10.08.2020 yildagi 471-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Papenburg Uzbekistan” Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma korxonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) va “GP Gunter Papenburg AG” kompaniyasi (Germaniya) oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl qurilishi uchun asfalt-beton qorishmalar, tayyor beton buyumlar ishlab chiqarish, shuningdek, Germaniya texnologiyalari va asbob-uskunalarini qoʻllagan holda, qurilish-montaj ishlarini bajarish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Papenburg Uzbekistan” qoʻshma korxonasini (keyingi oʻrinlarda — “Papenburg Uzbekistan” MCHJ) tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Papenburg Uzbekistan” MCHJ ustav fondi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 foizi — Qoʻmita tarkibidagi “Transyoʻlqurilish” DUKning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha oʻtkazilgan 1 714 286 yevro ekvivalentidagi pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizi — “GP Gunter Papenburg AG” (Germaniya)ning “Papenburg International GmbH” kompaniyasi bir yil davomida oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan kamida 4,0 mln yevro miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyasi hisobiga shakllantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda “Papenburg Uzbekistan” MCHJ bilan Qoʻmita tarkibidagi “Toshkent koʻpriklardan foydalanish” unitar korxonaning Toshkent shahri, Bektemir tumani, Porloq koʻchasi 14-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari hududidan foydalanilmayotgan 8,3 ga yer maydoni va undagi bino-inshootlarni (keyingi oʻrinlarda — obyekt) “nol” xarid qiymatida sotish boʻyicha imzolangan kelishuv bitimi doirasida investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda shartnoma tuzsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-sentabrdagi 551-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2020-y., 09/20/551/1277-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻmitaga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda “Papenburg Uzbekistan” MCHJning Oʻzbekiston tomonidan ishtirokchisini oʻzgartirish boʻyicha jamiyat boshqaruv organiga taklif kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Papenburg Uzbekistan” MCHJga istisno tariqasida, asfalt-beton qorishmalar va beton buyumlar ishlab chiqarishda foydalanish maqsadida Chirchiq daryosi irmoqlari uchastkasini tozalashda qum-shagʻal materiallari qazib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasi bilan (Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining bayonnomasi bilan tasdiqlangan) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41.Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Toshkent viloyat xokimligi ikki hafta muddatda qurilish ishlarida sifatli va arzon inert materiallarini ishlab chiqarish maqsadida Chirchiq (1989) qum-shagʻal aralashmasi konida joylashgan “Xoʻkiz orol” hududidagi Xalqaro quyosh energiyasi institutining tajriba laboratoriyasiga tegishli 20 gektar yer maydonini “Papenburg Uzbekistan” MCHJga ajratsin xamda yer qaʼridan foydalanish uchun tegishli litsenziya rasmiylashtirsin.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-sentabrdagi 551-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2020-y., 09/20/551/1277-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qoʻmitaning buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga jalb kilinadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga (eri/xotini va voyaga yetmagan bolalariga) kirish vizalarini rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoʻmitaning buyurtmanomalariga binoan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha roʻyxatga olinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Papenburg Uzbekistan” MCHJ buyurtmanomalariga binoan xorijdan (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida boʻlmagan) ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnomalar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 10-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
471-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/471/1150-son, 15.09.2020-y., 09/20/551/1277-son)