1-ILOVA
|
A.A. Abduxakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi | |
|
2. |
D.X. Nabiyev |
— |
jismoniy tarbiya va sport vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
|
3. |
R.M. Shaabduraxmonov |
— |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
|
4. |
J.A. Artikxodjayev |
— |
Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
|
5. |
A.K. Shadmanov |
— |
sogʻliqni saqlash vaziri |
|
6. |
T.A. Ishmetov |
— |
moliya vaziri |
|
7. |
P.R. Bobojonov |
— |
ichki ishlar vaziri |
|
8. |
R.M. Djurayev |
— |
Milliy gvardiya qoʻmondoni |
|
9. |
S.E. Xusanov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni |
|
10. |
B.I. Zakirov |
— |
qurilish vaziri |
|
11. |
Sh.M. Sadikov |
— |
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri |
|
12. |
I.U. Madjidov |
— |
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
13. |
O.A. Nazarbekov |
— |
madaniyat vaziri |
|
14. |
M.B. Azimov |
— |
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi |
|
15. |
Sh.D. Kudbiyev |
— |
Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
|
16. |
I.R. Maxkamov |
— |
transport vazirining birinchi oʻrinbosari v.b. |
|
17. |
R.S. Irmatov |
— |
jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
18. |
B.Q. Yusupaliyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi bosh sanitariya vrachi |
|
19. |
O.A. Kasimov |
— |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi |
|
20. |
Sh.I. Asadov |
— |
tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari |
|
21. |
U.A. Xusanov |
— |
“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari v.b |
|
22. |
R.M. Ismailov |
— |
“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi v.b. |
|
23. |
A.D. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi |
|
24. |
A.K. Kuchimov |
— |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
|
25. |
R.A. Talipov |
— |
Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi |
|
26. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiyalar (uyushmalar) raislari (rais oʻrinbosarlari, bosh kotiblari) |
|
27. |
Lavozimiga koʻra |
— |
“Toshkent — 2025” yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi direktori, Tashkiliy qoʻmita kotibi |
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Tashkiliy masalalar | ||||
|
1. |
Osiyo Olimpiya Kengashi (keyingi oʻrinlarda — OOK) rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahriga tashrifini amalga oshirish. |
1. OOK delegatsiyasining Toshkentga tashrifini tashkillashtirish boʻyicha muzokaralar olib borish. 2. Oʻzbekistonda 2025-yil yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyooʻyinlarini oʻtkazish uchun rasmiy hujjat imzolanishi (shartnoma, kelishuv memorandumi) tadbirini oʻtkazish. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda OOK rahbari oʻrtasidagi oliy darajadagi uchrashuvni tashkil etish. |
2021-yil 1-yanvarga qadar |
Tashkiliy qoʻmita, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
2. |
Oʻzbekistonda 2025-yil yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo oʻyinlarini (keyingi oʻrinlarda — Osiyo oʻyinlari) oʻtkazish uchun hujjatlar toʻplamini OOKga taqdim etish uchun tayyorlash. |
Osiyo oʻyinlarini OOK Konstitutsiyasi asosida oʻtkazilishi boʻyicha: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati; 2. Toshkent shahar hokimi; 3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi; 4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari; 5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbarlari tomonidan kafolat xatlarini joʻnatish. |
2021-yil 1-yanvarga qadar |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar), Toshkent shahar hokimligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, DXX Chegara qoʻshinlari, Davlat soliq qoʻmitasi |
|
3. |
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etish. |
1. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi boʻyicha muzokaralar olib borish. 2. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi boʻyicha kutib olish dasturini tayyorlash. 3. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining tashrifi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni, |
2020 — 2025-yillar kelishuvga muvofiq |
Tashkiliy qoʻmita, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) |
|
4. |
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalarivakillariga Osiyo oʻyinlari oʻtkaziladigan obyektlarni koʻrsatish. |
1. Toshkent shahridagi obyeklarni tayyorlash. 2. Qoʻshimcha tarzda koʻriladigan obyektlar zaxirasini tayyorlash. |
OOK tashrifi davomida |
Tashkiliy qoʻmita, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) |
|
5. |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida “Toshkent — 2025” yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasini tashkil etish |
1. Direksiya mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni, direksiya tuzilmasini, shtatlar jadvalini va xodimlarning lavozim maoshlari miqdorini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2. Direksiyasining ustavini tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish. |
2021-yil 1-aprel |
Milliy olimpiya qoʻmitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi |
|
6. |
Osiyo oʻyinlarida boʻlib oʻtadigan sport turlarini aniqlash |
1. Osiyo oʻyinlarida majburiy sport turlarini anaqlash. 2. Respublikamizda rivojlangan sport turlarini dasturga kiritish. 3. Medallar olish imkoni bor sport turlarini dasturga kiritish. |
2021-yil 1-may |
Tashkiliy qoʻmita, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) |
|
7. |
Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish |
1. Xalqaro sport federatsiyalari bilan musobaqa oʻtkazish tizimini tanlab olish. 2. Osiyo oʻyinlarining sport turlari boʻyicha musobaqalarini oʻtkazish uchun musobaqa hakamlari tizimlariga buyurtma berish. |
2022-yil 1-may |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) |
|
II. Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasida yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish | ||||
|
8. |
Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlari, Xitoyning Shantau va Xanchjou shahrida boʻlib oʻtadigan yoshlar va kattalar oʻrtasidagi yozgi Osiyo oʻyinlarini tashkilllashtirish tajribasini oʻrganish |
2021-yil Yaponiyaning Tokio shahrida yozgi Olimpiya oʻyinlari, 2021 va 2022-yillarda Xitoyning Shantau va Xanchjou shahrida boʻlib oʻtadigan yoshlar va kattalar oʻrtasidagi yozgi Osiyo oʻyinlarini tashkillashtirish tajribasini oʻrganish. Bunda: Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish tajribasini oʻrganish boʻyicha vazirlik Oʻrganilgan tajriba natijalarini tahlil qilish va Oʻzbekiston Respublikasida Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishda sam�rali foydalanish. Tokio, Shantau va Xangjou Olimpiya va Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitalari bilan uchrashuvlar tashkil qilish. |
2021-2022-yillar |
Tashkiliy qoʻmita, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar), tegishli vazirliklar |
|
III. Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasida yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha respublikada mavjud boʻlgan sport inshootlari, logistika, transport va mehmonxona infratuzilmalarini oʻrganish va yangilarini barpo etish boʻyicha takliflar tayyorlash, yaratiladigan infratuzilma orqali kelajakda Oʻzbekistonda sport turizmini rivojlantirish | ||||
|
9. |
Toshkent shahri markaziy yoʻllarini taʼmirlash boʻyicha taklif tayyorlash. |
Ishchi guruhini shakllantirgan holda amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish xarajatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish. |
2021-yil 1-may |
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi |
|
10. |
Toshkent shahrida mavjud boʻlgan sport inshootlari, logistika, transport, mehmonxona infratuzilmalari quvvatlarini tahlil qilish va chet el tajribasini oʻrgangan holda yirik Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun talab etiladigan tegishli qoʻshimcha infratuzilmalar va obyektlar roʻyxatini shakllantirish, ularning qurilishi hajmlari va qiymatlarini aniqlash. |
1. Mavjud infratuzilmalar quvvatini oʻrganish. 2. Oʻrganish asosida qoʻshimcha infratuzilmalar va ularni yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish. |
2021-y�l 1-may |
Tashkiliy qoʻmita, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Iktisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, AJ “Uzbekistan Airaports”, AJ “Uzbekistan Airways”, Toshkent shahar hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
12. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda 2025-yil yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil 1-sentabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
13. |
Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonlarini borishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
1. Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonlarini borishi toʻgʻrisida roliklar tayyorlash; 2. Turli koʻrsatuvlar va dasturlar tashkil etish. |
2021-yildan boshlab |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |