1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.03.00 Xizmatchilar, xizmatdan boʻshagan fuqarolar va ular oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va koʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3726-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 16-iyundagi PQ-4753-son qarori)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3726-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 16-iyundagi PQ-4753-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 10-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
470-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 23-son, 271-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida maʼlum bir natijalarga erishgan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun oliy harbiy taʼlim muassasalariga kursantlarni bakalavriatga qabul qilishning umumiy qabul sonidan besh foizli kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“471. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining va Milliy gvardiyaning xizmatdagi xodimlarining tegishli vazirlik hamda idoralar tavsiyanomalari berilgan farzandlari oliy harbiy taʼlim muassasalariga kvota asosida oʻqishga kirish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan ofitserlar, kontrakt boʻyicha serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning va Milliy gvardiya xodimlarining tegishli vazirlik hamda idoralar tavsiyanomalari berilgan farzandlari oliy harbiy taʼlim muassasalariga belgilangan qabul kvotasidan tashqari tanlovsiz oʻqishga kirish huquqiga ega”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining hamda Milliy gvardiyaning xizmatdagi xodimlarining farzandlari ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, yetarli ball toʻplagan taqdirda tanlangan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomalariga ega boʻlganlar va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining hamda Milliy gvardiyaning xizmatdagi xodimlarining farzandlari ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, oʻqishga tavsiya etilmagan taqdirda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida umumiy tartibda toʻplagan ballari bilan tanlovda ishtirok etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“104. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt boʻyicha serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda halok boʻlgan, shuningdek, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimdan tashqari) oʻqishga tanlovsiz qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklidagi taʼlim yoʻnalishlariga davlat granti asosida belgilangan umumiy qabul kvotalarining besh foizi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining farzandlari uchun ikki foizi miqdorida davlat granti asosidagi qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan davlat granti asosidagi qoʻshimcha (besh va ikki foizli) kvota oʻrinlariga talabalikka qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarining belgilangan shakldagi tavsiyanomalariga ega boʻlgan abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan davlat granti asosidagi qoʻshimcha (besh va ikki foizli) kvota oʻrinlariga qabul qilinmagan abituriyentlar toʻplagan ballari bilan oʻzlari tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda maʼlum bir natijalarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun Akademiyaga kunduzgi taʼlim shakliga belgilangan umumiy qabul sonidan (ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimdan tashqari) besh foizli kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt boʻyicha serjantlari va oddiy askarlarining (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari ajratilgan qabul kvotalaridan tashqari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari asosida qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilarining va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlarini ajratilgan (besh va ikki foizli) kvotalar doirasida Akademiyaga kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilishda vazirliklar va idoralarning belgilangan shakldagi tavsiyanomalari asosida oʻrinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan (besh va ikki foizli) kvota oʻrinlariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda maʼlum bir natijalarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun Akademiyaga sirtqi taʼlim shakliga belgilangan umumiy qabul sonidan (ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimdan tashqari) besh foizli kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt boʻyicha serjantlari va oddiy askarlarining (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari qabul kvotalaridan tashqari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari asosida qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlarini ajratilgan (besh va ikki foizli) kvotalar doirasida Akademiyaga sirtqi taʼlim shakliga qabul qilishda vazirliklar va idoralarning belgilangan shakldagi tavsiyanomalari asosida oʻrinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan (besh va ikki foizli) kvota oʻrinlariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 22-iyundagi 462-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 27-son, 620-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlariga beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisida nizom”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga va oliy harbiy taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim muassasalari deb ataladi) oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar quyidagilarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli xissa qoʻshgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida maʼlum bir natijalarga erishgan haqiqiy xizmatni oʻtayotgan ofitserlarga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga (keyingi oʻrinlarda — harbiy xizmatchilar deb ataladi) va Milliy gvardiya xodimlariga — ularning farzandlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun bevosita komandirlarning (boshliqlarning) tavsiyasi boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlariga — mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-banddagi “harbiy xizmatchilarning” soʻzlaridan keyin “va Milliy gvardiya xodimlarining” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarining va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari roʻyxatlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchiga” soʻzlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimiga)” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchi” soʻzlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimi)” soʻzlari qoʻshilsin, “harbiy xizmat vazifalarini” soʻzlari “harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchining” soʻzlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimining)” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchi” soʻzlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimi)” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik (idora) xududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻining tavsiyanomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan harbiy xizmatchining (Milliy gvardiya xodimining) nogironligi haqidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar boʻyicha harbiy-tibbiy ekspertiza oʻtkazadigan muassasaning xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning komissiyalari harbiy xizmatchilar (Milliy gvardiya xodimlari) taqdim etgan hujjatlarni har yili 1-aprelgacha koʻrib chiqadi. Bunda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli xissa qoʻshgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida maʼlum bir natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga (Milliy gvardiya xodimlariga) alohida eʼtibor qaratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-banddagi “harbiy xizmatchilarning” soʻzlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimlarining)” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Oʻzbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar) Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga mazkur Nizomda koʻzda tutilgan tartibda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilar (Milliy gvardiya xodimlari) farzandlarining roʻyxatlarini har yili 1-maygacha mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklda yuboradilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYANOMA BLANKASINING SHAKLI

”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Nizomga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYANOMA BLANKASINING SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Nizomga 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Amalga oshirish mexanizmi
Subyekt
Bajarish muddati
I-bosqich
1. Vazirlik (idora) rahbarining tavsiyanoma berish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisidagi buyrugʻini chiqarish.
2. Komissiya quyidagilarni koʻrib chiqadi:
harbiy xizmatchi va xodimlar farzandlarining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi tavsiyalar bilan komandirlar (boshliqlar)ning takliflari;
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari roʻyxatlari.
Vazirliklar
(idoralar)
Har yili
10-martgacha
II-bosqich
Komandir (boshliq)lar komissiyaga koʻrib chiqish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):
bevosita komandir (boshliq)ning tavsiyasiyanomasi; maʼlumotnoma-obyektivka; biografik maʼlumotlar; xizmat faoliyati natijalari boʻyicha batafsil hisobot; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari;
b) halok boʻlgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):
vazirlik (idora) hududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻining tavsiyanomasi; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlganligi toʻgʻrisida vazirlik (idora) rahbarining buyrugʻidan koʻchirma; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi)ning oʻlimi haqidagi guvohnomadan nusxa; halok boʻlgan harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari;
v) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):
vazirlik (idora) hududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻining tavsiyanomasi; tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan harbiy xizmatchining (Milliy gvardiya xodimining) nogironligi haqidagi maʼlumotnoma; yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar boʻyicha harbiy-tibbiy ekspertiza oʻtkazadigan muassasaning xulosasi; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari.
Harbiy qismlar va muassasalar komandirlari (boshliqlari)
Har yili
15-martgacha
III-bosqich
1. Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi. (Mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli xissa qoʻshgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida maʼlum bir natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga (Milliy gvardiya xodimlariga) alohida eʼtibor qaratiladi).
2. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha bayonnoma tuziladi, u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirliklar (idoralar) komissiyalarining raislari
Har yili
1 aprelgacha
IV-bosqich
1. Vazirlik (idora) tegishli rahbarining buyrugʻi chiqariladi.
2. Harbiy xizmatchi va Milliy gvardiya xodimlari farzandlarining respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar beriladi.
3. Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalarga ega boʻlgan farzandlari roʻyxatlari Davlat komissiyasiga yuboriladi.
Vazirliklar (idoralar) rahbarlari, harbiy qismlar va muassasalar komandirlari (boshliqlari)
Har yili
1-maygacha
V-bosqich
Davlat komissiyasi harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berilgan farzandlari roʻyxatlarini koʻrib chiqadi.
Davlat komissiyasi (taʼlim muassasalari boʻyicha ATD) ishchi organi
Har yili
15-iyungacha
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Nizomga 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan, yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish natijasida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchi va xodimlarning respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomaga ega boʻlgan farzandlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Abituriyentning (nomzodning) familiyasi, ismi, otasining ismi
Abituriyent (nomzod) pasportining (guvohnomasining) seriyasi va raqami
Qaysi vazirlik (idora) vakili
Taʼlimning rejalashtirilayotgan yoʻnalishi
Tavsiyanoma raqami
Izoh
1.
2.
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 594-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 31-son, 645-modda) bilan tasdiqlangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida maʼlum bir natijalarga erishgan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun Universitetga talabalarning bakalavriatga qabul qilishning umumiy belgilangan qabul koʻrsatkichlari kvotasidan (ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimdan tashqari) besh foizli kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 11-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomasiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul komissiyasiga ushbu tavsiyanomaning asl nusxasini taqdim etadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi 463 va 464-bandlar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“463. Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt boʻyicha serjantlari va oddiy askarlarining va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida Universitet bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
464. Ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini, shuningdek, ikki foizli kvota chegarasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlarini qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi hamda oʻrinlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqqan holda, navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq taqsimlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda maʼlum bir natijalarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlari va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun Institut bakalavriatiga kursantlar qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 61-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt boʻyicha serjantlari va oddiy askarlarining (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qarori bilan Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarisiz, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadilar”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)