Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIMLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 7-dekabr,
313-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 13-modda)