllantirilgan qalin oʻsimliklar yoki past boʻyli daraxtlar zich tasmasi.
Yashirin ishlar — binolar va inshootlarni qabul hayʼatiga foydalanishga topshirishda vizual baholab boʻlmaydigan va qurilish tashkiloti tomonidan tekshirishga va qabul etishga, keyingi boshqa ishlar jarayonida yopib yuborilmasdan oldin taqdim etiladigan ayrim ishlar turi (poydevorlar, gidroizolyatsiya oʻrnatilishi, temirbeton qurilmalarda oʻzaklarni va oʻrnatish mahsulotlarini qoʻyish va sh.k.
Oʻzakdagi nazorat qilinadigan kuchlanish — oldindan zoʻriqtirilgan qurilmalar, zoʻriqish oʻzagidagi hisobiy zoʻriqish kattaligi.
Oʻzi zoʻriquvchi qurilma — oldindan zoʻriqtirilgan qurilmalarning turi, oʻzaklar zoʻriqishiga kengayuvchi sementda, betonning qotishi jarayonida hajmi kattalashuvi natijasida erishiladi.
Oʻpirilishga qarshi galereya — temir yoʻl yoki avtomobil yoʻllari qismlarini togʻ oʻpirishidan saqlovchi inshoot.
Oʻrmon bogʻi — aholi dam olishi, shaharsozlik muhitni sogʻlomlashtirish vazifalariga moʻljallangan, nisbatan katta shahar ichida yoki tashqarisidagi oʻrmon massivi.
Oʻtish koʻprigi — koʻprik, unga yaqinlashtiruvchilar (eskalada, yer uyumlari yoki qoziqlar), rostlovchi va qirgʻoq himoyalovchi inshootlardan tashkil topgan, muhandisiy inshotlar majmuasi.
Oʻtish egrisi — turli egrilikdagi yoʻllar qismlarini shu jumladan toʻgʻri qismlar va asosiy aylana egrisining ravon oʻtishini hosil qiluvchi rejadagi oʻzgaruvchan radius egrisi.
Oʻtish-tezlanish yoʻlkasi — yurish qismining asosiy yoʻlkalari boʻyicha harakatlanayotgan umumiy transport oqimiga kirish yoki tormozlanishni taʼminlash uchun oʻtish qismining qoʻshimcha yoʻlkasi.
Qoʻllanma — loyihalash va qurilish uchun yetakchi bajaruvchilar — meʼyoriy hujjatlar loyihasini ishlab chiquvchilar (odatda, QMQ boblarini) tayyorlaydigan,qoʻshimcha maʼlumotlardan iborat material.
Qoʻriqlash mintaqasi — joylashtirilayottan obyektlarni maxsus qoʻriqlash rejimi oʻrnatiladigan mintaqa.
Qoʻshma qurilmalar — turli bino va inshootlar qurilishida qoʻllaniladigan va yuk koʻtaruvchi va toʻsqich vazifasini bajaruvchi qurilmalar.
Qavat — binoning balandlik boʻyicha pol va orayopma yoki pol va tomyopma bilan cheklanuvchi qismi.
Qayishqoq shakl oʻzgarishi — uni vujudga keltirgan kuch olingandan soʻng, yoʻqoladigan shakl oʻzgarishi.
Qayishqoqlik (egiluvchanlik) — ichki kuchlar hosil boʻlishi bilan bogʻliq, kuchlanish va taʼsir ostida jismning shakl oʻzgarishi va uni keltirib chiqaruvchi kuchlanish harakatini va taʼsirlar toʻxtatilganda, oʻzining birlamchi shakli va hajmini (qattiq jismlar) yoxud (faqat hajmini (suyuq va gazsimon jismlar) toʻlaligiga qaytarish xususiyati.
Qayishqoqlik chegarasi — ashyolarning zoʻriqishini ifodalovchi mexanik tavsif, qachonki oʻrnatilgan joizlik bilan tavsiflanuvchi qoldiq shakl oʻzgarishi birinchi marta nechogʻlik kichik kattalikka erishadi.
Qayta tiklash — bino va inshootlarni, koʻchalarni, maydonlarni, shahar rejalashtirish tuzilishini qayta qurish, zamonoviylashtirish, yangilash. Qayta tiklashda koʻpincha binolarning tarixan shakllangan unsurlar qiyofasini, shahar muhiti tabiatini saqlab qolish nazarda tutiladi. Qayta qurishning maqsadi va tabiatga qarab, uni renovatsiya, reabilitatsiya, revalorizatsiya va b. turlarini farqlaydilar.
Qaytarilmaydigan suv isteʼmoli — sanoatda, kommunal va qishloq xoʻjaligida suv ishlatilayotgandagi suvning yoʻqotilishi. Suv manbasiga qaytmaydigan suv hajmini tavsiflaydi.
Qaytaruv mablagʻi — erkin smeta hisobi jamidan tashqarida hisobga olinadigan va quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi mablagʻ: muvaqqat bino va inshootlarning qurilish davomidagi amortizatsiyalashtiriladigan va shu davrdagi tub tuzatish xarajatlarini chegirib tashlangan narxi qismini; muvaqqat bino va inshootlar narxi tugatilish qismini; buzilayotgan yoki koʻtarilayotgan bino va inshootlarni boʻlaklarga ajratishdan olinadigan ashyolar narxi; yoʻl yoʻlakay qoʻlga kiritiladigan ashyolar narxi.
Qamrov — tashqi hadlar koʻrinishi yoki qurilmalar, binolar, inshootlar, jihozlar, transport vositalari va hokazolar oʻlchamlari.
Qatqavat — binoning (inshoot) balandlik boʻyicha shartli cheklangan, hajmiy-rejaviy, texnikaviy va qurilmaviy jihatdan bir butunlikni namoyon etuvchi qismi.
Qattiqlik — ashyolarning makoniy tutashgan kuch taʼsirida yuza qatlamida yumshoq shakl oʻzgarishiga yoki moʻrt buzilishiga qarshilik koʻrsatish xususiyati.
Qatʼiy rejim tasmasi — odamlar yashashi va suv toʻplash ehtiyoji bilan bogʻliq boʻlmagan, har qanday qurilish man etiladigan, suv manbalarini sanitariya-himoyalash mintaqa birinchi belbogʻi.
Qizil chiziq — mufassal loyihalashtirish va imoratlar solish loyihasida oʻrnatiladigan qurilish-maydonlari chegarasi.
Qirgʻoq tasmasi — suv obyektiga tutashib turuvchi, suvdan foydalanish va uni qoʻriqlash uchun zarur qoʻriqlik tasmasi.
Qirgʻoqni mustahkamlovchi koʻchatlar — qirgʻoq nurashi va yemirilish jarayonlarini oldini olish yoki toʻxtatish maqsadida, suv havzalari qirgʻogʻi boʻyicha yangidan yaratiladigan yoki saqlab qolinadigan daraxtzor, butazor yoki oʻtsimon oʻsimliklar tasmasi. Tuproqni mustahkamlaydi, daryo va suv havzalariga yer va oʻgʻitlarni yuvilib tushishini toʻxtatib qoladi, suv havzasiga tutash hududlarni va suv obyektlarini ozodalik — sogʻlomlashtirish va hordiq chiqarish sifatini oshiradi.
Qirqma — devor yoki poydevorning yuqori qismi enining oʻzgarishi natijasida hosil boʻluvchi ufqiy pogʻona.
Qishki terish (gʻisht) — tashqi havo manfiy haroratida, qorishmalarga sovuqqa qarshi qoʻshimchalar yoki muzlash usuli bilan gʻishtin qurilmalarni tiklash.
Qishki ishlar — havo harorati manfiy boʻlgan yil davrida bajariladigan va turli hududlar uchun harorat mintaqalariga monand meʼyorlanuvchi, past haroratdan himoyalash boʻyicha maxsus tadbirlar oʻtkazilishini talab etuvchi qurilish ishlari.
Qishloq xoʻjalik yerlari — qishloq xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan yerlar.
Qiya oʻzak — temir beton qurilmalar koʻtaruvchanlik qobiliyatini oshirishga qaratilgan.
Qobiq — 1) ikki egri yuza bilan cheklangan, oʻrtadagi masofa (qobiq qalinligi) boshqa oʻlchamlarga nisbatan kichik boʻlgan fazoviy qurilma; 2) keng oraliqli tom yopmaning yupqa devorli qurilmasi; betondan, temirbetondan, sintetik pardadan va b. ashyolardan tayyorlanadi; doirasimon, silindrik va boshqa qobiqlarga ajratiladi.
Qoziq oyoq — 1) beton yoki temirbeton toʻgʻonni qirgʻoq (qirgʻoq oyogʻi), yoxud zaminiy ashyoli toʻgʻon bilan birlashtiruvchi qurilma; 2) koʻprik inshootning yoʻl yer koʻtarmasi bilan birlashtiruvchi eng chetdagi tayanchi bilan biriktiruvchi tayanchi.
Qoziq raddi — oʻn zarb moʻljalida bir zarbdan qoqilma qoziqning zaminga botirilish oʻrtacha kattaligi (SIda), titratma qoqishda esa, titratma qoqqichning bir daqiqalik ishlashida qoziqning zaminga qoqilish (SIda) kattaligi.
Qoida — binolarni, inshootlarni va ularning unsurlarini tiklashni, tashkil etish va qurilish ishlab-chiqarishi texnologiyasi boʻyicha, ashyoviy manbalarni tejamkorligi boʻyicha, texnika xavfsizligi va b. boʻyicha oʻrnatilgan majburiy talablar.
Qoldiqli shakl oʻzgarishi — qoʻzgʻatuvchi kuchni va taʼsirni bartaraf etilgan soʻng, qoladigan shakl oʻzgarishi qismi.
Qoldirilgan zamin — kavlangan joyda yer qazish mashinasi bilan ishlangandan soʻng qoldirilgan (qurilmaviy yoki texnologik nuqtai nazardan kelib chiqib meʼyorlarda koʻzda tutilgan hadla) va keyinchalik loyihaviy oʻlchamlarni va qazilmaning tubi sathini taʼminlagan holda olib tashlanadigan zamin qatlami.
Qolip — beton va temirbeton qurilmalarni tiklayotganda oʻzak va beton qorishmasi solinadigan shakl.
Qoplash — yer osti inshootlarining qazilmalarini mahkamlovchi va uning ichki yuzasini tashkil etuvchi doimiy qurilma.
Quvuroʻtkazgich vositalar — quvuroʻtkazgichlar boʻyicha tashiladigan suyuqlik va gazlarni rostlash va taqsimlashga yoʻl qoʻyuvchi va quyidagilarga boʻlinuvchi toʻsiq oʻzak (joʻmrak, zulfinlar) saqlovchi (qopqoqlar), rostlovchi (buragich, bosim rostlagichlari), chetlatuvchi (havo chetlatuvchi, quyultirma chetlatuvchilar), shikastlanish (ogohlantirish vositalari) moslamalari.
Quvuroʻtkazgich kiritilishi — quvuroʻtkazgichning tashqi tarmoqdan bino (inshoot) ichish joylashgan toʻsiq vositalari tugunigacha boʻlgan shoxobcha.
Quyoshdan himoyalash — fazoviy panjara koʻrinishdagi, boʻrtma (koʻpincha betondan), quyosh nurining xonaga toʻgʻri tushishiga toʻsqinlik qiluvchi va uni oʻta qizishdan saqlovchi toʻsiq.
Quyma beton (temirbeton) — bevosita qurilishda yaxlit-butun koʻrinishda ajraluvchi qoliplarga quyish yoʻli bilan tayyorlanadigan qurilma.
Qoʻriqxona — xoʻjalik faoliyatidan toʻla istisno etiluvchi, tabiiy holda, oddiy yeki noyob tabiat majmuasi saqlanadigan hudud yoki akvatoriya qismi. Tabiatni himoya qilishning ilmiy asoslarini ishlab-chiqish maqsadlarida barpo etiladi, ilmiy muassasa mavqeyiga ega.
Qurilish — 1) ishlab-chiqarish va noishlab-chiqarish vazifasidagi asosiy fondlar barpo etiladigan moddiy ishlab-chiqarish sohasi; 2) bino va inshootlarni tiklash xususan, qurilish ishlari majmuini, jihozlarni oʻrnatish boʻyicha ishlarni, yordamchi, transport va boshqa ishlarni oʻz ichiga oluvchi jarayon. Bino va inshootlarni tuzatish boʻyicha ishlar ham qurilishga kiradi; 3) qurilish kengaytirilishi yoki qayta qurilishi, odatda, yagona loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha, yigʻma smeta yoki sarf-xarajatlar maʼlumotlarida aniqlangan hajmda amalga oshiriladigan turli vazifadagi bino va inshootlar yigʻindisi.
Qurilish — texnologik bloki — yigʻilayotgan qurilmalar va jihozlarning, korxonada yoki qurilish maydonchasida avvaldan oʻzgartirilmaydigan yagona hajmiy-fazoviy tizimga birlashtirilgan oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq unsurlari.
Qurilish ashyolari markasi — asosiy foydalanish tavsifi boʻyicha texnikaviy meʼyorlar yoki ashyolarining asosiy xossalari majmuasi boʻyicha oʻrnatiladigan koʻrsatkich.
Qurilish bosh rejasi — qurilishni tashkil etish loyihasining qurilish maydonini tashkil etishni tartibga soluvchi qismi.
Qurilish ishlab-chiqarishi — bevosita qurilish maydonida bajariladigan, qurilishning tayyorlov va asosiy davridagi qurilish-yigʻuv va maxsus ishlarni oʻz ichiga oluvchi ishlab-chiqarish jarayonining yigʻindisi.
Qurilish ishlab-chiqarishi texnologiyasi — qurilishni sanoatlashtirish darajasini oshirish va rivojlantirish asosida mahsulotlarni va qurilmalarni tayyorlash va ularni bino va inshoot koʻrinishida mahsulot holatiga keltirish boʻyicha jarayonlar yigʻindisi.
Qurilish mahsuloti — qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan ishlab-chiqarish va noishlab-chiqarish vazifasidagi obyektlar (korxonalar, binolar va inshootlar).
Qurilish mahsulotiga erkin-(shartnomaviy) baho — investor (buyurtmachi) va bosh pudratchi (subpudratchi) bino va inshootlar qurilishi yoki tub taʼmirga teng huquqlilik asosida shartnoma (kontrakt) tuzish chogʻida, shu jumladan oʻtkazilajak koʻrik (pudrat savdosi) natijasida oʻrnatiladigan narx. Bu narx qurilish mahsulotiga talab va taklifni hisobga olgan holda, mehnat bozoridagi mavjud sharoitlarni, hom ashyolar qimmati konyukturasi, qoʻllaniladigan mashina va jihozlar hamda kengaytirilgan qayta ishlab-chiqarish uchun pudrat tashkiloti daromadini taʼminlashni hisobga olgan holda shakllanadi.
Qurilish maydonchasi — loyiha asosida, oʻrnatilgan tartibda, qurilishni doimiy joylashtirish, hamda qurilish-yigʻuv tashkiloti xizmatini, ishlab-chiqarish sharoitlari boʻyicha aniqlangan va hududni muvaqqat ajratilishini hisobga olgan holda ajratilgan yer uchastkasi.
Qurilish mahsulotlari — qurilishga tayyor holda keltiriladigan, zavodda tayyorlanadigan unsur.
Qurilish mahsulotlari sifati — qurilish mahsulotlari isteʼmol xususiyatlari va uning xalq xoʻjaligini yoki aholining aniqlangan, texnikaviy, estetik, ijtimoiy talablar nuqtai-nazardan, meʼyoriy hujjatlarda va mezonlarda oʻrnatilgan talablarni qanoatlantira olish xususiyatlari yigʻindisi.
Qurilish muddati — qurilish maydonida ish boshlash davridan to korxonalar, ularning navbatlari ishga tushirish majmualari va alohida obyektlar quvvatlari ishga tushirilguncha qadar boʻlgan muddat.
Qurilish navbati — foydalanishga topshirilishi mahsulot chiqarishga yoki loyihada nazarda tutilgan xizmat koʻrsatishni taʼminlaydigan binolar, inshootlar va jihozlar guruhidan tarkib topuvchi qurilish obyektining qismi.
Qurilish narxi smeta yigʻma hisobi — oʻrnatilgan tartibga binoan tuziladigan turli vazifadagi korxona, bino yoki inshoot qurilishi (kengaytirish yoki qayta qurish) umumiy narxini aniqlovchi smeta hujjati.
Qurilish narxining yiriklashtirilgan koʻrsatkichlari (knyk) — odatda, tarmoq vazifasidagi butunlay bino va inshootga yoki ish turlariga nusxaviy va yakka tartibdagi tejamli loyihalar ishchi chizmalari smetalari asosida ishlab chiqiladigan, qurilish narxini texnikaviy-iqtisodiy asoslash (TIA) bosqichida aniqlash uchun moʻljallangan smeta meʼyoriy hujjatlari.
Qurilish obyekti — qurilishga (qayta kirish, yoki kengaytirishga) mustaqil obyekt smetasi tuziladigan, unga taalluqli hamma jihozlar inventar, asboblar, yoʻlaklar, estakadalar, ichki muhandisiy tarmoqlar va kommunikatsiyalar mavjud alohida bino yoki inshoot. Alohida qurilish obyektlari boʻlib, shuningdek ish turlari ham hisoblanadi (tiklik boʻyicha rejalashtirish, tashqi muhandisiy tarmoqlar, sexlararo kirish yoʻllari, maydonni obodonlashtirish va b ).
Qurilish smeta narxi — loyihaga binoan qurilishni toʻla amalga oshirish va asosiy foizlarni ishga tushirish uchun zarur sarf-xarajatlarni pulli ifodasi qurilish-yigʻuv ishlari, jihozlar, asboblar, inventar narxlari va b. qurilish smetasiga kiruvchi holatlardan smeta narxi hosil boʻladi.
Qurilish tashkiloti ishlab-chiqarish asosi — qurilish tashkiloti qurilayotgan obyektlarni zarur ashyoviy — texnikaviy, ildam taʼminlash, hamda oʻz kuchi bilan qurilish jarayonida ishlatiladigan ashyolar, mahsulotlar, qurilmalarni tayyorlash uchun moslashgan korxonalar va inshootlar majmuasi.
Qurilish-yigʻuv ishlari — bino va inshootlar barpo etilayotganda, bajariladigan umumqurilish, pardozlov, sanitariya-texnikaviy, maxsus hamda yigʻuv ishlarini oʻz ichiga oluvchi ishlar majmuasi.
Qurilish-yigʻuv ishlari hajmi boʻyicha boshlama — oʻtuvchi qurilishlarda rejalashtirilayotgan davr oxirida bajarilishi kerak boʻlgan, qurilish-yigʻuv ishlari bahosini oʻz ichiga olgan, mablagʻ hajmi boʻyicha boshlama qismi.
Qurilish-yigʻuv ishlarini qish mavsumida olib borishda qoʻshimcha sarflar meʼyori — qoʻshimcha sarflarni hisobga oluvchi smeta meʼyorlari, shu jumladan: ish joylari maoshiga qoʻshimcha haq; qish mavsumida ishlab-chiqarish texnologiyasi oʻzgarishi munosabati bilan kelib chiqqan xarajatlar; issiqxonalarni qurish, ajratish va isitish, koks pechlari issiqxonalari bundan mustasno; temirbeton qurilmalarni zarur harorat — namlik sharoitlarida ushlab turish; qorishma va betonlarga maxsus qoʻshimchalar qoʻllash va b.. Qurilish turlari boʻyicha oʻrnatilgan meʼyorlar, smetalar tuzish va buyurtmachi va bosh pudratchi qurilish tashkiloti oʻrtasida bajarilgan ishlar yillik hisoblar uchun, qurilmalar va ish turlari boʻyicha meʼyorlar esa, odatda, bosh pudratchi va subpudratchi qurilish tashkilotlari oʻrtasida bajarilgan ishlar hisobi uchun moʻljallangan.
Qurilishga oid koʻtarilish — toʻsinli (arkali) binokorlik qurilmalari tayyorlash yoki yigʻish jarayonida paydo boʻluvchi, foydalanish ogʻirligi taʼsirida loyihaga binoan belgilangan shaklga erishishni taʼminlovchi qoʻshimcha egilishi.
Qurilishda narx indekslari — joriy (bashorat) narx koʻrsatkichlarini bazis narx koʻrsatkichlariga manbalar nomlamasi va tuzilishi, manbalar toʻplami yoki qurilish mahsuloti manbaviy texnologik modeli, hamda uning alohida kalkulyatsiya tarkiblovchilari boʻyicha taqqoslanuvchi nisbati. Indekslar, odatda, verguldan soʻng, ahamiyatli ikki sondan koʻp boʻlmagan, oʻlchovsiz kattalikda ifodalanadi. Tub qurilish mahsulotiga butunlay yoki uning ayrim tarkiblariga manbaviy-texnologik model (MTM) — ashyolar, mahsulotlar, qurilmalar, qurilish mashinalari, quvvat manbalari, qurilish xodimlari mehnati va b. sarf-xarajatlar bazis darajasini tavsiflovchi birxillashtirilgan manbalar toʻplami. MTI — bino (inshootlar) turlari boʻyicha, ishlar qurilmaviy unsurlari boʻyicha, ayrim kalkulyatsiyaviy unsurlari va xarajatlar boʻyicha tarmoqli boʻlishi mumkin.
Qurilishdagi konservatsiya — boshlangan qurilishni yoki korxona ishini aniqlanmagan muddatga toʻxtatish.
Qurilishni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (qabt) — maʼmuriy, tashkiliy, iqtisodiy-riyoziyot usullari, hisoblash texnikasi vositalari, aloqa vositalari, oʻz xizmati jarayonida uzviy bogʻliq boʻlgan, tegishli qarorlar qabul qilish va ularni ijrosini tekshirish majmuasidir.
Qurilishni mexanizmlar bilan taʼminlanganligi — mashinalar va mexanizmlarning qurilish yigʻuv ishlari yillik hajmiga muvozanatiy narxi nisbati bilan tavsiflanuvchi, mexanizatsiya darajasi koʻrsatkichi.
Qurilishni tashkil qilish loyihasi (qtl) — qurilish umumiy va oraliq muddati davomiyligini, mablagʻ ajratish va qurilish-yigʻuv ishlari hajmini, moddiy-texnikaviy va mehnat manbalari, ularni qoplash, qurilish-yigʻuv ishlarini bajarishning asosiy usullari va qurilish obyektini boshqarish tizimini belgilovchi texnikaviy loyihaning (ishchi) tarkibiy qismi.
Qurilma diafragmasi — fazoviy qurilmalarni bikrligini oshirishga imkon beruvchi yaxlit yoki panjarasimon unsur.
Qurilma unsuri — yigʻma yoki yaxlit quyma qurilmaning tarkibiy qismi, masalan toʻsin, ustun, ustunlar orasidagi bogʻlovchilar, panjarasimon qurilmalar oʻzaklari va sh.k.
Qurilma shakl oʻzgarishi — ogʻirlik va taʼsir ostida qurilmaning (yoki uning qismini) shakli va oʻlchamlari oʻzgarishi.
Qurilmalar unsurlarini joyiga moslash — birikish zichligini taʼminlash uchun qurilmalar unsurlari tutashuvchi sathlariga meʼyoriy oʻlchamlarda berilgandek ishlov berish.
Quritish — tuproqdan ortiqcha namlikni sunʼiy yoʻl bilan yoʻqotish; melioratsiyaning bir koʻrinishi. Tuproqning, suvli, havoli va issiqlik rejimini yaxshilaydi.
Gʻilof — asosiy quvuroʻtkazgichni temir va avtomobil yoʻllari ostidan oʻtish joylarida, bino va inshootlar qurilmalari orqali yotqizilayotganda, buzilishdan (yoki quvuroʻtkazgich shikastlanganda yer koʻtarmasini yuvilib ketishdan), hamda muhandisiy inshootlar va tarmoqlar bilan kesishishda gaz va zararli moddalarni tarqalishidan himoyalash uchun quvur.
Gʻov — gidrotexnik inshoot yoki uning xandagʻini qurilish vaqtida suv bosishdan saqlovchi toʻsiq.
Havo quvuri — shamollatish tizimida, havo bilan isitishda, havoni sovitishda hamda havoni texnologik maqsadlarda uzatishda qoʻllaniladigan quvur oʻtkazgich.
Havo almashinuv — xonadagi ifloslangan havoni qisman yoki toʻla toza havo bilan almashtirish.
Havo almashinuv nisbati — bir soat ichida xonaga uzatilayotgan yoki undan chetlashtirilayotgan, havo hajmining xona hajmiga nisbati.
Havo tayyorlash — havoga texnologik yoki ozodalik-sogʻlomlashtirish talablariga javob beradigan sifat berish uchun ishlov (changdan, zararli gazlardan, aralashmalardan tozalash, isitish, sovitish, namlashtirish, quritish va hokazo) berish.
Havo-issiqlik pardasi — xonaga, ochiq oʻrinlar (deraza, eshik) orqali, sovuq havo kirishiga, shamollatgich bilan issiq havoni uning oqimiga qarshi haydab toʻsqinlik qiluvchi qurilma.
Havoni sovitish — yopiq xonalarda odamlar kayfiyati, texnologik jarayonlarni olib borish, jihozlar va asboblarni ishlashi, ashyolarni saqlash uchun eng qulay harorat, nisbiy namlik, havo tarkibi va harakat tezligini yaratish va avtomatlashtirilgan holda saqlash.
Xavfsizlik yoʻlkasi — avtomobil transporti vositalari yoʻlkasi va trotuar yoki yon yoʻlakcha nadigan soddalashtirilgan tasviri.
Holat rejasi — qurilish obyektining qurilish-yigʻuv tashkiloti ishlab-chiqarish bazasi, yaqin aholi manzillari, energiya, issiqlik va suv taʼminoti manbalari va tashqi tarmoqlari, kanalizatsiya, transport va aloqa inshootlari va tarmoqlari bilan bogʻlik holda joylashuvini hamda qurilish hududining asosiy tabiiy sharoitlari xususiyatlarini koʻrsatuvchi reja.
Hudud muvozanati — hududlarni va turli vazifadagi (hozirgi va istiqboldagi) akvatoriylarni nisbatini tavsiflovchi koʻrsatkichlar tizimi.
Hudud ekologik sigʻimi — mazkur tumanning muayyan sharoitlarida uning hamma biogeotsenozlari, agro-, ubotsenozlarini, bu tuman uchun oʻsimliklar va hayvonot dunyosi namoyondalari tarkibi muvofiqligini hisobga olganda, eng koʻp ehtimoli boʻlgan biologik mahsuldorligi.
Hududiy — ishlab chiqarish majmui — vazifaviy oʻzaro bogʻliq va mutanosib taraqqiy etayotgan ixtisoslashgan ishlab — chiqarishlarning iqtisodiy samarali yigʻindisi.
Hududiy mehnat taqsimoti — iqtisodiy tumanlarning ishlab-chiqarish ixtisoslashuvi va tumanlararo birlashuvining kuchayish — obyektiv zaruriy jarayoni; ijtimoiy mehnat taqsimoti fazoviy namoyon boʻlishi; turli hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, tabiiy, milliy, tarixiy va ularning jugʻrofiy holati xususiyatlari sababli ijtimoiy mehnat samaradorligini oshirishning omillaridan biri.
Hududiy rejalashtirish — loyihalashtirilayotgan hududning toʻgʻri ilmiy asoslash va amalda — yuzaga chiqarish hududiy-xoʻjalik tashkil etilishini rejalashtirish jarayoni.
Hududlar rekultivatsiyasi — qurilish ishlari vaqtida buzilgan hududlarni qishloq — xoʻjalik yoki oʻrmon xoʻjaligida foydalanish uchun tayyorlash boʻyicha tadbirlar majmuasi.
Hududni majmuaviy baholash — alohida baholarning integral bahosi, tabiiy va antropogen omillar boʻyicha, xoʻjalik faoliyatining asosiy turlariga qulaylik yaratuvchi ayrim maydonlarning hamma tuman hududiga solishtirma rejalashtirish bahosi.
Hududni muhandisiy tayyorlash — qurilishda maqsadga muvofiq foydalanish uchun hududlarni oʻzlashtirish boʻyicha ishlar va tadbirlar majmuasi.
Hududning takror tiklanish qobiliyati — hududning tabiat atrof muhiti asosiy unsurlarini oʻzi qayta takror tiklash qobiliyati: atmosfera kislorodini, suvni, tuproq — oʻsimlik qatlamini.
Hududning urbanizatsiyalanishi — shahar qurilishi taʼsiri ostida rivojlanuvchi tabiiy landshaftlarni sunʼiyga aylantirish jarayoni.